Bir necha sakrashdayoq raketa oldiga borib qoldim va to‘xtayay maydonchaga otildim, Sokolovskiy shu zahotiyoq richagni tortdi. Biz orqaga qalqib ketdik, bir necha minutgacha oyog‘imiz osmonda bo‘lib uchdik. Sokolovskiy raketani shu qadar tik haydardi. Raketadan ketma-ket portlash eshitilardi.
Sokolovskiy raketani yuqoriga va o‘ngga, iloji boricha jar yonbag‘ridan nariroqqa burardi. Uning bunday noqulay holatda turib raketani boshqarishidan hayratlanaman! Chindan ham ko‘pni ko‘rgan, har qanday sharoitda ham o‘zini yo‘qotmaydigan odam ekan. Ko‘rinishidan esa juda oddyy, shaldur-shuldur.
Raketamiz Quyosh yoritib turgan kenglikka kirgach va dara sohilidan ancha uzoqlashgandan keyingina Sokolovskiy uchishni sekinlatib, raketani to‘g‘riladi.
Tyurin o‘rindiqqa o‘rmalab chiqib oldi-da, skafandrini ishqaladi. Aftidan, professor bo‘ynini andak lat yedirganga o‘xshaydi.
Odatda katta falokatdan omon qolgan odamlarda bo‘lganiday, bizni birdan asabiy bir shodlik chulg‘ab oldi. Biz skafandr oynasidan bir-birimizga tikilar va tinmay kulardik…
Tyurin jarlikning yorug‘ tomoniga ishora qildi. Hozirgi voqea biz uchun maydon tayyorlab qo‘ygan edi. Yana qanaqa maydon deng?! Qarshimizda o‘nlab raketaga mos ulkan raketodrom joylasha oladigan pog‘ona hosil bo‘lgan edi. Sokolovskiy raketani o‘sha tomonga burdy, ko‘p o‘tmay kaftday tekis maydonga qo‘ndik. Raketa qariyb devorgacha g‘izillab borib to‘xtadi. Tosh yoki temir bu devorda uzunasiga ketgan yoriqlar bor edi. Har bir yoriqqa (nma-yon qo‘yganda bir necha poyezd sig‘ishi mumkin.
Biz «raketodrom» maydonchasiga tushdik. Hali ham o‘zimizga kelolmagan edik. Asablarimizni joyiga keltirish uchun harakat qilish, ishlash ishtiyoqini sezardik.
Men Tyurin bilan Sokolovskiyga «geyzer» topganim haqida, bizni halok qilishiga sal qolgan o‘pirilishga men sababchi bo‘lganim to‘g‘risida gapirib berdim. Ammo buloqqa qiziqib qolgan Tyurin mening aybim haqida og‘iz ham ochmadi.
— Bu axir juda katta kashfiyot! — deb xitob qildi u. — Oy judayam o‘lik planeta emas, deb hammavaqt aytardim. Ozgina bo‘lsa ham gaz qoldig‘i qanday sostavda bo‘lmasin — atmosfera unda saqlangan bo‘lishi kerak. Siz ko‘rgan narsa — oltingugurt bug‘i bo‘lishi mumkin. Oy qobig‘ining qayeridadir hali qaynoq magma saqlanib qolgan. Buyuk yong‘inning so‘nggi yonib tugayotgan ko‘mirlari. Bu jarlik qa’ridan bug‘lar o‘ziga yo‘l topgan. Sinab ko‘rish uchun ozgina olmaganimizni qarang. Qanday bo‘lmasin shu ishni qilish kerak. Axir bu narsa olimlar o‘rtasida katta shov-shuv tug‘diradi hali. Artemyev bulog‘i! Xo‘p deng! Siz bunga to‘la haqlisiz. Hoziroq uchamiz.
U raketaga sakramoqchi bo‘lgan edi, Sokolovskiy norozilik bilan bosh chayqadi:
— Bugunga yetadi, — dedi u. — Dam olish kerak.
— «Bugunga» deganingiz nimasi? — e’tiroz bildirdi Tyurin. — Oyning bir kuni Yerdagi o‘ttiz kunga baravar. O‘ttiz kun bir joyda qimirlamay o‘tiraverasizmi?
— Yo‘q, o‘tirmayman, — javob berdi Sokolovskiy murosaga kelib. — Ammo manavi jahannamdan chiqishda rulda siz o‘tirganingizda edi, mening ahvolimni tushungan va bunday taklif kiritmagan bo‘lardingiz.
Tyurin Sokolovskiyning horg‘in chehrasiga qarab, indamay qoldi.
Biz skafandrlardagi kislorod zapasini yangilab, bir-birimizdan ko‘pam uzoqlashmagan holda tevarak-atrofni ko‘zdan kechirishga qaror kildik.
Men yal-yal tovlanib turgan eng yaqin daraga qarab yo‘l oldym. U yerdagi qoyalar pushtirang va qizg‘ish tusda edi. Ana shu fonda to‘q ko‘k dog‘lar, aftidan boshqa jins qatlamlari bo‘lsa kerak, yaqqol ajralib turardi. Ranglar o‘zaro juda chiroyli birikib ketgan edi. Men tobora daraning ichkarisiga kirib borardim. Daraning bir devorini Quyosh ravshan yoritib turibdi, ikkinchi devorga esa nur qiya urilib, pastda ensizgina soya hosil qilgandi.
Kayfiyatim yaxshi edi. Kislorodning mast qiluvchi oqimi o‘pkamga quyilib turardi. O‘zimni g‘oyat yengil his qilardnm. Ba’zan bularning hammasini tushda ko‘rayotganday bo‘lardim. Maroqli, ajoyib tush!
Yen tomondagn daralardan birida mangu qotib qolgan ranglar «shalolasi» yarqirardi. Ular mening diqqatimni tortdi, darhol o‘ngga burildim. Keyin yana va yana burilishga to‘gri keldi. Nihoyat, daralarning butun bir yig‘indisi oldidan chiqib qoldim. Bu yerda adashib ketish hech gap emas edi, lekin men yo‘lni eslab qolishga harakat qilardim. Hamma yerda o‘sha dog‘lar. Yerug‘ joyda to‘q ko‘k tusda, soyaga o‘tilsa to‘q sariq, yarim ko‘lankada esa — och kulrang. Ajabo, ranglarning turlangani qiziq: axir oyda rangni o‘zgartiruvchi atmosfera yo‘q-ku. Men ana shunday dog‘larning biriga yaqinlashib, razm soldim. Yo‘q, bu tosh jinsi emas. U qabariq va mening nazarimda, namatday yumshoq edi. Bir toshga o‘tirib, dog‘ni ko‘zdan kechirishga tutindim.
Shu iayt, kutilmaganda, u soya joydan yorug‘ tomonga sal siljiganday tuyuldi. Ko‘zim aldayapti. Men unga juda uzoq tikilib qoldim. Fikran bir nuqtani belgilab, kuzatishda davom etdim. Bir necha minutdan so‘ng shubhaga o‘rin qolmadi: dog‘ o‘rnidan siljigan edi. U soya joydan chiqib, ko‘z oldimda ko‘k tusga kira boshladi.