Читаем Allamjonov aybdor полностью

San’at institutining birinchi kursida o‘qiyotganimda qarindoshimiz Baxtiyor aka hozirgi MTRKning1 o‘t o‘chirish xizmatida ishlaydigan og‘aynisi Abdusattor aka bilan kelishib, meni televideniуega amaliyotga joylab qo‘ydi. Ota-onam «Darsdan keyin laqillab yurmasin, ishlasin, pul topmasayam, tajriba orttirsin», – derdi. O‘zim ham telerejissorlik kasbiga qiziqib, haqiqiy televideniуechi bo‘lishga tayyor edim.

MTRKga kirish oson emas, bu nihoyatda yopiq tashkilot. Biror lavozimni egallash u yoqda tursin, eng oddiy ishga joylashish uchun ham tanish-bilish kerak edi. Abdusattor akaga rahmat, oddiy bir talabani praktikaga olishga «Davr»2 dasturi tahririyatini ko‘ndirdi.

Ishga ketayotganimda onam qattiq tayinladilar:

– Komiljon, jon bolam, hech kim bilan urishib-talashib yurma, iltimos, birovga gap qaytarma, «xo‘p-xo‘p» degin, nima ish buyurishsa, darrov aytganlarini qilgin, hammaga foydang tegsin, hammaga yordam bergin, o‘g‘lim…

Xuddi shunday qildim. «Rejissor yordamchisi assistentining yordamchisi» degan sharafli lavozimda hammaga foydali bo‘lay, dedim.

– Hoy, bola, somsaga chiqib ke!

– Xo‘p.

– O‘v, kassetalarni olib chiq.

– Xo‘p.

– Taym-kodini yozib ber.

– Xo‘p bo‘ladi…

Sekin-sekin ish o‘rgandim, bilim, tajriba orttirdim.

O‘sha paytda «Davr»ga Furqat Zokirov rahbarlik qilardi. Men uning uchun keraksiz bir matohdek edim. Shuncha ishlab, menga na bir og‘iz yaxshi gapirgani, na maqtaganini eslayman. Faqat tanbehini, «Ishdan haydayman!» degan po‘pisasini eshitganman. U meni qanchalik yoqtirmasa, men ham o‘sha paytda uni shunchalik yomon ko‘rardim. Hammaning oldida meni haqorat qilishi yoki arzimagan xatoyim uchun studiyadan haydab solishi mumkin edi. Hech qachon salomimga alik olmasdi, xuddi bu bilan biror joyi kamayib qoladigandek. Eslasam, haliyam tushunmayman, nahotki bir og‘iz so‘rashish shunchalik malol kelgan bo‘lsa?!

«Davr tongi»ga Sevara Nazarxon sevishganlar kunida konsert bergani haqida kichkina lavha tayyorlab, rosmana baloga qoldim.

– Qanaqa sevishganlar? – chinqirdi u. – Jinnimisan? Sevishganlaring nimasi?! Menga nimani tiqishtiryapsan?

Baqir-chaqiri butun MTRKga eshitildi. Shundan keyin iloji boricha uning ko‘ziga ko‘rinmaslikka harakat qildim. Hech kim tahririyatning qoidalari, siyosatini, umuman, televideniуening yozilmagan qonunlarini o‘rgatmasdi. Lekin ishni xuddi tajribali odamdan so‘ragandek talab qilishardi. Alam qiladigani shu edi. Ishimni qoyil qilib bajarishga harakat qilganim sari so‘kish eshitardim. Men o‘zimga boshqacha bir munosabat talab qilmayman. Lekin do‘q-po‘pisa, haqoratni umuman ko‘tara olmayman. Gap eshitmaslik uchun hamma ishni astoydil, o‘z vaqtida bajaraman.

Hozirgacha nima ish qilsam, xuddi tepamda Furqat Zokirov aftini burishtirib, «Tahririyatdan haydayman!» deb o‘dag‘aylayotgandek tuyulaveradi. Hamma loyihalarim pishiq-puxta chiqishi shundan bo‘lsa kerak.

Furqat Zokirov meni haydab yuborgan «Davr» studiyasining montaj ko‘rikxonasi hamda «Davr tongi» dasturi ijodiy guruhi.

Lavhalarni hammadan yashirincha, eng asosiysi, direktorga ko‘rsatmasdan tayyorlashga to‘g‘ri kelardi. Kamerani yalinib olib, kechalari montaj qilardim. Shundayam televideniуeda bemalol ko‘rsatsa bo‘ladigan yaxshi material chiqardi. Masalan, «Qutqaruv-050» xizmatiga bag‘ishlangan qisqagina lavhamdan hatto Furqat Zokirov ham kamchilik topolmay, efirga qo‘ygan.

Keyin FVV3 haqida ko‘rsatuv tayyorladim. Binoyidek material bo‘ldi, shunchalik o‘zimga yoqqanidan FVV ofisiga borib, o‘zlariga ko‘rsatishga qaror qildim.

