Men zoolaboratoriyaga deyarli ko‘chib o‘tdim, ko‘pincha Ketsga hatto ovqatlanish uchun ham kelmas edim: qaytadan «g‘ovvos» kostyumini kiyish, atmosfera kameralari — shunga o‘xshash ishlar ko‘p vaqt olar edi, men esa har bir minut vaqtni qizganardim. Axir bu laboratoriyadagi bir minut Yerdagi soatlardan ko‘p narsa beradi: tajriba vaqtida har xil biologik protsesslar shu qadar tez o‘tadi. Pashshalar mutatsiyasi shundoq ko‘z oldimda yuz berardi. Men yangidan-yangi ajoyibotlarga duch kelardim. Mana. shu o‘zgarishlarni boshqarib turuvchi qonunlarni o‘rganishga qattiq kirishib ketdim. Ularni nglash — hayvoyalarning o‘sishi va rivojlanishini erkin boshqarishning yangi, qudratli qurolini topish demak. Men hujayra yadrolarini va ulardagi irsiy belgilarni tashuvchi xromosomlarni o‘rganib chiqdim. Endi pashshadan xohlagan jins va kattalikdagi naslni bexato olishim mumkin edi.
Yerdagi chorvachilikni rivojlantirishning qanday istiqbollari mavjud! To‘g‘ri, Yerda kosmik nurlar bu yerdagiday mo‘l emas. Lekin u yerda ham sun’iy ravishda kosmik nurlar hosil qilish usulini topishgan. Albatta, qimmatga tushadi, leqin tajribalarni bu yerda o‘tkazib, natijasini Yerga xabar qilish mumkin. Yerda ham istagan natijani olish uchun maxsus kameralarda hayvonlarni sun’iy ravishda kosmik nurlantirishdan o‘tkaza boshlashadi. Ana o‘shanda tabiatdan tilab o‘tirmay, xohlaganimizcha sigir-buqalarni yetishtiraveramiz. Xohlagan kattalikdagi hayvonlarni yetishtiraveramiz. Filday keladigan sigir kuniga o‘nlab paqir sut beradi. Axir bu odamni o‘ziga batamom jalb qiladigan mayeala emasmi?
Ishga sho‘ng‘ib ketganimga qaramay Jipsini unutmadim. U ham menga o‘rganib qolgan edi, yonimdan bir qadam ham — nari jil masdi. U bilan zerikmasdi odam. To‘g‘ri, uning tashqi ko‘rinishiga ko‘nikish ancha qiyin bo‘ldi. Lekin men ko‘nikdim, itning badbasharaligi ko‘nglimdan chiqib qetdi. Hatto Jipsining ko‘zlari ham ancha muloyimlashgandek bo‘ldi.
Odamlar o‘zlarining to‘rtoyoqli do‘stlari bilan hammavaqt ham tuzuk muomala qilishmaydi-,da. Ayniqsa, Kramer «Hey kal! — deb o‘shqiradi u Jipsini ko‘rdi deguncha, musht o‘qtalib. — Yaqinlashma menga!» Shunday bo‘lgach, Jipsi uni jinidan ham mon ko‘radi-da, albatta.
Jipsini «gapirishga» o‘rgatish «shartli til» tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. U yoki bu munosabat bilan Jipsi chiqargan tonushlarni eslab qolishga harakat qilardim. Bu tovushlar nutq tovushlariga o‘xshamasa ham, lekin harholda bir-biridan farq qilardi. Jipsining o‘zi ham ohang va pauzalarga e’tibor berib, menga ko‘maklasha boshladi. Shunday qilib, asta-sekin bir-birimizni erkin tushunadigan, bo‘lib qoldik. Lekin noqulay tomoni shundaki, Jipsi hamon yolg‘iz men anglaydigan «muhojir» ligicha qolaverardi. Buning ustiga u meni juda yaxshi ko‘rardi. Ko‘pincha kelib qo‘limni yalardi — unda itlarga xos erkalanish saqlanib qolgan edi. O‘zining nozik tuyg‘ularini u boshqa qanday yo‘l bilan ham ifodalay oladi, deysiz?
Ayniqsa, Jipsining g‘oyat mehribonlik va chidam bilan kuchukchalarni harakat qilishga va vaznsiz bo‘shliqda uchishga o‘rgatishini kuzatish maroqli edi. Afsus, bu manzara kinoplyonkaga tushirilmagan.
Unga qarab turib, o‘ylardim: insonga xizmat qildirishda hayvonlardan hali juda yomon foydalanamiz! Panjalari parda bilan qoplangan Jipsi Yerda yurishga yaxshi moslashmagan. Uning suyak va paylari zaif bo‘lishi mumkin. Lekin bu yerda Yer Sharoitiga yaroqli, yaxshi rivoj topgan itlarni yaratishdan osoni yo‘q. Faqat ularni sun’iy og‘irlik bor joyda o‘stirish kerak. Kosmik nurlar mo‘l bo‘lgani uchun bu yerda ularning miyasi Yerdagidan tez taraqqiy etadi. Masalan, Jipsining hid bilish va eshitish qobiliyati juda kuchli. U biror hodisa yuz bersa signal chiroqlarini yoquvchi, qo‘ng‘iroq tugmasini bosuvchi, akillab telefonda chaqiruvchi ajoyib qorovulgina emas, balki ishlab chiqarishdagi o‘ziga xos tirik reaktiv bo‘lishi ham mumkin edi. U hiddagi, haroratdagi, tovush va rangdagi salgina o‘zgarishni ham sezadi va shu zahotiyoq signal bera oladi. Bu ishni avtomatlarimiz ham a’lo darajada bajaradi, albatta. Lekin Jipsi avtomat emas, binobarin, u ko‘proq narsa qila oladi: U faqat «sezibgina» qolmaydi, balki ana shu avtomatlar yordamida ishning yo‘nalishini o‘zgartiradi.
Jipsini u yoki bu topshiriq bilan jo‘natgan paytlarymda juda sevinib ketar va bu topshiriqlarni deyarli hammavaqt bexato bajarardi. Agar gapimni tushunmasa, bosh chayqardi. «Ha» va yo‘q» degan so‘zlarni u «va», «vve» degan tovushlar bilan izhor etardi.
Uning menga bo‘lgan sadoqati nihoyasiz edi. Bir gal laboratoriyamizga Yerdan yaqindagina chiqqan bir xodim uchib kelib, oldimda qanotlarini beo‘xshov silkita boshladi. Jipsi bu odam meni urmoqchi bo‘lyapti deb o‘yladi shekilli, shiddat bilan unga tashlanib, bir tomonga uloqtirib yubordi. Qarshisida g‘alati maxluqni ko‘rgan bechoraning yuragi yorilib o‘lishiga sal qoldi.
Jipsi bilan xayralashish men uchur og‘ir bo‘ladi, Yerga olib tushish esa mumkin emas. U Yerda yashay olmaydi.