Necha yillar boshimni qotirgan jumboqlar qanday osonlik bilan hal etilgan. Bu yerda yil bo‘yi yangi meva va sabzavot bo‘ladi, demak, ularni qayta ishlovchi zavodlar ham yil-o‘n ikki oy to‘xtovsiz ishlashi mumkin…
Kets Yulduzidagi tajribani nahot Yerga ko‘chirib bo‘lmasa? Loaqal, Pomirni olaylik. Pomir cho‘qqisida ultrabinafsha nurlar Kets Yulduzidagiga qaraganda oz, lekin dengiz sathi bilan baravar joylardagiga nisbatan ancha ko‘p. Pomir yon bag‘irlarini yalpi oranjereyaga aylantirsa bo‘ladi. Hamma xarajatlar o‘zini qoplaydi. Oranjereyada har qanday atmosferani hosil qilish, karbonat kislota miqdorini oshirish mumkin…
Hamisha quyosh nuri arimaydigan issiq iqlimli troniklarchi?.. Changalzorlarni yo‘qotganimizdan so‘ng millionlab kishilar u yerda boshpana va oziq-ovqat topadilar.
Yerdagi sahrolar-chi? Hozir suvsizlik va qumga qarshi muvaffaqiyat bilan kurash olib boryapmiz. Lekin Yerda qancha sahro bor! Ketsdagi tajribani ishga solib, Quyoshni yordamga chaqirishimiz mumkin. Hamma suvni shimirib, ko‘katlarni qovjiratgan Quyosh sahrolarga qaytadan jon baxsh etadi. U yerlarda bepoyon bog‘-rog‘lar bunyodga keladi…
Yo‘q, aholining ko‘payishi Yer sharini hech qachon xavf ostida qoldirmaydi! Insoniyat kelajakka dadil ko‘z tikishi mumkin!
— Nima balo, qoqshol bo‘lganmisiz, Artemyev? — Kramerniig qattiq xitob qilganini eshitdim.
— Kechirasiz, xayol surib qolibman, — javob berdim, kutilmagan bu ovozdan seskanib.
Men atrofimga qaradim — oranjereya jonlanib ketgan edi. Tor yo‘lkalarda savat ko‘targan yosh-yosh qizlar uchib yurishardi. Ularning rang-barang kostyumlari ko‘katlar fonida xuddi gullarday tovlanardi. Qizlar meva terishyapti. Qayerdandir yoqimli kuy quloqqa chalinib turibdi.
— Afsonaviy manzara, — deb xaxoladi Kramer. — Yulduz qizlari! Bugungi kundagi ertak! Yaqinda ularni avtomatlar bilan almashtirishadi… Qani, ketdik. Sizga hali laboratoriyani ko‘rsatganim yo‘q. U Kets Yulduzidan tashqarida. Laboratoriyada mutlaqo og‘irlik yo‘q. Fazoviy kostyumlar kiyishga va talaygina masofani uchib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Portativ raketa bilan muomala qilishni o‘rganishingiz kerak. Bilib qo‘ying: bu gal ham chetga uchib ketsangiz, orqangizdan quvib yurmayman!
Lekin bu gal yaxshi «otdim» va Kramerdan ortda qolmadim. Shunga qaramay bu uchish andak hayajonli bo‘ldi. Birdan o‘ng oyog‘im to‘ngib qoldi. Kostyum teshilib, ichkariga fazoviy sovuq kirmayaptimikan, deb qo‘rqib ketdim. Keyin qarasam, oyog‘im soyada qolgan ekan. Yeruqqa olishim bilan yana jon kirdi.
Mana, laboratoriyaga ham yetib keldim. U silindr shaklida. Silindrning ichi shisha to‘siqlar bilan ajratilgan. U bo‘lmadan-bu bo‘lmaga «izolyatsion» kameralar orqali o‘tiladi, chunki har bir bo‘lmadagi bosim va havoning tarkibi har xil. Silindrning bir tomoni boshd!an-oyoq oyna, ikkinchi tomoni o‘simlik. Ba’zi o‘simliklar, ildizi ko‘rinib tursin uchun, shisha tuvaklarga ekilgan. Bu meni ajablantirdi: ildizlar yorug‘likni yomon ko‘radi-ku. Ba’zi o‘simliklar pushtalarda, ba’zilari havoga qator qilib terib qo‘yilgan tuvaklarda. Ularning o‘sishi g‘alati: yaproq va shoxchalari nur shaklida tuvakdan oynaga tomon talpinib turibdi. Ba’zilarining ildizi yuqoriga, ayrimlariniki pastga qarab o‘sgan. Lekin ko‘pchilik ildizlar qorong‘i tomonda. Og‘irlik kuchining yo‘qligi go‘yo geotropizm kuchini yemirgan va, aftidan, bu yerda faqat geliotropizm — o‘simlikni nur manbaiga yo‘naltiruvchi kuch asosiy rolni o‘ynaydi.
Bo‘ldi! Jo‘na! Senga aytyapman, bo‘ldi! — ayol kishining ovozi va Kramerning xaxolagani eshitildi.
Laboratoriya to‘riga qarab, shisha to‘siq orasidan binafsharang kostyum kiygan yosh bir qizni ko‘rdim. U «shift» ostida tipirchilar, Kramer bo‘lsa qanotlarini silkitib, uning oldiga uchib borar va turtardi. Qiz nariga uchib ketib, «shift» ga uriladi, undan qarshi tomonga borib qoladi, xuddi shunday yelpig‘ich qanotlari bilan o‘zini to‘xtatmoqchi bo‘ladi. U, nazarimda, to‘q ko‘k butaga qarab turmoqchi. Lekin vaznsizlik olamida zarur holatda tura olish oson emas. Qiz qanotlarini qo‘yib, beliga boglangan metall gardishni oladi-da, uni xuddi taqsimcha ko‘targanday qirrasini o‘ziga qaratib ushlaydi. Keyin u gardishni aylantiradi, shunda gardish bir tomonga, qiz esa teskari tomona aylanadi. Tsk o‘q bo‘ylab harakat qilish uchun esa gardishni yonlatib, qirrasini tepaga qaratib tutish kerak bo‘ladi.
Men Kramer bilan qizning oldiga yaqinlashdim. Qizni qayerdadir ko‘rgandayman. Ha, esladim, Tonyaning xonasida turadigan qiz. Demak, men shu bilan ishlayman. Unga boshdanoyoq razm soldim, Kramer ikkovi mening beo‘xshov harakatlarimdan kulishardi. Men o‘zimni xuddi suvdan chiqarib tashlangan baliqday his qilardim. Lekin qiz ham gardish bilan qanotlardan tuzuk foydalana olmasdi. Faqat Kramergina suzardi, ha, xuddi suvdagi baliqday suzardi. U hamon qizning atrofida aylanib, uni goh to‘g‘ri, goh oyog‘ini osmondan qilib ko‘rdi. Qizning bir jahli chiqar, bir kulardi. Keyin Kramer menga o‘girilib, dedi:
— Tanishinglar, Zorina!
— Biz ko‘rishganmiz, — javob berdi Zorina va menga bosh irg‘ab qo‘ydi.