Читаем KETS Yulduzi полностью

— Yo‘q, yo‘q! Men o‘z fikrimdan qaytmayman, — dedi u, lekin noqulay vaqtni tanlabman. Oy tog‘lariga oy kunining oxirida yoki kechasi chiqish kerak. Hozircha yetarli. Bo‘ronlar okea niga uchamiz, u yerdan to‘ppa-to‘g‘ri sharqqa, Oyning hali birorta inson ko‘zi tushmagan tomoniga jo‘naymiz.

— Bu g‘alati nomlarni kim o‘ylab topgan, — so‘radim men yo‘lga tushganimizdan keyiy. — Kopernik, Platon, Artistotel — bu bir navi. Lekin Oyda Bo‘ronlar okeani nima qilsin? Bu yerda bo‘ronning o‘zi yo‘q-qu. Farog‘at dengizi nimasi? Yalang‘och toshlarmi? Yeki Krizislar dengizini olaylik… Qanaqa krizis? Umuman, bir tomchi ham suvi yo‘q dengiz qanaqa dengiz bo‘ldi?

— To‘g‘ri, nomlar unchalik mos kelmaydi, — dedi Tyurin. — Oy sirtidagi jarliklar, so‘zsiz, bir mahallar mavjud bo‘lgan okean va dengizlarning izlari. Lekin ularning nomlari… Axir ularni nimadir deb atash kerak bo‘lgan-da! Kichkina planetalarni kashf qilishganda dastlab ularni an’ana bo‘yicha qadimgi yunon xudolarining nomlari bilan atashgan. Ko‘p o‘tmay hamma nomlar tugagan, lekin yangi planetalar uzluksiz kashf qilinavergan. Shundan so‘ng mashhur kishilarning nomlariga o‘tishgan: Flammarion, Gauss, Pikering va hatto amerikalik Eduard Tuk kabi taniqli filantroplarning nomlari ham bor. Shu tariqa kapitalist Tuk osmonda o‘z mulkiga ega bo‘lib olgan. Menimcha, mayda planetalarga raqam sistemasini qo‘llagan ma’qul… Oydagi Karpat, Alp, Apennin tog‘lariga kelsak, — bu, fantaziya doirasining torligidan. Mana, masalan, men Oyning narigi tomonida kashf qiladigan tog‘lar, vulqonlar, dengiz va sirklarimizga butunlay yangi nomlar o‘ylab qo‘ydim…

— Albatta, Tyurin kraterini ham esdan chiqazmassiz? — deb so‘radi Sokolovskiy kulib.

— Hammamizga ham yetadi, — javob berdi Tyurin. — Agar sizlar xohlasangiz, Tyurin krateri ham, Sokolovskiy dengizi ham, Artemyev sirki ham bo‘ladi.

Oradan yarim soat o‘tmay Sokolovskiy bizni Bo‘ronlar okeaniga yetkazdi. Raketa okean «tubiga» qo‘ndi. Uning tubi juda notekis edi. U yer-bu yerda baland tog‘lar bo‘y cho‘zib turibdi. Ularning cho‘qqilari bir mahallar orol bo‘lgan bo‘lsa ham ajab emas. Ba’zan biz chuqurlikdagi vodiylarga tushib ketar va butunlay soyada qolardik. Lekin qorong‘i emas edi: tepadagi yop-yorug‘ tong cho‘qqilaridan aks nur tushib turardi.

Men atrofni diqqat bilan kuzatardim. Toshlar uzun-uzun quyuq ko‘lanka tashlagan. Kutilmaganda bir joyda xuddi titilib ketgan savatnikiga o‘xshagan panjarador bir soyani ko‘rib qoldim. Uni darrov Sokolovskiyga ko‘rsatdim. U raketani to‘xtatishi bilan haligi soyaga qarab yugurdim. U xuddi toshga o‘xshaydi, lekin shakli juda qiziq: qovurg‘ali umurtqa suyagini eslatadi. Nahotki halok bo‘lgan hayvon qoldig‘ini topgan bo‘lsak? Demyk, Oyda hatto umurtqali hayvonlar ham yashagan ekanda. Demak, Oyda atmosfera u qadar tez yo‘q bo‘lgan emas ekan-da. «Umurtqa» va «qovurg‘alar» o‘z hajmiga nisbatan nozikroq edi. Lekin Oyda og‘irlik Yerdagiga qaraganda olti marta kam, binobarin, hayvonlarning skeletlari nozikroq bo‘lishi mumkin. Buning ustiga, bular dengiz hayvonlariga o‘xshaydi.

Geolog skelet yonida yotgan bir qovurg‘ani olib sindirdi. Sirti qora, ichi g‘alvirak, kulrang tusda. Sokolovskiy bosh chayqab, dedi:

— Menimcha, bular suyak emas, marjon.

— Lekin shakli, ko‘rinishi-chi, — e’tiroz bildirdim men.

Ilmiy bahs qizib ketishi mumkin edi, lekin gapga Tyurin aralashib qoldi. U o‘z vakolatiga suyanib, darhol jo‘nashni talab qildi. Tyurin Oyning narigi tomonini hali Quyosh to‘la yoritib turgan paytda ko‘rib qolishga oshiqardi. Bo‘ysunishdan boshqa iloj yo‘q edi. Ketsga qaytgandan so‘ng analiz qilish uchun bir necha «suyak» terib oldim. Biz yo‘lga tushdik. Bu topilma meni juda hayajonlantirib yubordi. Agar dengiz tubini tuzukroq titkilansa, juda ko‘p ajoyib kashfiyotlar qilish, Oydagi qisqa muddatli hayot manzarasini tiklash mumkin edi. Qisqa muddatli deganmizda, albatta, astronomik miqyos ko‘zda tutiladi…

Raketamiz sharqqa tomon uchib borardi. Quyoshga qarab, hayron qoldim: u yuqoriga odatdan tashqari tezlik bilan ko‘tarilardi. Shu payt Tyurin ikki biqinini ushlab qoldi.

— Fotoapparatimni yo‘qotganga o‘xshayman… G‘ilofi bor-u, o‘zi yo‘q… Orqaga! Fotoapparatsiz qolish mumkin emas! La’nati skeletni suratga olib bo‘lib, g‘ilofga solayotgan paytimda tushirib qo‘ygan bo‘lsam kerak! Bu yerda narsalar shunaqa yengilki, tushirib qo‘ysang ham payqamaysan…

Geolog norozi qiyofada bosh chayqadi, shunga qaramay raketani orqaga burdi. Shunda men ajoyib hodisaning guvohi bo‘ldim: biz orqaga burilishimiz bilan Quyosh yana sharqqa, ufqqa tomon qayta boshladi. Xuddi alahsirayotganday bo‘ldim nazarimda. Quyosh nuri miyamga ta’sir qildimikan? Osmonda goh u tomonga, goh bu tomonga harakat qiladigan Quyosh ham bo‘ladimi! Men buni hatto hamrohlarimga aytishga ham jur’at qilmay, indamay kuzatib o‘tiraverdim. Biz eski manzilga yaqinlashib tezlikni soatiga o‘n besh kilometrga tushirganimizda — Quyosh to‘xtadi. Hech narsaga tushunolmay qoldim.

Tyurin hadeb osmonga qarayverganimni sezdi shekilli, skafandini menikiga yaqinlashtirib, dedi:

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика