Читаем Allamjonov aybdor полностью

Karimovning qabuliga kirmoqchi bo‘lganlarga arzirli sabab kerak edi. Shuning uchun «Uzmetronom» xabarlarini qog‘ozga chiqarib, «Matbuotda mana nimalar berilyapti…» degan bahona bilan kirishardi. «Matbuot» esa kimga buyurtma tushsa, o‘shaning ustidan mag‘zava ag‘darardi. Mening familiyam bu saytning doimiy «bezagi» bo‘lgan. Sergey Aleksandrovich qo‘ygan har bir qadamim haqida ma’lumot berardi va xabarni chiroyli badiiy to‘qimalar bilan qorishtirishni boplardi. Maqolalarini qoyilmaqom qilib yozardi-yu, lekin faktlari ancha bo‘sh bo‘lardi. Gapi ishonarli chiqishi uchun oz-moz haqiqat ham aralashtirib qo‘yardi, albatta.

Meni «Parpiyevning jiyani»ga chiqargan va bor yutuqlarimni (buni ko‘proq muvaffaqiyatsizlik degan bo‘lardim) qarindosh-urug‘chilikka yo‘ygan aynan shu odam bo‘ladi.

U «Soliq-info»ga majburiy obuna uyushtirilganini qoralab maqola yozgan va tagida shunday izoh qoldirgan edi: «Yurtimizda «Soliq va bojxona xabarlari» gazetasi bor-ku, yana bitta gazetaga nima hojat?» Muallif faqat bir masalaga aniqlik kiritishni unutgandi. «SBX» – xususiy nashr. Bu gazeta ham u paytga kelib, xo‘jalik hisobiga o‘tgan «Pravda Vostoka», «Xalq so‘zi», «Postda» va boshqa barcha davlat nashrlari kabi majburiy obuna hisobiga kun ko‘rardi. Respublikaning deyarli 99% nashri majburiy obuna orqali tarqatilardi. «Soliq-info» ulardan biri edi, xolos. Lekin hamma «olqishlar» faqat mening boshimga yog‘ildi. Vaholanki, men qonunni buzmagandim. Qolgan nashrlarning egalari bir chekkada muloyimgina bo‘lib turishdi. O‘sha davrda holat bunday edi: senzura kuchli, so‘z erkinligi yo‘q, gazetalar o‘qishli emas, hech kim sotib olmaydi. Lekin barcha nashrlarning yopilib ketishiga ham yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun davlat o‘zi bosh-qosh bo‘lib, deyarli barcha gazetalarga obunani tashkil qilib berardi.

Shaxsan men buni noto‘g‘ri deb hisoblayman. Administratsiya rahbari o‘rinbosari qilib tayinlanishim bilan majburiy obunaga chek qo‘yish haqida buyruq berdim. Gazetalarga raqamli texnologiyalardan foydalanib, dijital marketingga o‘tishni va bozor iqtisodiyotiga moslashishni taklif etdim. «Soliq-info»ni ham yopdim.

2008-yil

«Soliq-info» o‘zi qanday paydo bo‘ldi? Parpiyev bir necha marta «SBX» gazetasining muassisi Mixail Markovich Perperga gazetani tuzukroq chiqarish, sifatli qog‘ozda, ranglarini tiniq qilib chop etish kerakligini gapirgan. Haqiqatan, gazetaning qog‘ozi o‘ta arzon, ko‘rinishi talabga javob bermasdi. Mixail Markovich har safar «xo‘p», deb, yana o‘z bilganini qilardi. DSQ raisiga yoqmagani uchungina gazetaning tannarxini oshirishdan ma’no yo‘q, deb hisoblar edi.

Perper raisning aytganini qilavermagach, Parpiyev navbatdagi xizmat yig‘ilishida hammaning ichida mendan: «Gazeta chiqarish qo‘lingdan keladimi? – deb so‘radi. – Qog‘ozi ham, bosmasi ham sifatli bo‘lishi, foydali ma’lumotlar bilan boyitilishi kerak.»

Albatta qo‘limdan keladi! Soliq qo‘mitasida bir dunyo ma’lumot bo‘lsa! Buxgalterlardan doimiy savollar kelib turar, soliq inspektorlari ularning har bittasiga alohida yozma javob berishardi. Bu javoblar esa hamma uchun foydali edi.

Ammo bitta muammo chiqib qoldi. «SBX»ni barcha davlat tashkilotlari buxgalterlari olishlari shart edi. Bizning gazeta ham o‘zini qoplashi uchun obunani yo‘lga qo‘yishimizga to‘g‘ri kelar ekan.

– Hal qilamiz, – dedi rais. – Asosiysi, gazetani yaxshi, foydali, sifatli tayyorlang! DSQning rasmiy bosma nashri bo‘ladi.

Shu joyida bir gap aytay. «Soliq-info»ning ixtiyoriy xaridorlari ham ko‘p edi. Gazeta buxgalterlarga ma’qul keldi, ularning doimiy ish quroliga aylandi. Ular, ya’ni «Soliq-info»ga o‘z xohishi bilan obuna bo‘lganlar haqida hech kim bilmaydi. Lekin DSIning1 «obuna bo‘lish shart» degan qo‘ng‘iroqlaridan norozilar hamma yoqqa shov-shuv ko‘tardi.

Eng birinchi ofisimiz yerto‘lada joylashgandi. Gazeta chiqarish – murakkab jarayon. Qiziqarli material to‘plashning o‘zi yetarli emas. Gazetani sahifalash, chop etishning sir-asrorini ham bilish kerak.

Biz Rossiyaning shu yo‘nalishdagi hamma nashrlarini o‘rganib chiqdik. Gazetani rosmana qo‘llanmaga aylantirsa bo‘lar ekan, unda interaktiv – buxgalterlar bilan muloqot, savol-javoblar berib borishimiz shart, degan xulosaga keldik.

«Soliq-info»ni har tomonlama «SBX»dan yaxshiroq qilib chiqarishga harakat qildik. Seminarlar o‘tkazib, muammoli masalalarni ko‘tarardik. Viloyatlarga ham borganmiz. Soliq sohasidagi mutaxassislar bilan butun mamlakatni aylanib chiqqanmiz. Tadbirkorlarni yig‘ardik, ular savollariga professional ekspertlardan to‘la-to‘kis javob olishardi. Qisqasi, shu ishga jon-jahdimiz bilan kirishib ketdik.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Адмирал Советского Союза
Адмирал Советского Союза

Николай Герасимович Кузнецов – адмирал Флота Советского Союза, один из тех, кому мы обязаны победой в Великой Отечественной войне. В 1939 г., по личному указанию Сталина, 34-летний Кузнецов был назначен народным комиссаром ВМФ СССР. Во время войны он входил в Ставку Верховного Главнокомандования, оперативно и энергично руководил флотом. За свои выдающиеся заслуги Н.Г. Кузнецов получил высшее воинское звание на флоте и стал Героем Советского Союза.В своей книге Н.Г. Кузнецов рассказывает о своем боевом пути начиная от Гражданской войны в Испании до окончательного разгрома гитлеровской Германии и поражения милитаристской Японии. Оборона Ханко, Либавы, Таллина, Одессы, Севастополя, Москвы, Ленинграда, Сталинграда, крупнейшие операции флотов на Севере, Балтике и Черном море – все это есть в книге легендарного советского адмирала. Кроме того, он вспоминает о своих встречах с высшими государственными, партийными и военными руководителями СССР, рассказывает о методах и стиле работы И.В. Сталина, Г.К. Жукова и многих других известных деятелей своего времени.Воспоминания впервые выходят в полном виде, ранее они никогда не издавались под одной обложкой.

Николай Герасимович Кузнецов

Биографии и Мемуары
100 великих гениев
100 великих гениев

Существует много определений гениальности. Например, Ньютон полагал, что гениальность – это терпение мысли, сосредоточенной в известном направлении. Гёте считал, что отличительная черта гениальности – умение духа распознать, что ему на пользу. Кант говорил, что гениальность – это талант изобретения того, чему нельзя научиться. То есть гению дано открыть нечто неведомое. Автор книги Р.К. Баландин попытался дать свое определение гениальности и составить свой рассказ о наиболее прославленных гениях человечества.Принцип классификации в книге простой – персоналии располагаются по роду занятий (особо выделены универсальные гении). Автор рассматривает достижения великих созидателей, прежде всего, в сфере религии, философии, искусства, литературы и науки, то есть в тех областях духа, где наиболее полно проявились их творческие способности. Раздел «Неведомый гений» призван показать, как много замечательных творцов остаются безымянными и как мало нам известно о них.

Рудольф Константинович Баландин

Биографии и Мемуары
100 великих интриг
100 великих интриг

Нередко политические интриги становятся главными двигателями истории. Заговоры, покушения, провокации, аресты, казни, бунты и военные перевороты – все эти события могут составлять только часть одной, хитро спланированной, интриги, начинавшейся с короткой записки, вовремя произнесенной фразы или многозначительного молчания во время важной беседы царствующих особ и закончившейся грандиозным сломом целой эпохи.Суд над Сократом, заговор Катилины, Цезарь и Клеопатра, интриги Мессалины, мрачная слава Старца Горы, заговор Пацци, Варфоломеевская ночь, убийство Валленштейна, таинственная смерть Людвига Баварского, загадки Нюрнбергского процесса… Об этом и многом другом рассказывает очередная книга серии.

Виктор Николаевич Еремин

Биографии и Мемуары / История / Энциклопедии / Образование и наука / Словари и Энциклопедии