Читаем Allamjonov aybdor полностью

«Ikki yarim» laqabli o‘qituvchimizni yaxshi eslayman. Uy vazifasini qanchalik yaxshi tayyorlab kelmaylik, ikki yarim baho qo‘yardi. Bunaqa bahoning o‘zi yo‘q-ku, o‘quvchilarni yerga urish uchun shuni o‘ylab topgan. Konsertimizda «u» sahnaga chiqib olib: «Men fizika o‘qituvchisiman, ismim Muxtazar, mana qirq yildan beri erga tegolmayapman», – derdi.

Shunaqa. Hech kimni ayamas edik. Konsertdan keyin direktor meni xonasiga chaqirtirib, bunday «ssenariylar» uchun po‘stagimni qoqardi. Indamay boshimni egib turar, lekin konsertlarni to‘xtatmasdim.

Boshida chiptalar tekin edi. Keyin o‘ylab qoldim. Biz dastur, har bitta sahna, musiqa ustida yotvolib ishlayotgan bo‘lsak, tomoshabinlarga yoqayotgan bo‘lsa, nima uchun konsert tekin bo‘lishi kerak?

Tashkiliy ishlarga, chipta, afishalar tayyorlashga pul tikish kerak. Oyimning oldilariga keldim. Ular: «Adangdan so‘rab ko‘r», – dedilar. Ammo men otamdan cho‘chirdim, ayniqsa, bu pulni nimaga ishlatmoqchi ekanimni aytishga qo‘rqdim. Onam menga har doim ishonganlar. Yig‘ib-tergan o‘n ming so‘mlarini qo‘limga berdilar.

Chipta sotib o‘tirishni o‘rtoqlarimga topshirdim. Hech qaysisi pul so‘rab ota-onasini bezovta qilmadi. Bu tashkilotchining, ya’ni mening bosh og‘rig‘im edi. Ota-onam meni qo‘llab-quvvatladi.

Homiylar bilan ham o‘zim kelishdim. «Aylin» turk pechenyesi maktabimiz hisob raqamiga 25 ming o‘tkazdi. Maktab direktori shundan bir yarim ming so‘mni ovoz kuchaytirgich – usilitelga deb berdi. Qolgan pulni ko‘rmadim. Direktor bizni chuv tushirdi.

Yana bir hamkorimiz «Radio-peydj»1 bo‘ldi. Konsertimiz haqida tekinga e’lon berishdi. «Nestle» kompaniyasi esa o‘zini zontlarini o‘rnatib, stakanda kofe tarqatdi. Yana uch-to‘rtta homiyni ko‘ndirish uchun tijorat taklifi bilan butun shaharni aylanib chiqdim. Boshqa hech kim rozi bo‘lmadi.

Ravshan Sobirov, Guli Tolipovaning menejerlariga, boshqa artistlarga ham qo‘ng‘iroq qilib, konsertda chiqib berishlarini so‘radim. «Tomsuvoq»qa ko‘ndirdim.

Tabiiyki, mingta chipta sotolmadik, ikki yuztasi ketdi, xolos. Homiylarning oldida sharmanda bo‘lmaslik uchun bo‘sh joylarni mehmonlar bilan to‘ldirdik. Mehribonlik uyi direktoriga iltimos qilib, tarbiyalanuvchilarini opkeltirdim.

Hamma yig‘ildi. Ammo… birorta artist yo‘q. Qo‘ng‘iroq qilaman, hech qaysisi javob bermaydi. Odamlar qarsak chala boshladi, oradan bir soat o‘tdi, bittasiyam kela qolmaydi.

Bir balo qilib, endigina tanilayotgan Davron Ergashevni topdik, konsertni shu boshlab berdi. Omadim chopib, tadbirni olib borishga professional boshlovchi ham chiqib qoldi. Keyin Otabek Madrahimovga o‘xshab ketadigan bir yigitni ko‘rsatishdi. Chiroqlar o‘chirildi, maxsus effektlar yoqildi, yigitchani sahnaga chiqarib yubordik, fonogramma ostida «kuyladi».

Viktorina o‘tkazildi, «Nestle» kofelari tarqatildi. Xullas, prodyuser degan nomimni oqladim.

Faqat kimdir «Nestle» zontigini o‘marib ketibdi. Oyimga qo‘ng‘iroq qilib, shuniyam yetkazishdi. O‘rniga o‘zlarining soyabonlarini ko‘tarib kelibdilar. Yo‘qolgan zont egalari matohlari qanchayam dollar turishini aytishdi. Onam dollarda oldi-berdi qilib yurgan bo‘lsalar ham mayli ekan.

Men «Nestle» direktoridan qarzimizdan kechishini yalinib so‘radim. O‘shanda nega bizni kechirganini bilmayman. Ko‘ziga judayam ayanchli va rostgo‘y ko‘ringan bo‘lsam kerak-da. Konsertdan tushgan foydani o‘rtog‘im va sherigim Sardor bilan sovurib yubordik. Eng zo‘r ko‘zoynak, krossovkalar sotib olib, o‘zimizni xuddi ommaviy tadbirlar direktorlaridek tuta boshladik. Oyimga bo‘lsa olgan o‘n mingimdan ming so‘mgina qaytardim, orttirganim shu bo‘ldi.

Baribir konsert chiroyli o‘tdi. Shu sakkiz yuz kishilik tadbirni o‘tkaza olganimiz ham bir omad, deb o‘ylayman. Yaratganning qo‘llagani bu. Agar qo‘shiqchilar kelmaganida, bilmadim nima bo‘lardi, sahnaga o‘zim chiqib ketarmidim…

Bizning yoshligimizda biznes qilish bir avantyura, g‘irt tavakkalchilik edi. Hozir bo‘lajak tadbirkorlarga aniq, har tomonlama puxta biznes-reja tuzishni, pul bilan imkoniyatlarni chamalashni, bozor va raqobatchilar ishini tahlil qilishni o‘rgatishadi. U paytda esa biz ishni oldi-orqamizga qaramay boshlab yuborardik. Tayinli bir rejaning o‘zi bo‘lmasdi. Xuddi eshkaksiz qayiqqa o‘tirib olib, oqim qaysi tomonga olib ketsa, manzilimiz shu ekan, deb ketayotgan sayohatchilarga o‘xshardik. Pul topish uchun nima qilish kerakligini keyinroq tushuna boshladim. «Soliq-info» loyihasi ana shunday paydo bo‘ldi.

1 «Radio Peydj Semurg» – peyjing kompaniyasi.

IV

Soliq-info

Karimov davrida hamma muharririni taniydigan, ismini biladigan yagona mustaqil sayt «Uzmetronom» edi. Biz har kuni proksi serverlar orqali kirib, Sergey Yejkovning «Tahririyatga xatlar» deb taqdim etadigan insayder yangiliklarini o‘qirdik. Ammo men o‘shandayoq bu maqolalarning so‘z erkinligiga umuman aloqasi yo‘qligi, shunchaki o‘ch olish quroli ekanligini tushunganman.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Адмирал Советского Союза
Адмирал Советского Союза

Николай Герасимович Кузнецов – адмирал Флота Советского Союза, один из тех, кому мы обязаны победой в Великой Отечественной войне. В 1939 г., по личному указанию Сталина, 34-летний Кузнецов был назначен народным комиссаром ВМФ СССР. Во время войны он входил в Ставку Верховного Главнокомандования, оперативно и энергично руководил флотом. За свои выдающиеся заслуги Н.Г. Кузнецов получил высшее воинское звание на флоте и стал Героем Советского Союза.В своей книге Н.Г. Кузнецов рассказывает о своем боевом пути начиная от Гражданской войны в Испании до окончательного разгрома гитлеровской Германии и поражения милитаристской Японии. Оборона Ханко, Либавы, Таллина, Одессы, Севастополя, Москвы, Ленинграда, Сталинграда, крупнейшие операции флотов на Севере, Балтике и Черном море – все это есть в книге легендарного советского адмирала. Кроме того, он вспоминает о своих встречах с высшими государственными, партийными и военными руководителями СССР, рассказывает о методах и стиле работы И.В. Сталина, Г.К. Жукова и многих других известных деятелей своего времени.Воспоминания впервые выходят в полном виде, ранее они никогда не издавались под одной обложкой.

Николай Герасимович Кузнецов

Биографии и Мемуары
100 великих гениев
100 великих гениев

Существует много определений гениальности. Например, Ньютон полагал, что гениальность – это терпение мысли, сосредоточенной в известном направлении. Гёте считал, что отличительная черта гениальности – умение духа распознать, что ему на пользу. Кант говорил, что гениальность – это талант изобретения того, чему нельзя научиться. То есть гению дано открыть нечто неведомое. Автор книги Р.К. Баландин попытался дать свое определение гениальности и составить свой рассказ о наиболее прославленных гениях человечества.Принцип классификации в книге простой – персоналии располагаются по роду занятий (особо выделены универсальные гении). Автор рассматривает достижения великих созидателей, прежде всего, в сфере религии, философии, искусства, литературы и науки, то есть в тех областях духа, где наиболее полно проявились их творческие способности. Раздел «Неведомый гений» призван показать, как много замечательных творцов остаются безымянными и как мало нам известно о них.

Рудольф Константинович Баландин

Биографии и Мемуары
100 великих интриг
100 великих интриг

Нередко политические интриги становятся главными двигателями истории. Заговоры, покушения, провокации, аресты, казни, бунты и военные перевороты – все эти события могут составлять только часть одной, хитро спланированной, интриги, начинавшейся с короткой записки, вовремя произнесенной фразы или многозначительного молчания во время важной беседы царствующих особ и закончившейся грандиозным сломом целой эпохи.Суд над Сократом, заговор Катилины, Цезарь и Клеопатра, интриги Мессалины, мрачная слава Старца Горы, заговор Пацци, Варфоломеевская ночь, убийство Валленштейна, таинственная смерть Людвига Баварского, загадки Нюрнбергского процесса… Об этом и многом другом рассказывает очередная книга серии.

Виктор Николаевич Еремин

Биографии и Мемуары / История / Энциклопедии / Образование и наука / Словари и Энциклопедии