Читаем KETS Yulduzi полностью

Raketa jarlik tepasiga ko‘tarilib, yarim doira yasadi-da, pastga qarab sho‘ng‘idi. Ancha tikkaga kelib qolgan Quyosh yonbag‘irning bir qismini ma’lum chuqurlikkacha yoritib turardi. Jarlikning narigi yonbag‘ri hali ko‘rinmasdi. Raketa tog‘dan tushayotgan chanaday tobora qiyalab boradi. Biz oyoqlarimizni tirab gavdamizni orqaga tashlab olgan edik. Tyurin fotoapparatni chiqillatardi.

Avval silliq, qop-qora qoyalar ko‘rindi. Ba’zan ular ko‘kimtir tusga kirardi. Keyin qizg‘ish, sarg‘ish, zangori ranglar ko‘zga tashlana boshladi. Men buni, bu yerda atmosfera uzoq saqlanganidan va metallar, ayniqsa temir, kislorodning kuchli ta’siri ostida Yerdagi kabi oksidlanib qolganidan, deb bildim.

Keyichalik mening bu taxminimni Tyurin bilan Sokolovskiy tasdiqlashdi.

Kutilmaganda, qorong‘ilik qa’riga sho‘ng‘idik. Raketa soya joyga kirgan edi. Bir lahza ko‘zlarimiz hech narsani ko‘rmay qoldi. Raketa o‘ngga burildi. Qorong‘ida qoyaga yaqin uchish xavfli edi. Projektorlar yoqildi. Ikki nur tig‘i zulmat qa’rini tilib borar, lekin hech narsa ko‘rinmasdi. Tushish sekinlashdi. Bir necha minut o‘tdi hamki, biz hamon bo‘shliqda uchib borardik. Agar atrofda yulduzlar yo‘qligini demasa, bemalol sayyoralararo bo‘shliqda uchib ketyapmiz, deb o‘ylash mumkin edi. Lekin, mana nur o‘tkir qoyaga qadaldi. Sokolovskiy uchishni yana ham sekinlatdi. Projektorlar tog‘ jinslarining dag‘al qatlamlarini yoritdi: O‘ng tomonda devor ko‘rindi. Biz chapga burildik. Ammo chap tomonda ham ana shunday devor paydo bo‘ldi. Endi biz tor daradan uchib borardik. Tevarak-atrofimizdan o‘tkir qoyalar bizni qisib turardi. Qo‘nish mumkin emas edi. Bir necha kilometr pastladik, lekin dara hanuz kengaymasdi.

— Shu bilan kifoyalanib, yuqoriga ko‘tarilishga to‘g‘ri keladi, — dedi Sokolovskiy.

Bizning hayotimiz va raketaning xavfsizligi uning zimmasida edi. Ammo Tyurin orqaga qaytishni taqiqlaganday Sokolovskiyning bilagidan ushladi.

Uchish bir soat, ikki soat, uch soatlardan beri davom etyapti — anig‘ini aytish qiyin.

Nihoyat, qiyaroq bir maydoncha ko‘rindi, harholda o‘sha yerga qo‘nsa bo‘lardi. Raketa havoda bir to‘xtab olib, keyin juda sekinlik bilan pastlay boshladi. Mana, g‘ildiraklarning yerga tekkani ham sezildi. Raketa o‘ttiz daraja qiyalik bilan turardi.

— Mana, — dedi Sokolovskiy. — Olib tushishga olib tushdim, lekin qanday qilib qaytib chiqib ketamiz, buni bilmayman.

— Eng muhimi — maqsadga erishdik, — javob berdi Tyurin.

Hozir u boshqa hech narsa haqida o‘ylashni istamasdi, tup roq haroratini o‘lchash bilan band edi. Uning baxtiga, termometr bir yuz ellik daraja sovuqni ko‘rsatdi. Unchalik yuqori harorat emas, lekin harholda faraz o‘zini oqlaganday ko‘rinardi.

Geolog esa allaqachon bolg‘achasini ishga solib yuborgan edi. Bolg‘a ostidan uchqunlar sachrar, lekin biror parcha ko‘chib tushmasdi. Nihoyat, horib-charchagan Sokolovskiy qaddini rostlab, skafandri bilan men tomon engashdi:

— Asl temir. O‘zim ham shuni kutgan edim. Tayyor ko‘chmalardangina foydalanishga to‘g‘ri keladi. — Shunday deb, u namunalar qidirishga tushib ketdi.

Men yuqoriga qaradim va behisob yulduzlarni, Somon yo‘lini, rang-barang uchqun shodasi terib qo‘yilganday yarqirab turgan jarlik chetlarini ko‘rdim. Keyin projektor nuri ketgan tomonga qaradim. Birdan yon tomondagi kichkina yoriq oldida nur titrayotganday tuyuldi. Men yoriq oldiga bordim. Rostdan ham shunday: ichkaridan bilinar-bilinmas bug‘ yoki gaz oqimi chiqib turardi.

Yana bir tekshirib ko‘rish maqsadida bir chimdim kulni oldimda, okimga qarab otdim. Kul atrofga to‘zg‘ib ketdi. Bu juda qiziq hol edi. Sheriklarimning diqqatini tortish va bu yoqqa chaqirish niyatida bir chetda ilinib turgan qoya parchasini olib uloqtirdim. Tosh pastga uchib ketdi. O‘n sekund o‘tar-o‘tmas tuproqning yengil titraganini payqadim. Keyin ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi marta — har gal oldingisidan kuchliroq yer titragani sezildi. Men nima gapligini bilolmay hayron edim. Ayrim zarbalar shu qadar kuchli ediki, yerning tebranishi butun badanga yoyilardi. Shu payt kattakon bir tosh oldimdan vizillab o‘tib ketdi. U projektor nurini kesib o‘tayotib, meteoritday bir yarq etdi-yu, zim-ziyo bo‘shliqda g‘oyib bo‘ldi. Koyalar titradi. Men katta xatoga yo‘l qo‘yganimni sezdim. Togda kichkina bir toshning qulashi katta o‘pirilishlarga sabab bo‘ladi. Hozir ham shunday hol yuz bergan edi. Hammayoqdan qoya parchalari, toshlar qulab tusha boshladi. Ular qoyalarga kelib urilar, undan sakrab, bir-birlari bilan to‘qnashishar, atrofga uchqun sachratishardi… Agar Brda bo‘lganimizda momaqaldiroqday vahimali guldirosni eshitgan bo‘lardik, lekin bu yerda havo yo‘q, binobarin, mutlaq sukunat hukmron edi. Tovush, to‘g‘rirog‘i — tuproqning tebranishi oyoqlardangina o‘tardi. Men qayoqqa qochishni, qayoqdan panoh izlashni bilmasdim… Agar raketa maydonchasida turib, menga zo‘r berib qo‘l silkiyotgan Sokolovskiyni ko‘rib qolmaganimda, kim biladi, turgan joyimda o‘lib ketarmidim. Ha, albatta, faqat raketagina bizni saqlab qolishi mumkin!

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика