Читаем KETS Yulduzi полностью

— Hatto iqlimi ham o‘zgarib ketgan, — dedim men. — Atrofdagi yuzlab kilometrga cho‘zilgan torf botqoqliklari quritildi, loyqa bosgan daryo va. ko‘llar tartibga keltirildi, shahar chetidagi ba’zi kanallar ko‘milib, xiyobonga aylantirildi yoki ko‘priklar bilan qoplandi. Havoning namligi ancha kamaydi, uning gozaligi esa leningradliklarga qo‘shimcha oftob nuri baxsh etdi.)ndi har qanday avtomobil va yuk mashinasi shaharga loy va tng olib kirmasligi uchun avval g‘ildiraklarini yuvib, keyin shaharga kiradi. Nimasini aytasiz! Leningrad — Leningrad-da!

— Leningradga albatta boraman! — dedi qiz va bosh irgab nari uchib ketdi.

Xatni ochdim. Laborantim laboratoriyadagi remont ishlari gugayozgani haqida yozibdi. Keyin, yangi asbob-uskunalar o‘rnagilayotgan emish. Yangi apparatlarni o‘rnatib bo‘lgandan keyin chaborantim professor Gabel bilan birga Armanistonga jo‘nar mish, chunki mening hali-veri qaytishimdan umidlarini uzipipti.

Men to‘lqinlanib ketdim. Yeki hammasini tashlab, Yerga jo‘nab qolaymi?..

Kramer qarshimda paydo bo‘lishi xayolimni bo‘ldi. Oranjereyai ko‘rganimdan keyin esa yana hamma narsani unutdim. U yayenda juda zo‘r taassurot qoldirdi.

Lekin u yoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib bormadim. Kramer menga, archi fazoviy bo‘shliqqa mo‘ljallanganidan yengilroq bo‘lsa ham, «g‘ovvos» kostyumi kiyishini taklif qildi. Kostyumga radioyelefon o‘rnatilgan edi.

— Oranjereyada bosim bu yerdagidan ancha past, — dedi Kramer. — Atmosferasida esa karbonat kislota ancha ko‘p. Yerda karbonat kislota atmosferaning atigi uch mingdan bir bo‘lagini tashkil etsa, oranjereyada — uch yuzdan bir qismini tashkil qiladi, ayrim bo‘limlarida esa bundan ham ko‘p. Bu inson uchun xatlari. Ammo o‘simlik uchun, asti qo‘yaverasiz!.. Xuddi toshko‘mir davrida o‘sganday o‘sadi!

Kramer birdan hech narsadan-hech narsa yo‘q kula boshladi, kulganda ham, nazarimda, juda uzoq kuldi.

— Bu skafandrlarda, — dedi u nihoyat kulgidan to‘xtab, — radiotelefon bor, gaplashish uchun bir-birimizga boshimizni egib o‘tirmaymiz. Tez orada fazoviy skafandrlarga ham mana shunday radiotelefonlar o‘rnatiladi. Bu juda ham qulay, nima dedingiz? Buni, nazarimda, siz Yerdan olib kelgan tanishingiz ixtiro qilgan.

Kramer menga ko‘z qisib qo‘yib, yana xaxolay boshladi.

«Kim kimni olib keldi ekan, — ko‘nglimdan o‘tkazdim men. — Innaykeyin, Kramer bugun nega hadeb kulib yotibdi?»

Biz atmosfera kamerasidan o‘tib, raketani oranjereya bilan tutashtiruvchi uzun yo‘lak bo‘ylab uchib ketdik.

— Bizda bir nechta oranjereya bor, — deya javrardi Kramer. — Bittasi, uchib kelayotib ko‘rganingiz uzun oranjereya? Xa-xa-xa! Esyngizdami, chetga uchib ketishingizga sal qolgan edi, shundan keyin kuchukchaday bog‘lab olgan edim? Hozir yangi, konussimon oranjereyaga ketyapmiz. U yerda raketadagiga o‘xshab og‘irlik mavjud, lekin juda oz. Yerdagining atigi mingdan bir qismi? Bo‘yi ir metr keladigan daraxtdan uzilgan yaproq yerga yigirma daqiqadan keyin tushadi. Lekin shu darajadagi og‘irlik kuchi barcha chiqindi va changlarning pastga cho‘kishi va bizga mevalarning atrofga uchib ketmay, yerga to‘kilishi uchun kifoya qiladi… Siz hali «vaznsiz vanna» da cho‘milganingiz yo‘qmi? Ajoyib! — birdan u xirgoyi qila boshladi va ketidan yana xunuk kuldi. — Yana bir qancha tajriba laboratoriyalarimiz ham bor, ularda og‘irlik kuchi mutlaqo yo‘q. Vanna o‘sha yerda… Mana, yetib ham keldik. «Parda ham ko‘tarildi…» — deya deklamatsiya qildi u eshikni ocharkan.

Avvaliga nurdan ko‘zim qamashib ketdi. Keyin, yaxshilab razm solib, og‘zi voronkaday kengayib ketgan ulkan tonnelni ko‘rdim. Eshik voronkaning tor tubida joylashgan edi. Voronkaning narigi og‘zi tashqariga qabarib chiqqan katta oyna bilan to‘silgan edi.

Oynadan ichkariga nur yog‘ilib kirardi. U shu qadar kuchli ediki, xuddi kinoga surat olinayotgan-u, minglab projektorlar yoqib qo‘yilganday tuyulardi. Tonnelning devorlari turli-tuman tusdagi ko‘katlar bilan qoplangandi. Bu yashil gilamni yengil alyumin panjarali torgina ko‘prikchalar kesib o‘tgan. Manzara kishini hayratga soladi. Ba’zi o‘simliklar bilan yaqindan ganishganimdan so‘ng hayratim yana ham ortib ketdi. O‘zim o‘simliklar fiziologiyasini maxsus o‘rganayotgan biolog-botanik po‘la turib, o‘simliklarning qanchalik «itoatkor» bo‘lishi, ularming tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi qay daraja o‘zgarishi mumkinligi to‘g‘risida zarracha ham tasavvurga ega emas ekanman.

Men hammasini shoshmasdan, sinchiklab ko‘zdan kechirishni istardim. Ammo qulogim tagida Kramer tinimsiz bidirlardi:

— Bari Shlikovning ishi! Geniy. Hademay uning qo‘lidagi o‘simliklar kuchukchalarday orqa oyog‘ida raqsga tushadi, bulbul bo‘lib sayraydy? O‘rgatadi shunga! «G‘alla ekinlari, — deydi u, — quyosh energiyasining oltmishdan bir bo‘lagidangina foydalanadi, banan esa undan yuz marta ko‘p. Gap faqat iqlimda emas. Hamma o‘simlikni ham energiyadan yuzlab marta ko‘proq foydalanishga majbur qilish mumkin».

— Menga bu haqda gapirib bergan u kishi, — dedim men Kramerni gapdan to‘xtatmoqchi bo‘lib, lekin foyda chiqmadi.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика