Читаем KETS Yulduzi полностью

— Iye, tanishmisizlar? Juda soz, — dedi Kramer, negadir achchiq bilan. — Qani yuring, Artemyev. Vanna yonma-yon. Ishdan oldin ham, ishdan keyin ham biz vannaga tushamiz.

Tor yo‘laklardan o‘tib, yangi silindrga kirdik. Uning bo‘yi ham, eni ham to‘rt metrlar keladi. Shu yerda yechinib, dumaloq teshikdan «vannaxonaga» o‘tdik. Bu silindrning diametri ham haligicha, lekin sal uzunroq. Silliq alyumin devorlar, yon tomondan yorug‘ tushib turibdi, ammo bir tomchi ham suv ko‘rinmaydi. Men silindrning qoq o‘rtasida to‘xtab qoldim, gardish va qanotlarsiz devorgacha ham borolmayman. Havoda osilib turibman. Kramer eshik oldida uymalanyapti. Mana u dastani buradi, nimadir vishillab, silindrga tutashuvchi dumaloq yassi devordagi jo‘mrakda suv ko‘rindi. Kuchli bosim ostida oqim menga qelib urilib, atrofga tomchi va pufakchalar sachradi. Men nariga uchib ketdim. Atrofimda suv pufakchalari aylanar va bir-biri bilan to‘qnashib, tobora kattalashib borardi.

Xuddi shu payt silindr ko‘ndalang o‘q atrofida aylana boshladi. Uning tezligi borgan sari kuchayardi. Natijada markazdan qochirma kuch paydo bo‘ldi. Tomchi va pufakchalar devorlarga o‘tira boshladi. Ko‘p o‘tmay, silinr devorlari qalinligi bir metr keladigan suv bilan qoplandi. Hamma yoqda — o‘ngda ham, chapda ham, tepada ham suv. Faqat silindr markazi, katta o‘q atrofi bo‘sh qoldi. Meni yaqinimdagi devor o‘ziga torta boshlaganini payqadim. Bir necha minutdan keyin suvga garq bo‘ldim. Yana bir necha daqiqadan so‘ng esa uning «tubida» turardim. Kramer qarama-qarshi tomondagi devorda turardi, uning oyogi devorda-yu, boshi men tomonda edi. Lekin ikkovimiz ham o‘zimizni dadil boshqarardik: biz suv ostida yurdik, suzdik, sho‘ng‘idik. Bu galati vanna menga juda ma’qul bo‘ldi. Tananing og‘irligi sezilar-sezilmas, suvda turish esa g‘oyat qulay edi. Kramer teshikka suzib borib, mis dastani buradi. Suv mayda teshikchalarga tez oqib kirib, silindrning harakati sekinlashdi. U butunlay to‘xtaganda vannada bir tomchi ham suv qolmagan, tanalarimiz yana vaznsiz bo‘lib qolgan edi.

Yechinish xonasida ehtiyotsizlik bilan kostyumimni qo‘ldan chiqarib yuborib, ancha vaqt orqasidan quvib yurdim. Vaznsizlik dunyosida narsalar juda quv bo‘ladi. Sal turtib yuborsang, u devordan-bu devorga, u burchakdan-bu burchakka uchib yuraveradi — tutib bo‘psan! Kramerga esa bu o‘yin edi: biror narsani burchakka uloqtirib, devorga urilib qaytayotganida uni ilib olar va ba’zan bu mashqni bir necha marta takrorlardi.

— Zorina qalay? Zo‘r-a? — deb so‘radi u kutilmaganda. Yuzi birdan tundlashib, qahrli tusga kirdi. — Menga qarang, tag‘in… — dedi po‘pisa qilib.

Mendan rashk qilyaptimikan? Voy tentag-ey!

— Endi sizni zoologiya laboratorkyasiga kuzatib qo‘yaman, — dedi Kramer menga shubha bilan ko‘z tashlab. — U yoqqa «tonnel» orqali o‘tamiz. Sizni oborib tashlab, qaytaman.

Chindan ham u laboratoriya eshigi oldida to‘xtadi, xayrlashe turib, ma’noli ohangda yana haligi gapini takrorladi:

— Menga qarang, tag‘in!..

— Nima tag‘in? — dedim jahlim chiqib.

Uning yuzi burishib ketdi.

— Men ko‘z-quloq bo‘lib turaman! — dedi u tishini gichirlatib va jo‘nab qoldi.

Qanaqa yovvoyi, bema’ni odam bu!

Endi eshik dastasiga qo‘l cho‘zgan paytimda Kramer yana qaytib keldi. U oyog‘ining uchini devordagi halqadan o‘tkazib, oldimda oltmish daraja burchak hosil qilib «turib», dedi:

— Ha, aytganday. Men sizga ishonmayman! Nega bu yerga uchib keldingiz? Shlikovning ishlari bilan tanishib, Yerga qaytgandan so‘ng o‘zingizniki qilib ko‘rsatish uchun emasmi? Shlikov — geniy! Bilib qo‘ying, men hech kimga…

— Menga qarang, Kramer! — dedim fig‘onim chiqib. — Siz yo kasalsiz, yoki o‘z harakatlaringiz uchun javob berishingiz kerak. Siz meni bekordan-bekorga haqorat qilyapsiz. Nima deyayotganingizni o‘ylayapsizmi! Birovning mehnatini o‘ziniki qilib olish kimning qo‘lidaan kelishi mumkin? Buning kimga keragi bor? Qanaqa zamonda va qayerda yashayotganimizni bilasizmi?

— Yedingizda bo‘lsin! — dedi u gapimni bo‘lib va bir sakrab tonnel ichiga kirib ketdi.

Men hayratda qoldim. Tavba, nimalar bo‘lyapti?! Beixtiyor eshikni ochib, laboratoriyaga kirdim.

<p>XVII. ZOOLABORATORIYA</p>

O‘sha zahotiyoq chalqancha yotgan, jagi beso‘naqay, katta-katta ko‘zlariga hayrat cho‘kkan bir odamni ko‘rdim.

— Xo‘sh, siz nima deysiz? — deb xitob qildi u menga, xuddi fikrimni uqib olayotganday.

Men tamom gangib qoldim. Nima bo‘lyapti o‘zi? Shu paytgacha Ketsda es-hushi joyida, sog‘lom, xushchaqchaq kishilarga duch kelgan edim, endi bo‘lsa birdaniga ikkita tentakni ko‘rib turibman!

— Nima gap o‘zi, og‘ayni? — so‘radim men.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика