— Quyoshning qilig‘idan taajjublanyapsiz-a. Buning sababi oddiy. Oy — kichkina jism, uning ekvatorial nuqtalari harakati juda sekin. Sekundiga to‘rt metrga ham yetmaydi. Binobarin, ekvator bo‘ylab soatiga o‘n besh kilomertga yaqin tezlik bilan garbga tomon yurilsa, Quyosh bir joyda turaveradi, agar tezlik oshirilsa Quyosh sharqqa «jo‘nab qoladi». Yeki aksincha: biz sharqqa, Quyosh istiqboliga tomon uchganimizda, Oy sirtida tez harakat qilib, Quyoshni ham tez ko‘tarilishga majbur qildik. Xullas, bu yerda Quyosh harakatini ham boshqarishimiz mumkin. Oyda soatiga o‘n besh kilometr masofani piyoda ham bemalol bossa bo‘ladi. Ekvator bo‘ylab g‘arbga tomon ana shunday tezlik bilan borayotgan yo‘lovchi ustida Quyosh qimirlamay turaveradi… Bu juda qulay. Chunonchi, Quyosh botayotgan paytda uning izidan borish g‘oyat katta qulaylik tug‘diradi. Tuproq hali iliq, atrof ki(ixopaz yorug‘ bo‘ladi, oftob kuydirmaydi. Garchi kostyumlarimiz harorat o‘zgarishidai bizni yaxshi asrasa ham, nur va qorong‘ilik orasidagi farq ancha kuchli seziladi.
Biz eski joyga yetib keldik. Tyurin apparatini qidirishga tushdi, men vaqtdan foydalanib, Bo‘ronlar okeanining tubini yana ko‘zdan kechira boshladim. Balki qachonlardir bu okean sirtida chindan ham dahshatli bo‘ronlar bo‘lgandir. To‘lqinlar yer okeanlaridagi to‘lqinlardan besh-olti marta kuchliroq chayqalgandir. Bu dengiz sirtida o‘shanda butun bir suv tog‘lari ko‘chib yurgandir. Chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburlab, suv pishqirgan, toshgandir… Dengizda qachonlardir Yerda yashagan eng katta hayvonlardan ko‘ra bahaybatroq hayvonlar istiqomat qilgandir…
Men jar yoqasiga bordim. Uning eni bir kilometrdan oz emas. Buning ostida nimalar bor ekan? Bir tushib ko‘rsam-chi? Men elektr fonarimni yoqib, jarlikning nishob yeridan pastga tusha boshladim. Tushish oson edi. Avvaliga ehtiyotlik bilan, so‘ng dadil-dadil sakrab tobora pastlayverdim. Tepada yulduzlar jimirlab turibdi. Atrof zim-ziyo. Menga pastga tushgan sari harorat ko‘tarilayotganday tuyuldi. Balki, tez harakat qilgagimdan issiqlab ketgandirman. Afsus, geologdan termometrni olmapman. Tyurinning, Oydagi tuproq olimlar taxmin qilgandan ko‘ra issiqroq, degan farazini tekshirib ko‘rgan bo‘lardim.
Io‘lda silindr shaklidagi g‘alati tosh parchalari uchray boshladi. Nahotki bular qotib qolgan daraxt tanalari bo‘lsa? Ular dengiz tubiga, bunday chuqurlikka qanday qilib tushib qoldi?
Men o‘tkir qirrali bir narsaga yopishdim, kostyumim yirtilishiga sal qoldi, yuragim orqasiga tortib ketdi: axir, halok bo‘lish hech gapmas. Darrov engashib haligi narsani ushlab ko‘rdim: qandaydir tishlar. Chiroqni tutdim. Qoya orasidan uzun qop-qora arra chiqib turibdi — xuddi arrabaliqning o‘zi deysiz. Yo‘q, bu marjon bo‘lishi mumkin emas. Men tevarak-atrofga chiroq tutib chiqdim va hamma yerda arralar, uzun burama qoziq tishlar, kemirchakli taxtalar va qovurg‘alarni ko‘rdim… Halok bo‘lgan hayvolarning butun bir qabristoni… Tosh bo‘lib qotgan bu hujum va himoya qurollari oralab yurish juda xatarli edi. Shunga qaramay, men sehrlanib qolgan edim. Favqulodda kashfiyot! Faqat shuning o‘zi uchungina sayyorlararo sayohatga chiqsa arziydi. Men jar ichiga maxsus ekspeditsiya kelib qo‘nishini, bundan million-million yillar muqaddam halok bo‘lgan hayvonlarning suyaklari terilib, Ketsga, so‘ng Yerga, Fanlar Akademiyasining muzeyiga olib tushilishini va olimlarimiz Oy hayvonlarining qiyofasini tiklashlarini xayolan tasavvur qilardim…
Ha, mana buni marjon desa bo‘ladi! Yerdagidan olti marta emas, o‘n marta katta. «Butoqli shoxlar» ning butun bir o‘rmoni deysiz. Ba’zi marjonlarning hatto rangi ham o‘chmagan. Ayrimlari fil suyagi tusida, boshqalari — pushtirang, ko‘pchilik qismi esa qip-qizil.
— p mmn. guoig.
Ha, demak, Oyda hayot mavjud bo‘lgan. Balki, Tyurin haqdir, iz bu hayot qoldiqlarini topishga muvaffaq bo‘larmiz. Ulikoldiqlarini emas, balki hayvonot va o‘simlik dunyosi so‘nggi iakillarining qoldiqlarini toparmiz…
Kichkina toshcha oldimdan viz etib o‘tib, marjon butasiga kslib tushdi.
Bu hol xayollarimni to‘zg‘itib yubordi. Men boshimni ko‘tarib, jarlik yoqasida miltirayotgan chiroqni ko‘rdim. Hamrohlarim, iftidan, meni chaqirayotgan ko‘rinadi. Qaytish kerak. Men ularga javoban fonarimni o‘chirib-yoqdim-da, shosha-pisha eng nodir va qiziqlarli namunalardan terib sumkamga soldim. Yerda bu xazina oltmish kilogrammdan ko‘p chiqsa kerak. Demak, bu yerda o‘n kilogrammdan ortiq emas. Binobarin, bu yuk meni ko‘p qiyiamadi va men tez yuqoriga ko‘tarildim.
Uzboshimchalik qilganim uchun astronomdan xayfsan eshitishga to‘g‘ri keldi, lekin o‘z topildiqlarim haqida gapirib berganimdan keyin u ancha yumshadi.
— Buyuk kashfiyot qilgansiz. Tabriklayman! — dedi u. — Albatta ekspeditsiya tashkil qilamiz. Lekin hozir kechikish mumkin emas. Qani, darhol jo‘nadik.
Lekin bari bir andak kechikishga to‘g‘ri keldi. Biz okean chetiga borib qolgan edik. Qarshimizda Quyosh nuri tushib turgan «sohil»» qoyalari bo‘y cho‘zib turardi. Ajoyib manzara! Sokolovskiy beixtiyor mashinani sekinlatdi.