Читаем KETS Yulduzi полностью

— Oyda mana bu yo‘sinni topganingizning hech qanday ajablanarli yeri yo‘q, — dedi u bosiqlik bilan dona-dona qilib. — Yerda ma’lum bo‘lgan bakteriyalarning, mog‘or zamburug‘larining sporalari juda past haroratga, ikki yuz ellik daraja sovuqqa ham chidayveradi, yashash qobiliyatini yo‘q, otmadi. Ularning nafas olishi-chi? Bu intramolekulyar tarzda yuz berishi ham mumkin, bunda hatto birikkan holdagi kislorodning bo‘lishi ham shart emas. Azotobakteriyalarimiznieslang. Oziqlanish masalai-chi? Amyobalarimizni eslang. Ularning hatto og‘zi ham yo‘q. Biror «yeb bo‘ladigan» narsa topishsa, butun tanalari bilan chirmab olib, hazm qilishadi. Lekin «toshbaqa» masalasi murakkabroq. Men Oyda bundan ko‘ra murakkab jonivorlar yashashi mumkinligini ham rad etmayman. Organizmning moslashish qobiliyati deyarli cheksiz… Mana, birinchi qadam qo‘yildi. Hademay biz Yerimizning o‘tmishini qanchalik bilsak, Oyning o‘tmishdagi organik hayotini ham shu qadar bilib olamiz.

Shlikov to‘xtadi, daftarchasiga bir iimalarni yozib, davom etdi:

— Endi ishimiz haqida. Kets Yulduzidagi eng birinchi vazifamiz, — men biologlarni nazarda tutyapman, — shundan iboratki, biz o‘z ehtiyojlarimiz uchun o‘simliklardan iloji boricha ko‘proq, to‘laroq foydalanishimiz kerak. O‘simlik bizga nima berishi mumkin? Birinchi galda — oziq-ovqat. Bundan tashqari, havo va suvni tozalashi va, nihoyat, chiqindi material berishi mumkin. Bu materialdan oxirgi zarrasigacha foydalanishimiz kerak.

— Biz o‘simliklarni o‘zimizga keraklicha o‘zgartirishimiz, mukammallashtirishimiz zarur. Biz bu ishni qila olamizmi? Qila olamiz. Yerdagidan ko‘ra osonroq qila olamiz. Chunki bu yerda ayoz ham, qurg‘oqchilik ham, oftob urishi ham, garmsel ham yo‘q. Biz har bir o‘simlik uchun sun’iy ravishda istalgan iqlimni yaratishimiz mumkin. Harorat, namlik, tuproq va havoning sostavi, nur taqsimlanishi — hammasi qo‘limizda. Yerdagi oranjereyalarda esa bularni g‘oyat nisbiy darajada amalga oshirish mumkin. Bu yerda atmosferaga tarqalib, Yer sirtiga hech qachon yetib bormaydigan qisqa ultrabinafsha nurlar bor. Men kosmik nurlarning tarqalishini ko‘zda tutyapman. Nihoyat, og‘irlikning yo‘qligi. Yerning tortish kuchi o‘simlikning rivoji va o‘sishiga qanday ta’sir qilishini siz yaxshi bilasiz…

— Geotropizm, — dedim men.

— Ha, geotropizm. Ildizlar Yerning tortish kuchi yo‘nalishini kompas mili shimolni qanday sezsa, shunday his qiladi. Modomiki ildiz ana shu yo‘nalishdan chetlar ekan, bu faqat namlik va oziq «qidirish» ning natijasi. Og‘irlik kuchi bo‘lmagan sharoitda hujayralarning bo‘linishi, o‘sish, o‘simlikning shakllanishi qanday yuz beradi? Bu yerda og‘irlik kuchi mutlaqo yo‘qotilgan laboratoriya bor. Binobarin, Yerda mumkin bo‘lmagan tajribalarni qila olamiz. O‘simlik hayoti bilan bog‘liq mavhum masalalarni hal qilganimizdan keyin tajribani yer sharoitiga ko‘chiramiz. Men ishni geotropizmni o‘rganishdan boshlash. ingizni istardim. Katta oranjereyada assistent Kramer ishlayapti, laboratoriyada sizga yangi xodim Zorina yordamlashadi.

Shlikov jim bo‘lib qoldi. Men eshik tomon burilayotganimda u qo‘li bilan ishora qilib to‘xtatdi.

— O‘simlik — bu hali hammasi emas. Hayvonlar ustida ham juda g‘alati tajribalar o‘tkazyapmiz. U yerda Faleyev ishlaydi. Undan ko‘pam xursand emasman. Boshda ishni yaxshi olib borayotgan edi, keyingi paytlarda butunlay o‘zgarib ketdi. Agar bu ish sizni qiziqtirsa, o‘sha yoqqa o‘tkazgan bo‘lardim. Harholda shu laboratoriyaga bir kiring, qilinayotgan ishlarni ko‘ring. Hozir esa Katta oranjereyaga boring. Kramer sizni ish bilan tanishtiradi?

Vazmin qovoqlar quyi tushdi? Shlikov men bilan bosh irg‘ab xayrlashib, yana yozishga tushib ketdi?

<p>XVI. KRAMERNING TABIATI BUZILYAPTI</p>

Men yo‘lakka uchib chiqdim?

— O‘rtoq Artemyev! Sizga xat bor! — degan ovoz eshitildi orqadan. Yeshgina «pochtalon» qiz konvert uzatdi. Men shoshapisha oldim uni? Kets Yulduzig kelganimdan beri birinchi xat olishim edi-da, axir. Marka yoyeishtirilgan. Tamg‘ada Leningrad degan yozuv. Yuragim xapriqib ketdi?

— Leningraddan, — dedi qiz. — Men bu shaharda hech qachon bo‘lmaganman. Ayting-chi, yaxshi shaharmi?

— Ajoyib shahar! — javob berdim men shavq bilan. — Mosknadan keyingi eng yaxshi shahar. Menga Moskvadan ko‘ra ham ko‘proq yoqadi?

Shunday deb, Leningradning Strelnya va Pulkovo balandliklariga tutashib ketgan yangi kvartallar haqida, uning ajoyib bog‘lari, shaharga Venetsiya qiyofasini beruvchi xushmanzara kanallari haqida, metropoliten haqida, chang va zavod-fabrika dudlaridan tamom holi Leningrad havosi haqida, son-sanoqsiz ko‘priklardagi yo‘lovchini shamoldan asrovchi shisha to‘sinlar haqida, bolalarga mo‘ljallangan qishki bog‘lar, birinchi darajali muzeylar, teatrlar, kutubxonalar to‘g‘risida maroq bilan hikoya qila ketdim…

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика