Читаем KETS Yulduzi полностью

— Qo‘nishga joy! — deb xitob qildi Tyurin. — Menimcha, bu yerda joy yetarli. Klaviusning diametri ikki yuz kilometr keladi. Moskva bilan Leningrad orasidagi masofaning uchdan bir qismi.

Klavius sirki baland ko‘tarma bilan qurshalgan vodiini eslatardi. Tyurinning aytishicha, ko‘tarmaning bo‘yi yetti kilometr. Bu Alp va Kordelyer tog‘laridan ham baland. Soyaning notekisligiga qaraganda, ko‘tarmaning chetlari qing‘ir-qiyshiqqa o‘xshaydi. Uch kraterning ko‘lankasi butun sirk ichini qoplab olgandi.

— Sirkni sayohat qilish uchun hozir eng qulai pait, — dedi Gyurin. — Quyosh tikkaga kelganda Oydagi issiqqa chidash qiyin. Tuproq qizib ketadi. Hozir esa u endigina qiziy boshlayapti.

— Hechqisi yo‘q. Oy kuniga ham chidaymiz. Kostyumlarimiz bizni issiqdan ham, sovuqdan ham yaxshi asraydi, — javob berdi Sokolovskiy. — Tushyapmiz. Mahkamroq ushlang, professor!

Men ham kresloga yopishdim. Ammo raketa g‘ildiraklari deyarli turtkisiz «yer» ga tegdi, bir sakrab, yiirma metrlar chamasi uchib bordi, yana pastga tegib, yana sakradi va, nihoyat, tekis joyga chiqib g‘izillab ketdi.

Tyurin uch krater hosil qilgan uchburchakning markaziga tomon haydashni so‘radi.

Biz darhol kraterlar tomon jo‘nadik. Tuproq borgan sari o‘ydim-chuqur bo‘la borar, biz raketa ichida u yoqdan-bu yoqqa otilib, o‘tirgan joyimizdan qalqib ketib ilgarilab borardik.

— Yaxshisi, bir sakrab kerakli joyga yetib olganimiz ma’dedi geolog. — Bunaqada g‘ildiraklarni ishdan chiqazamiz.

Shu daqiqada qattiq turtki sezildi. Ostimizda bir nima taqirladi-yu, mashina asta yonboshlab qoldi.

— Aytmadimmi! — deb xitob qildi Sokolovskiy kuyinib. — Avariya! Tashqariga chiqib, tuzatish kerak endi.

— Ehtiyot g‘ildiraklarimiz bor. Tuzatamiz, — dedi Tyurin. — Juda bo‘lmasa, piyoda ham ketaveramiz. Kraterlargacha o‘n kilomertcha masofa qoldi, xolos. Kiyinish kerak!

U shoshib trubkasini olib tutatdi.

— Bir oz ovqatlanib olaylik, — dedi Sokolovskiy. — Nonushta vaqti bo‘ldi.

Tyurin behad oshiqayotgan bo‘lishiga qaramay, rozi bo‘ldi. Biz shosha-pisha ovqatlanib, tashqariga chiqdik. Sokolovskiy bosh chayqab qoldi: g‘ildirak tamom ishdan chiqqan edi. Yangisini qo‘yishga to‘g‘ri keldi.

— Sizlar bo‘lguncha, yugurib yetib olaman, — dedi Tyurin.

Rostdan ham u chopib ketdi. Obbo chol-yey! Bilimga berilish shu-da! Sokolovskiy hayratdan qo‘llarini yozgancha qoldi. Tyurin kengligi ikki metr keladigan yoriqlardan yengil sakrab, kattaroqlarini esa aylanib o‘tardi. Kostyumining quyoshga qaragan tomoni yal-yal yonar, soyada qolgan qismi esa — deyarli ko‘rinmasdi Xuddi oy sirtida faqat o‘ng oyog‘i bilan sakrab va o‘ng qo‘lini gilkib, mayib-majruh odam borayotganga o‘xshardi. Uning chap qo‘li va oyog‘i onda-sonda, «oy» nuri tushgan paytdagina yarqirab qolardi. Tyurinning qorasi tez uzoqlashib borardi.

G‘ildirak bilan bir necha minut ovora bo‘ldik. Hammasi taxt o‘lgach, Sokolovskiy menga raketaning ustki ochiq maydonchasiga chiqishni taklif qildi. U yerda ikkinchi boshqarish apparati bor edi. Biz Tyurinning izidan yo‘lga tushdik. Raketaning ustida o‘tirish, ichida o‘tirishdan ko‘ra qiziqroq edi. Chunki chor atrof ko‘rinib turardi. O‘ng tomonimizdagi tog‘lar Quyosh nuri tushib turgan vodiyga to‘rtta soya tashlagan. So‘l tomonimizda esa faqat gog‘ cho‘qqilari yarqirab turibdi, tog‘ etaklari oy qorong‘isida qolgan. Yerdan Oyning bu qismi kulrang tusda ko‘rinadi. Tog‘ tizmalari men kutgandan ko‘ra nishabroq edi. Biz «oy» ning eng chetidan yoki Tyurinning tili bilan aytganda, «terminator» chizig‘idan — nur va soya chegarasi ustidan borardik.

Kutilmaganda Sokolovskiy tirsagi bilan biqinimga asta turtib, oldinga ishora qildi. Qarshimizda katta jarlik turar di. Biz bunday jarlikning bir nechtasidan sakrab, agar kattaroq bo‘lsa ustidan uchib o‘tdik. Aftidan, Sokolovskiy sakrash oldidan meni ehtiyot bo‘ling deb ogohlantirayotgandi. Men unga savol nazari bilan qaradim. Geolog skafandrini menikiga yaqin keltirib, dedi:

— Qarang, professorimiz…

Men oldinga qarab, ko‘lanka qa’ridan otilib chiqqan Tyurinni ko‘rdim. U qo‘llarini silkitib, uzun jarlik bo‘ylab biz tomonga qarab chopib kelardi. Jarlikdan u sakrab o‘tolmagandi.

— Undan o‘zib ketib, sirk markaziga birinchi bo‘lib borishimizdan qo‘rqyapti, — dedi geolog. — To‘xtashga to‘g‘ri keladi.

Raketa to‘xtar-to‘xtamas Tyurin ustki maydonchaga sakradi. Oi uni yoshartirib yuborgan edi. Yo‘q, sal mubolag‘a qildim. Gyurin butun gavdasi bilan ustimga kelib tushdi, ko‘kragi tinimsiz ko‘tarilib tushardi. Chol nihoyatda charchagan edi.

Sokolovskiy jarga yaqin qolganda «pedalni bosdi». Portlash yuz berib, raketa oldinga, so‘ng yuqoriga talpindi. Shu payt Tyurinning oyoqlariga ko‘zim tushib qoldi. U behad holsizlan ganidan dastakni tuzukroq ushlashga ham ulgurmay, raketadan uchib ketgan edi. Uning tanasi yarim doira yasab, pastga qulab borardi. U juda balanddan yiqilgan, lekin juda sekin pastlardi. Mening yuragim yorilayozdi. Professor tamom bo‘ldi!..

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика