Читаем KETS Yulduzi полностью

— Uzingizning farosatingiz bo‘lishi kerak! — deb javob berdi Kramer jahl bilan. — Siz bilan keyinroq gaplashaman!

Men oyog‘im bilan devorni qattiq turtib, laboratoriyaning narigi burchiga uchib ketdim.

— Qayoqqa, Artemyev! — Zorinaning ovozi eshitildi orqam dan.

Yarim yo‘lda o‘girilib qarab, ikkilanib turgan Jipsini ko‘rdim, u mening orqamdan uchishni ham, qiz bilan qolishni ham bilmasdi. U Zorinani meni sevganday sevardi.

— Yur, Jipsi! — deb qichqirdim men.

Ammo Jipsi birinchi marta buyrug‘imni bajarmadi. U Zorina bilan qolib, uni qo‘riqlashini aytdi. Bu javobni Kramer albatta tushunmadi. Jipsining «so‘zlari» uning uchun irillash va akillashdan boshqa narsa emas edi. Qaytanga yaxshi!

Men pashsha kamerasi oldida to‘xtab, laboratoriyaning u burchida bo‘layotgan voqeaga quloq sola boshladim. Kramerning vajohati va xatarni sezgan itning xatti-harakati meni sergak qilib qo‘ygan edi.

Lekin hammayoq jimjit edi. Jipsi akillamasdi. Kramerning hem tovushi eshitilmasdi. Ehtimol, shivirlab gapirayotgandir. Laboratoriyamiz atmosferasi yerdagiday zich emas, shuning uchun tovush pasayadi. Ikki minutlar chamasi kutish bilan o‘tdi. Shu payt birdan Jipsining qattiq akillab, chaqirgani eshitildi. Keyin u jim bo‘lib qoldi, saldan so‘ng bo‘g‘iq irillay boshladi.

Men shiddat bilan izimga qaytdim.

Ko‘z oldimda dahshatli manzara namoyon bo‘ldi.

Kramer Zorinani bo‘g‘ardi. Vera uning qo‘lidan xalos bo‘lishga urinar, lekin buning uddasidan chiqolmasdi. Jipsi Kramerning yelkasidan tishlab olgan edi. U itdan qutulish uchun butun gavdasi bilan silkinardi. Shunday qilib, har uchovlari laboratoriyaning o‘rtasida dumaloq bo‘lib aylanishardi.

Men uchib kelib o‘zimni eshilib ketgan to‘da o‘rtasiga urdim va Kramerning tomog‘idan mahkam ushlab oldim. Boshqa ilojim qolmagan edi.

— Jipsi! Yordamga chaqir! Qo‘ng‘iroq! Telefon! — deb qichqirdim men.

Kramer xirillar, lekin Zoriiani qo‘yib yubormasdi. Uning barmoqlari go‘yo toshday qotib qolgan edi. Yuzi burishib ketgan, ko‘zlari ola-kula.

Jipsi ko‘ng‘iroq tomon uchib borib, «trevoga» tugmachasini bosdi. Keyin yonimga qaytib kulib, Kramerning burnidan tishladi. Kramer dodlab qo‘lini qo‘yib yubordi. Jipsi shu zahotiyoq o‘zini chetga oldi.

Lekin hali g‘alaba iash’asini surishga erta edi. To‘g‘ri, men Verani Kramerdan uzoqroqqa itarib yuborishga muvaffaq bo‘ldim. Lekin Kramer shu okning o‘zida Jipsining yuziga musht soldi-yu, keyin menga tashlandi. Odatdan tashqari kurash boshlanib ketdi. Men Kramerdan chetlanish uchun jon-jahdim bilan qanotlarimni silkitardim. Lekin vaznsiz bo‘shliqda harakat qilishga mendan ko‘ra ustaroq bo‘lgan raqibim o‘z holatini tez o‘zgartirar va kutilmaganda bosh tomonimda paydo bo‘lib qolar edi. Shunda Jipsi o‘rtamizga tashlanib, Kramerning yuziga chang solishga urinardi.

Kramer meni tinimsia mushtlar va tepardi. Xayriyatki, raqibimning zarbasi sira ta’sir etmasdi. Faqat gavdasi devordan qaytib kelib urilgandagina turtki sezardim.

Nihoyat u meni orqadan ushlab olishga muvaffaq bo‘ldi, barmoqlari tomog‘im sari o‘rmalay boshladi. Shu on Jipsi uning o‘ng qo‘liga osilib oldi. Kramer itni uloqtirib yuborish uchun chap qo‘lini ham bo‘shatishga majbur bo‘ldi, lekin shu payt jangga Vera ham tashlandi. U Kramerning oyog‘idan ushlab oldi.

— Qo‘ying, Kramer! Uch kishiga kuchingiz yetmaydi! — deya uni murosaga chaqirdim.

Lekin u quturib ketgan edi.

Laboratoriyada odamlarning tovushi eshitildi. Ko‘p o‘tmay besh yigit bizni bir-birimizdan ajratishdi. Kramer hamon talpinar, tipirchilar va ovozining boricha qichqirardi. To‘rt yigit uni ushlab turishdi, bittasi kichkina omborxonamizdan arqon olib keldi. Kramerni bog‘lashdi.

— Meni havosiz bo‘shliqqa tashlab yuboringlar! — deb xirillardi u.

— Qanday sharmandalik! — dedi haligilardan bittasi. — Ketsda hech qachon bunday hodisa bo‘lmagan edi.

— Direktorimiz, o‘rtoq Parxomenko, sud qilish vakolatiga ham ega. Menimcha, bu bezorilik birinchisi va so‘nggisi bo‘ladi, — dedi yana biri.

— Buni sud qilishga shoshilmanglar, o‘rtoqlar, — dedim men. — Nazarimda, Kramerni sud qilish emas, balki davolash kerak. U kasal.

Kramer tishini bir g‘ichirlatdi-yu, indamadi.

Yana to‘polon qilib qolishidan qo‘rqib, uni shundayligicha, oyoq-qo‘li bog‘liq holda «g‘ovvos» kostyumiga tiqishdi va bir qop yukday Ketsga olib ketishdi. Zorina ikkovimiz ham o‘sha yoqqa jo‘nadik. Laboratoriyada faqat bitta navbatchi bilan Jipsi qoldi.

Qetsga kelganimizdan keyin Kramerni darhol Mellerga ko‘rsatishlarini talab qildim. Men unga Kramer bilan tanishgan kunimizdan boshlab to so‘nggi xatti-harakatlarigacha gapirib berdim. Shuningdek, Faleyev ham jismoniy va ruhiy kasal, nazarimd, ularning kasalini keltirib chiqargan sabab bitta bo‘lsa kerak, degan fikrni ham aytdim.

Meller gaplarimni diqqat bilan eshitib, pirovardida dedi:

— Ha, shunday bo‘lishi mumkin. Yulduzdagi sharoit juda ham boshqacha. Bunaqa hol ilgari ham yuz bergan edi. Dastlabki xodimlarimizdan biri o‘zini «nrigi dunyoda» deb his qilgan edi. Ongimizda hali qanday sarqitlar borligini tasavvur qilyapsizmi?

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика