— Rost aytasiz! — deb xitob qildi Faleyev. — Siz bilan ishimiz yurishib ketadi. Keyingi paytlarda juda o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim… Bilasizmi, — dedi u negadir ovozini pasaytirib, hayiqibroq, — ko‘z oldingda birin-ketin g‘alati maxluqlar paydo bo‘lib turaversa, aqldan ozib qolish ham hyoch gap emas bu yerda… Moslashishni qaysi tomonga yo‘naltirsak durust bo‘larkin? Balki, hayvonlarni birato‘la uchadigan qilaverish kerakmikin? Bu yerning sharoitida shundan osoni yo‘q: Uchuvchi echkilar! — U g‘amgin jilmaydi. — Lekin «to‘rt qo‘llilar» ni yaxshi aytdingiz. Mushuklarimdan birining dumi shunaqa o‘sib ketganki, u dumidan xuddi maymunday foydalanadi. Panjasi yetmagan joyda dumini ishga soladi. Sakragan paytida ham shu dum rul vazifasini bajaradi. Panjalari orasida parda hosil bo‘lyapti nazarimda. Hademay uchqur bo‘lib ketadi. Jipsini aytmaysizmi? Dahshat, lekin… Mana hozir… Jipsi! Jipsi!..
Qayerdadir itning vovillagani eshitildi. Shu payt biz tomonga uchib kelayotgan maxluqqa ko‘zim tushdi. U oyoqlarini jon-jahdi bilan yugurayotgan kuchukday" siltar, lekin oldinga juda sekin siljirdi. Nozik panjalari orasida yupqa pardalar ko‘rinib turibdi. Bu pardalar havoni orqaga itarib, gavdani oldinga surish uchun yordam beradi. Uchib kelayotgan it yuldogdan sal kattaroq, tanasi dolchinrang siyrak yung bilan qoplangan, dumi uzun va paxmoq, basharasida bitta ham tuk yo‘q, kalta, deyarli yalpoq pastki jag‘i yaxshi taraqqiy etmagan. Uning basharasida itnikidan tashqari, maymun va odam yuzining belgylari bor. Chindan ham dahshatli! It juda yaqin uchib kelib, mening ko‘zlarimga tikildi. Beixtiyor seskanib ketdim: uning odamnikiga o‘xshash katta-katta qo‘y ko‘zlari ma’yus va aqlga to‘la edi… Jipgsi dumini siltab, gavdasini burdi-da, tirnoqsiz panjalari bilan to‘siq chetidan ushlab oldi. Keyin nigohini mendan Faleyevga ko‘chirdi. Uning ko‘zlarida so‘rbq ifodasi bor edi.
Faleyev xuddi it bilan emas, balki o‘ziga yaxshi tanish bo‘lmagan odam bilan gaplashayotganday, birdan o‘ng‘aysizlandi. It «yuzi» dagi bu inson ko‘zlari qo‘rqinchli edi. Men ham o‘zimni noqulay seza boshladim.
— Tanish, Jipsi, — dedi Faleyev, itning diqqat bilan tikilib turgan ko‘zlariga qaramay. — Yangi o‘rtog‘imiz — Artemyev.
Men ko‘pchilik it ishqibozlari kabi Faleyev ham unga hazillashib shunday murojaat qilyapti, deb o‘ylagan edim. Jipsining tuksiz boshini silash uchun qo‘limni ko‘tardim ham. Lekin itning menga bosh irg‘ab, panjasini uzatganini ko‘rganimda qay ahvolga tushganimni bilsangiz edi! Bir lahza qo‘lim havoda muallaq qoldi. Oddiy kuchukni silaganday, Jipsining boshini silash o‘rniga, o‘zimni yengib, garchi Ketsda qo‘l olib so‘rashish man etilgan bo‘lsa-da, nazokat bilan uning iliq, tuksiz panjasini qisdim.
— Kuchuqcha Dianalar ovqatlantirilganmi? — deb so‘radi Faleyev.
It yo‘q deganday bosh chayqadi.
— Nega? Sut bilan so‘rg‘ich keltirilmadimi?
Jipsi «ha» degandek bosh irg‘adi.
— Bo‘lmasa bor. Jipsi, yettinchi tugmachani bos. Olyani chaqirib tezlashtir.
It menga sinovchan bir nazar tashlab, qayta uchib ketdi. Yuragim qinidan chiqib ketayozdi.
— Ko‘rdingizmi? — dedi asta Faleyev. — Hamma gapni tushunadi. Faqat javob qaytarolmaydi, xolos. Nutq apparatiga ega emas. Savol-javob tariqasida fikr almashiladi. Lekin miyaning taraqqiyotida juda katta sakrash bor. To‘g‘ri, bunday it bilan muomala qilish yoqimsiz! Lekin men u bilan murosa qilishga tirishaman. U meni yaxshi ko‘radi nazarimda, lekin Kramerni negadir yoqtirmay qolgan. Ko‘rdi deguncha, jaxl bilan bir qarab, o‘zini chetga oladi. Gapira olmasligidan o‘zi ham eziladi menimcha. It tilini o‘rganishga to‘g‘ri keladi endi.
Laboratoriyaning ichkarisidan itning bo‘lib-bo‘lib akillagani eshitildi.
— Ko‘ryapsimi, meni chaqiryapti. Bir gap bo‘lganga o‘xshaydi! Yuring!
Jipsining akillashiga kuchukchaning ingillagani qo‘shildi. Biz darhol o‘sha tomonga uchib ketdik.
Panjalari parda bilan qoplangan kuchukcha bir panjasini to‘rga tiqib, sugurolmay turardi. U bizga yosh boladay tikilib, tinimsiz ingillardi. Jipsi uning atrofida uymalanishar va hadeb o‘zining uzun panjalari bilan kuchukchaning qisilib qolgan panjasini chiqarmoqchi bo‘lardi. Biz yordamga kvlganimizdan keyin ko‘plashib panjani to‘rdan xalos qildik.
Men Jipsi bilan «gaplashmoqchi» bo‘ldim.
— Jipsi! Oh, bu ko‘zlarga bardosh berish naqadar og‘ir! — Gapirishni bilmaysanmi? O‘rgataymi?
Jipsi shosha-pisha bosh silkidi va nazarimda, ko‘zlarida sevinch uchquni chaqnab ketdi. U yonimga uchib kelib, ko‘llarimni yalay boshladi.
— U sizdan juda mamnun. Hali yaxshi og‘ayni bo‘lib ketasizlar, — dedi Faleyev. — Xo‘sh, o‘rtoq Artemyev, qayerda ishlamoqchisiz? Usimliklar fiziologiyasi laboratoriyasidami yoki bu yerdami?
— Buni Shlikov hal qiladi, — dedim men. — Hozircha oranjereyada ishlab turishga to‘g‘ri keladi. Xayr o‘rtoq Faleyev! Xayr, Jipsi!..