Peshona deb shuni aytsalar kerak: men «qaydasan FVV» deb yo‘lga chiqqanimda matbuot xizmati boshlig‘i kapitan Begmatov yangi tayinlangan vazir Botir Parpiуevning qabulida o‘tirib, dakki eshitayotgan bo‘lgan. Axborot xizmati ishlamayapti, vazifasini bajarmaydi, yangiliklar e’lon qilmaydi, televizorda ko‘rinmaydi… Kapitan Begmatov peshonasidan duv-duv oqayotgan terni ro‘molchasi bilan artgancha, boshi qotib o‘tiravergan. Vazir haq edi.

Qabulxonadan chiqqan Begmatovga FVV binosida axborot xizmatini qidirib yurgan yosh yigitcha, ya’ni men ro‘para kelib qoldim. Kapitan rosa xursand bo‘lib ketdi.

– Menga xuddi shu kerak edi! – dedi u, tayyorlagan ko‘rsatuvimni ko‘rib. Keyin ust-boshimga g‘alatiroq qaradi-da (kalta ishton – shortikda edim): «Ertaga tuzukroq kiyinib kel. Shim, ko‘ylak… Ministrning oldiga kiramiz», – dedi.

Ertalab FVV eshigiga yetib kelganimda ish kuni boshlanishiga hali o‘n besh daqiqa bor edi. Vazirning xonasiga kirdim. Forma kiygan Botir Rahmatovich kattakon stol ortida nimadir o‘qib o‘tirardi. O‘ziyam qoyadek salobatli. Menga bir qarab qo‘ydi.

– Assalomu alaykum… – ikkilanib, sekingina stol tomon yurdim. Shu payt kutilmagan voqea bo‘ldi. Men Furqat akaning salomimga alik olmasligiga o‘rganib qolgan ekanman. Vazir o‘rnidan turdi. Stolni aylanib o‘tib, menga qo‘lini uzatdi.

– Vaalaykum. Yaxshimisiz? – u shunday deb, o‘tirishga ishora qildi.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Адмирал Советского Союза
Адмирал Советского Союза

Николай Герасимович Кузнецов – адмирал Флота Советского Союза, один из тех, кому мы обязаны победой в Великой Отечественной войне. В 1939 г., по личному указанию Сталина, 34-летний Кузнецов был назначен народным комиссаром ВМФ СССР. Во время войны он входил в Ставку Верховного Главнокомандования, оперативно и энергично руководил флотом. За свои выдающиеся заслуги Н.Г. Кузнецов получил высшее воинское звание на флоте и стал Героем Советского Союза.В своей книге Н.Г. Кузнецов рассказывает о своем боевом пути начиная от Гражданской войны в Испании до окончательного разгрома гитлеровской Германии и поражения милитаристской Японии. Оборона Ханко, Либавы, Таллина, Одессы, Севастополя, Москвы, Ленинграда, Сталинграда, крупнейшие операции флотов на Севере, Балтике и Черном море – все это есть в книге легендарного советского адмирала. Кроме того, он вспоминает о своих встречах с высшими государственными, партийными и военными руководителями СССР, рассказывает о методах и стиле работы И.В. Сталина, Г.К. Жукова и многих других известных деятелей своего времени.Воспоминания впервые выходят в полном виде, ранее они никогда не издавались под одной обложкой.

Николай Герасимович Кузнецов

Биографии и Мемуары
100 великих гениев
100 великих гениев

Существует много определений гениальности. Например, Ньютон полагал, что гениальность – это терпение мысли, сосредоточенной в известном направлении. Гёте считал, что отличительная черта гениальности – умение духа распознать, что ему на пользу. Кант говорил, что гениальность – это талант изобретения того, чему нельзя научиться. То есть гению дано открыть нечто неведомое. Автор книги Р.К. Баландин попытался дать свое определение гениальности и составить свой рассказ о наиболее прославленных гениях человечества.Принцип классификации в книге простой – персоналии располагаются по роду занятий (особо выделены универсальные гении). Автор рассматривает достижения великих созидателей, прежде всего, в сфере религии, философии, искусства, литературы и науки, то есть в тех областях духа, где наиболее полно проявились их творческие способности. Раздел «Неведомый гений» призван показать, как много замечательных творцов остаются безымянными и как мало нам известно о них.

Рудольф Константинович Баландин

Биографии и Мемуары
100 великих интриг
100 великих интриг

Нередко политические интриги становятся главными двигателями истории. Заговоры, покушения, провокации, аресты, казни, бунты и военные перевороты – все эти события могут составлять только часть одной, хитро спланированной, интриги, начинавшейся с короткой записки, вовремя произнесенной фразы или многозначительного молчания во время важной беседы царствующих особ и закончившейся грандиозным сломом целой эпохи.Суд над Сократом, заговор Катилины, Цезарь и Клеопатра, интриги Мессалины, мрачная слава Старца Горы, заговор Пацци, Варфоломеевская ночь, убийство Валленштейна, таинственная смерть Людвига Баварского, загадки Нюрнбергского процесса… Об этом и многом другом рассказывает очередная книга серии.

Виктор Николаевич Еремин

Биографии и Мемуары / История / Энциклопедии / Образование и наука / Словари и Энциклопедии