Читаем KETS Yulduzi полностью

Astronom raketadan tushdi-da, termometrni chiqarib, tuproqqa suqdi. Tyurinning orqasidan geolog tushdi. Bir oz vaqt o‘tgach, Tyurin termometrni sug‘urib olib ko‘zdan kechirgach, uni Sokolovskiyga uzatdi. Ular skafandrlarini yaqinlashtirib, aftidan, fikr almashdilar. Keyin tezlik bilan raketa maydonchasiga ko‘tarilishdi. Bu yerda yana gaplashib olishdi. Men savol nazari bilan Sokolovskiyga qaradim.

— Tuproqning harorati ikki yuz ellik darajaga yaqin sovuq, — dedi menga Sokolovskiy. — Shuning uchun ham Tyurinning kayfiyati yaxshi emas. Uning aytishicha, bu yerda radioaktiv moddalar oz ekan. Radioaktiv moddalarning parchalanishi natijasida tuproq isigan bo‘lardi. Yerda ham okeanlar tuproq eng sovuq bo‘lgan joylarda paydo bo‘larkan. Tropik dengizlar tubidagi harorat hatto shimoliy kengliklardagi dengizlar haroratidan ham sovuqroq emish. U, biz hali radioaktiv parchalanish tufayli nsigan zonalarni topamiz, deb ishontiryapti. Lekin, o‘zaro gap, Yerning umumiy issiqlik rejimida radioaktiv parchalanish tarqatgan harorat juda oz miqdorni tashkil qiladi. Menimcha, Oyda ham shunday bo‘lsa kerak.

Sokolovskiy Oy sirtining umumiy ko‘rinishini yaxshiroq olish uchun yuqoriroq ko‘tarilishni taklif qildi.

— Ko‘z oldimizda butun manzara namoyon bo‘ladi. Uni suratga olish mumkin, — dedi u Tyuringa.

Astronom rozi bo‘ldi. Biz o‘rindiq suyanchiqlariga mahkam yopish ib oldik, Sokolovskiy portlashni kuchaytirdi. Raketa yuqoriga ko‘tarila boshladi. Tyurin tinimsiz fotoapparatini chiqillatardi. Bir joyda, kichkina tepalik ustida, to‘g‘ri burchak shaklida uyulgan tosh yoki qoyalarga ko‘zim tushdi.

«Oy atmosferadan mahrum o‘lik planetaga aylanishidan oldin bu joyda yashagan aholining qurilishlari emasmikan?» — degan o‘y o‘tdi ko‘nglimdan va shu zahotiyoq bu bema’ni fikrdan voz kechdim. Lekin bari bir to‘g‘ri geometrik shakl muammo bo‘lib miyamda o‘rnashib qoldi.

Tyurin o‘z kreslosida tipirchilardi. Aftidan, termometr nati kasi professorni qattiq ranjitgan edi. Biz navbatdagi «dengiz» ustidan uchib o‘tayotganimizda Tyurin Sokolovskiydan dengizning soya qismiga qo‘nishni talab qildi va darhol haroratni o‘lchadi. Bu gal termometr bir yuz sakson daraja sovuqni ko‘rsatdi. Agar tuproqning Quyosh taftidan ancha shgab qolganini hisobga oimasa, farq katta. Shunga qaramay, Tyurin Sokolovskiyga g‘oli bona bir qiyofada ko‘z tashlab, qat’iy suratda e’loi qildi:

— «Jazirama dengiz» — buni shunday deb ataymiz.

Yuz sakson daraja sovuqda jazirama! Darvoqe, buning «Yemg‘ir dengizi» yoki «Farog‘at dengizi» dan nima farqi bor? Astronomlar o‘zi shunaqa g‘alati xalq!

Tyurin yana ikki-uch joyda tuproq xaroratini o‘lchash uchun birikki yuz kilometr g‘ildiraklarda yurishni taklif qildi.

Biz endi boshqa dengiz tubidan borardik. Men unga jon deb «Silkinish dengizi» degan nom berardim. Dengiz tubi do‘ngliklar bilan qoplangan, ba’zilarining usti yog‘ surtganday yiltiraydi. Neft qatlamlari emasmikin? Qattiq silkinishga qaramay, biz yurishda davom etdik. Tyurin tez-tez haroratni o‘lchardi. Bir joyda termometr ikki yuz daraja sovuqni ko‘rsatgan edi, astronom termometrni tantanali ravishda Sokolovskiyning ko‘ziga yaqinlashtirdi. Nima gap? Gap shundaki, garchi biz oy kuni tomon yurayotgan bo‘lishimizga qaramay, harorat yana pasaygan ekan, demak, masala faqat tuproqning Quyosh taftidan isishida emas. Har holda, professor bu gal haq.

Tyurin shod edi. Biz havzadan chiqib, jarlikni aylanib o‘tgach, sirkning tosh uyumlari ustidan sakradik-da, tekis joyda bir oz yurib, tog‘ tepasiga ko‘tarildik.

Undan oshib o‘tganimizdan so‘ng qarshimizda balandligi o‘n besh kilometr keladigan tog‘ devori paydo bo‘ldi. Garchi Quyosh ufqdan ancha ko‘tarilgan bo‘lsa ham, bu devor uni bizdan to‘sib turardi. Favqulodda baland bu to‘siqqa urilib ketishimizga sal qoldi. Sokolovskiy raketani keskin burib yuqorilatdi.

— Mana buni topilma desa bo‘ladi! — deb xitob qildi Tyurin. — Bu tog‘ zanjirini Alp ham, Kordilyer ham deb bo‘lmaydi. Bu… Bu…

— Tyurinyer! — dedi Sokolovskiy. — Ha, Tyurinyer tog‘lari. Ohangdor va sizga to‘la munosib nom. Bundan baland tog‘ni topishimiz qiyin.

— Tyurinyer, — deb takrorlady dovdirab qolgan Tyurin. — Hm… Hm… bir oz noqulayroq. Lekin juda jarangli eshitiladi: Tyurinyer. Mayli, siz aytgancha bo‘lsin, — deya rozilik berdi u. Skafandr oynasidan uning yashnab ketgan yuzini ko‘rdim.

Katta yarim doira yasab, yuqoriga ko‘tarilishimizga to‘g‘ri keldi. Bu tog‘ «osmon-falakka» chiqib ketgan edi… Nihoyat yana Quyoshni ko‘rdim. Ko‘zni qamashtiruvchi ko‘m-ko‘k Quyosh! Men beixtiyor ko‘zlarimni yumdim. Ko‘zimni ochganimda menga, go‘yo biz Oyni tark etib, samo bo‘shligida uchib borayotganday tuyuldi… Men orqamga qarab, Tyurinyerning tik devorini ko‘rdim, uning poydevori zim-ziyo bo‘shliqqa kirib ketgan edi. Oldinda hech narsa yo‘q. Ostimiz — bo‘m-bo‘sh. Zim-ziyo bo‘shliq. Aks nur asta-sekin so‘nib boryapti, undan nari — yana qorong‘ilik.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика