Читаем KETS Yulduzi полностью

Oy tekisliklarida, xuddi jang maydonlaridagiday, kattakichik chuqurliklar bor. Ba’zilari uch dyuymli to‘p o‘qlari hosil qilgan chuqurchalarday kichkina, ayrimlari esa vulqon og‘ziday katta. Nahotki bular Oyga tushgan meteorlarning izi bo‘lsa? Shunday bo‘lishi mumkin. Chunki Oyda atmosfera yo‘q, demak, Yerdagiday, Oyni osmon bombalaridan himoya qiluvchi to‘siq ham yo‘q. Shunday ekan, bu yerda yurish ancha xavfli. Bir necha yuz tonna keladigan ana shunday bombameteor boshingga kelib tushsa bormi!

Men o‘z hadigimni Tyuringa aytdim. U menga kulimsirab qaradi.

— Chuqurliklarning bir qismi vulqon natijasida paido bo‘lgan, bir qismi, albatta, meteorlarning zarbidan, — dedi u. — Ulardan birortasi boshingizga kelib tushishidan qo‘rqyapsizmi? Shunday bo‘lishi ham mumkin, lekin ehtimollik nazariyasining aytishicha, bunday xavf Yerdagidan unchalik ko‘p emas.

— Ko‘p emas! — xitob qildim men. — Yerga katta meteorlar ko‘p tushadimi? Ularni kamyob narsaday izlab yurishadi-ku. Bu yerda esa, qarang, hammayoqni o‘yib tashlagan.

— To‘g‘ri, — deb javob berdi Tyurin xotirjamlik bilan. — Lekin siz bir narsani esdan chiqaryapsiz: Oyda allaqachonlardan beri atmosfera yo‘q. Million yillardan beri bu yerda na shamol esadi, na yomg‘ir yog‘adi, binobarin, meteorlarning izlari shundayligicha o‘zgarmay qolavergan. Bu chuqurliklar — bir necha million yillik hayotning solnomasi. Oy sirtiga yuz yildabitta katta meteor tushgan bo‘lsa — shuning o‘zi ham juda ko‘p degan so‘z. Nahot uning tushishi bizga, xuddi shu paytga to‘g‘ri kelsa? Men meteorning, albatta, to‘ppa-to‘g‘ri boshimga emas, yaqin atrofimga tushishiga e’tiroz bildirmasdim.

— Kelinglar, endigi rejalarimiz haqida gaplashib olaylik, — dedi Sokolovskiy.

Tyurin ishni Oyning umumiy sathini ko‘zdan kechirib chiqishdan boshlashni taklif qildi.

— Klavius sirki, Kopernik kraterini necha martalab teleskopdan zavq bilan tomosha qilganman! — dedi u. — Bu yerlarga qadami yetgan birinchi astronom bo‘lishni istayman.

— Ishni tuproqni geologik tadqiq qilishdan boshlashni taklif etaman, — dedi Sokolovskiy. — Buning ustiga, Oyning Yerdan ko‘rinadigan qismiga hali oftob tushgani yo‘q, bu yerda esa «tong» otdi.

— Siz xato qilyapsiz, — e’tiroz bildirdi Tyurin. — Ya’ni, to‘g‘ri gapirmadingiz. Hozir Yerdan Oyning to‘rtdan bir bo‘lagi ko‘rinyapti. Biz bu «oy» ni — Oyning sharqiy qismini — raketamizni soatiga ikki yuz kilometr tezlikda haydagan taqdirimizda qirq besh soat ichida aylanib chiqishimiz mumkin. Faqat Klavius bilan Kopernik oldida to‘xtaymiz. Innaykeyin, ekspeditsiyaning boshlig‘i kim: menmi yo sizmi? — deb so‘zini tugatdi u qizishib.

Oy bo‘ylab sayr qilish meni ham qiziqtirib qoldi.

— Rostdan ham Oydagi ulkan sirk va kraterni nima uchun ko‘rmasligimiz kerak ekan? — dedim men. — Ularning geologik tuzilishi ham e’tiborga loyiq bo‘lishi kerak.

Geolog yelkasini qisib qo‘ydi. Oyning Yerdan ko‘rinadigan sirtida Sokolovskiy bir marta bo‘lgan. Lekin ko‘pchilik bir taklifni quvvatlab turgandan keyin…

— Kraterga chiqmadingizmi? — hadik bilan so‘radi Tyurin.

— Yo‘q, yo‘q, — dedi kulib Sokolovskiy. — U yerga hali inson oyog‘i yetmagan. Siz birinchi bo‘lasiz. Men Farog‘at dengizining «tubida» bo‘lganman. Agar geologik materiallarni nazarda tutadigan bo‘lsak, bu nom o‘zini to‘la oqlaydi. Men u yerdan ajoyib kolleksiya to‘pladim… Qani, vaqt ketmasin. Jo‘nasak jo‘naylik! Lekin juda tez haydashga to‘g‘ri keladi. Mashinamiz soatiga ming kilometr va undan ham ortiq yura oladi. Bo‘pti, sizlarni Klaviusga olib boraman.

— Kopernikka ham, — dedi Tyurin. — Io‘l-yo‘lakay Karpat tog‘larini ham ko‘rib o‘tamiz. Ular Kopernikdan shimolroqda.

— Xo‘p bo‘ladi! — dedi Sokolovskiy va richagni bosdi.

Raketamiz titradi, ma’lum yergacha g‘izillab borib, keyin havoga ko‘tarildi. Men pastda, vodiyda qolgan katta raketamizni ko‘rdim, so‘ng ko‘zim o‘tkir nurdan qamashib ketdi: Quyosh!

U ufqdan endigina ko‘tarilgan edi. Bu tong Quyoshi biz Yerdan ko‘radigan Quyoshga mutlaqo o‘xshamasdi. Atmosfera uni qizartirmagan. Har vaqtdagiday qop-qora osmonda ko‘kimtir tusda porlab turibdi. Nuri ko‘zni oladi. Deraza oynasidan o‘tgan haroratini shu zahotiyoq payqadim.

Raketa endi ancha balandga ko‘tarilgan va biz tog‘ cho‘qqilari ustida uchib borardik. Tyurin tog‘ tizmalarini diqqat bilan ko‘zdan kechirardi. U silkinishlarni ham, o‘z falsafasini ham allaqachon unutib yuborgan edi. Shu tobda u faqat astronom edi.

— Klavius! Bu o‘sha! Ichidagi uchta kichik qraterni ko‘rib turibman.

— To‘ppa-tug‘ri sirk ichiga tushaveramizmi? — suradi Sokolovskiy kulimsirab.

— Ha, tushaveramiz. Faqat kraterga yaqinroq qo‘ning! — xitob qildi Tyurin va birdan xirgoyi qila boshladi.

Bu men uchun shu qadar kutilmagan hol ediki, nazarimda o‘rgimchak ashula aytayotganday bo‘ldi. Men Tyurinning ovozi g‘oyat ingichkaligini aytgan edim, lekin, afsuski, kuylash qobiliyati mutlaqo yo‘q edi. Uning qo‘shig‘ida na vazn, na ohang bor edi. Sokolovskiy menga ayyorona qarab, jilmayib qo‘ydi.

— Ha? Nima gap? — deb so‘radi birdan Tyurin.

— Qo‘nishga joy izlayapman, — javob berdi geolog.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика