Читаем KETS Yulduzi полностью

— Echkini, aniqrogi, uning oyoqlarini nima qilishni bilmayapman. Og‘ilni ikki marta buzib-tuzatdim, lekin echkining oyoqlari hamon o‘syapti. Hech joyga sig‘maydi, buklanib, mayishib ketyapti. Xudo haqqi, kesib tashlaging keladi!.. Artemyevmisiz. Men Faleyevman. Yaxshi, siz ham biolog ekansiz. Birgalashib o‘shaymiz. Zoologiya laboratoriyasi eng notinch joy. Har xil shoxli, to‘rt oyoqli problemalarni hal qildik. Shlikov beto‘xtov yangi-yangi topshiriqlar beryapti. Tajribalar butunlay kutilmagan natijalarni berib turgandan keyin ularni qanday qilib bajarasan? Og‘irlik kuchining yo‘qligi — bir, kosmik nurlarping ta’siri — ikki. Ana shu nurlar tufayli shunaqa mutatsion sakrashlar bo‘lyaptiki, yoqangni ushlab qolasan! O‘z ko‘zingiz bilan ko‘ra qoling.

Faleyev havoda yengil to‘ntarildi-da, keng kaftlari bilan havoni eshkakday eshib, laboratoriya bo‘ylab uchib ketdi. Men unga ergashdim.

Bu yerda badbo‘y hid mutlaqo sezilmasdi: aftidan, xonani supurib-sidirish va shamollatish yaxshi yo‘lga ko‘yilgan. Og‘illar oddiy to‘r bilan ajratilgan to‘siqlardan iborat. Og‘illardan birining oldida xuddi sharni, to‘g‘rirog‘i, bahaybat tuxumni eslatuvchi kattakon cho‘chqaga ko‘zim tushdi. Uning oyoqlari makaronday uzun-uzun va ingichka edi. Yumshoq tuyoqlari chalkashtirilgan ikki barmoqqa o‘xshaydi. Agar shunaqa cho‘chqa to‘satdan Yerga tushirilsa, xuddi suvdan uloqtirib tashlangan kitday, o‘z tanasini ko‘tarolmay chalpak bo‘lib qolgan bo‘lardi.

Echki meni undan ko‘ra ham hayratga soldi. Basharasi haddan tashqari cho‘zilgan, shoxlari — uzun va turk qilichiday egri, ingichka oyoqlari bir yarim metr keladi hamda oxirida o‘ttiz daraja burchak hosil qilib turgan, qush panjasiday zaif, ikkita ortig‘i bor. Bu «echki» ning bo‘yi kattakon qo‘yday keladi, lekin yung degan gap yo‘q.

— Xuddi bir tuki yo‘q Afrika qo‘tir itiga o‘xshaydi, — dedi Faleyev. — Bu go‘sht beradigan echki. Nariroqda yung yetishtiruvchi echkini ko‘rasiz. Bo‘yi juda past, lekin yungi bir metr keladi. Shunaqa jingalak! Tirik yung fabrikasi deysiz!

— Lekin yungdor echki bunaqa haroratli xonada yashamasa kerak? — so‘radim men.

— Albatta. Uni sovuqda tutamiz, ammo ovqatiga alohida o’tibor beriladi. Yung — bu ham bir navi. Shlikov bundan ko‘ra murakkabroq vazifani qo‘yyapti. Mana, bizga muzika asboblari uchun torlar va tennis raketalari uchun chambaraklar kerak. Ichak-chavog‘i nihoyatda uzun bo‘lgan qo‘y naslini yarating. Shlikov hech qanday qiyinchilikni tan olmaydi. Qilib bo‘lmaydigan ish yo‘q, deydi. Buning ustiga, ko‘rsatmalari nihoyatda qisqa. «Agar, — deydi u, — ichakni uzaytirish kerak bo‘lsa, har xil ovqat bering, uni tez-tez o‘zgartirib turing». Ovqat o‘z yo‘liga-yu, ammo qo‘yning ichagi o‘rniga oshqozoni o‘sib ketsa bo‘ladimi… Bu yerda qandaydir yangi omillarning ta’siri bor… Lekin echkining oyoqlarini nima qilishni bilmayapman. Nahot yana og‘ilni buzib tuzatsam? Xuddi no‘xat haqidagi ertakning o‘zi bo‘lyapti: no‘xat o‘savergandan keyin avval polni buzishibdi, keyin shiftni ochishibdi, undan keyin tomni ham olib tashlashibdi, lekin no‘xat hamon o‘sishdan to‘xtamasmish. Ammo biz tomni olib tashlayolmaymiz, axir.

— Siz tomni ham olib tashlamang, hech narsani buzib tuzatmang ham, — dedim men. — Yerdagi hayvonlarning evolyutsiyasida kosmik nurlar juda katta rol o‘ynagan, degan taxminlar bor. Siz aytgan favqulodda tez mutatsiyalar bu farazni tasdiqlaydi. Menimcha, bu yerda organizmlarning yangi muhitga sakrash yo‘li bilan moslashuvi yuz berayotgan bo‘lsa kerak. Ogirlik kuchi yo‘q — gavda bir jotsda turmaydi, u tayanch nuqtaga ega emas. Hayvonlar havoda osilib qoladi. Ular bu holatdan chiqishga urinishadi. Hammasida uzun oyoqlarga ehtiyoj tug‘iladi…

— Albatta! — deb gapimni bo‘ldi Faleyev. — Dastlabki itlar bu yerda rosa akillashdi. Devorga yoki bir parcha go‘shtga yetib olish uchun ular soatlab behuda oyoq silkitishar va, albatta, joylaridan qimirlasholmas edi.

— Ana-ana, shuning uchun ham oyoqlari o‘sib ketganda. Siz og‘ilxonalarni katta qilmang. Menimcha, agar oyoqlar uzatganda devorga yetadigan bo‘lsa, ular o‘z-o‘zidan o‘sishdan to‘xtab qoladi. Yeki hayvonlar tarmasha oladigan panjara o‘rnating. Mana bu mayda to‘rni, boshqasi, ya’ni yirikroq katak bilan almashtirish, yo bo‘lmasa, to‘siqni novdadan qilish kerak. Ana shunda hayvonlarning tutuvchi organlari rivojlanadi. Echki va qo‘ylaringiz maymunlarday «to‘rt qo‘lli» bo‘ladi, bir narsani ushlashga o‘rganadi. Ular katak bo‘ylab yurib, bir-ikki oyoqlari bilan gavdalarini tutishsa, qolgan bo‘sh oyoqlari bilan kerakli narsani olishaveradi.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика