Читаем KETS Yulduzi полностью

Men atrofga qaradim. Ustimizda hamon yorqin yulduzlar bilan qoplangan qop-qora osmon. Quyosh ham, Yer ham ko‘rinmaydi. Tun zulmatini raketamizning yon oynasidan tushayotgan nurigina tilib turibdi. Bularning hammasi Yerning nur sochib turuvchi yo‘ldoshi haqidagi odatdagi tasavvurga aslo sig‘masdi. Keyin payqadim: raketamiz Klaviusdan janubroqqa, Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan orqa tomoniga qo‘ngan ekan. Bu yerda esa hozir tun hokim edi.

Tevarak-atrof tap-taqir sahro. Elektrlashtirilgan kostyumda bo‘lganim uchun sovuqni sezmasdim. Lekin bu taqir sahro ko‘rinishi yurakni muzlatardi.

Raketa-avtomobilimizni tushirishga yordamlashish uchun kapitan bilan mexanik raketadan chiqishdi. Geolog imlab meni ham bu umumiy ishda ishtirok etishga chorladi. Men avtoraketaga qaradim. U tuxumsimon vagonga o‘xshardi. Kichik bo‘lishiga qaramay, anchagina og‘ir nazarimda. Buning ustiga, na arqon, na chig‘ir ko‘rinaadi, xullas, uni tushirish uchun hech qanday moslama yo‘q. Mexanik yuqorida gaykalarni bo‘shatyapti. Kapitan, Sokolovskiy, Tyurin va men pastda raketani ilib olishga tayyor turibmiz. Lekin u bizni pachaqlab yuboradi-ku… Darvoqe, biz Oydamiz-ku. Bunga darrov ko‘nikish qiyin. Mana, «tuxum» ning quyruq tomoni bo‘shatildi. Raketa quyrug‘i bilan tusha boshladi. Sokolovskiy Dyuz tuynugining chetidan ushlab oldi. Kapitan o‘rtada turibdi, men — old qismida. Hozir raketa sirg‘alib tushadi… Qo‘limni ko‘tarib tayyor bo‘lib turibman-u, agar raketa og‘irlik qilsa o‘zimni qayoqqa otishni o‘ylayman. Lekin shubhalarim behuda bo‘lib chiqdi. Olti qo‘l raketani yengilgina ko‘tarib, g‘ildirak ustiga qo‘ydi.

Kapitan bilan mexanik qo‘l silkib xayrlashib, katta raketaga chiqib ketishdi. Tyurin Sokolovskiy bilan meni avtomobilga o‘tirishga taklif qildi.

Uning ichi tor edi. Lekin kostyumlarimizni yechib qo‘yib, bemalol gaplashib o‘tirishimiz mumkin edi.

Kichik raketa tuzilishidan xabardor bo‘lgan Sokolovskiy upi boshqarishga o‘tdi. U chiroqni yoqdi, raketani kislorod bilan to‘ldirdi, elektr pechkani ishga tushirdi.

Raketaning ichi to‘rt o‘rinli usti yopiq avtomobilni eslatardi. u to‘rt o‘rindiq raketaning faqat old qismini egallagan edi. Kabinaning uchdan ikki qismi yonilg‘i, oziq-ovqat va mexanizmlar bilan band edi. Raketaning bu tomoniga odam zo‘rg‘a sig‘adigan torgina eshik orqali o‘tilardi.

Biz yechingach, garchi elektr pechka ishlab turgan bo‘lsa ham, yeovqota boshladik. Men junjikib ketdim. Tyurin yelkasiga mo‘ypadan tikilgan kamzulchasini tashlab oldi.

— Raketamiz juda sovub ketibdi. Bir oz sabr qilinglar, hozir qiziydi, — dedi Sokolovskiy.

— Tong yallig‘i, — dedi Tyurin ekipajimizning kichkina deramasidan tashqariga qarab.

— Tong yallig‘i? — so‘radim men ajablanib. — Oyda qanaqa illig‘ bo‘lishi mumkin: axir, bu yerda atmosfera yo‘q-ku?

— Bo‘lishi mumkin ekan, — javob berdi Tyurin. U hech qachon Oyda bo‘lgan emas, lekin astronom sifatida Oydagi sharoitni Krdagidan kam bilmasdi.

Men derazadan qarab, olisda qizigan metall parchalariday porlab turgan nuqtalarni ko‘rdim.

Bular ko‘tarilayotgan quyosh nuridan yorigan tog‘ cho‘qqilari edi. Ularning yorug‘ shu’lasi boshqa cho‘qqilarda mavj qilardi. Bu shu’la bir cho‘qqidan ikkinchisiga o‘tib, bora-bora kuchsizlanar va shu tariqa o‘ziga xos tong manzarasini kashf etardi. Shu’la yorug‘ida yarim qorong‘iliqda yotgan tog‘ tizmalari, dengiz cho‘kmamari, konussimon cho‘qqilarni ajrata boshladim. Yulduz bilan qoplangan osmon fonidagi ko‘rinmas tog‘larning kungurador hirrali jarliklari ko‘zga tashlanib turardi.

— Hademay quyosh chiqadi, — dedim men.

— Hali-veri chiqmaydi, — deb e’tiroz bildirdi Tyurin, — Yer ekvatorida u ikki minut orasida chiqadi, bu yerda esa quyosh gardishi ufqdan ko‘tarilguncha bir soat vaqt o‘tadi. Oydagi kecha-kunduz Yerdagidan o‘ttiz marta uzun-da.

Men derazadan ko‘z uzolmasdim. Manzara hayron qolarlik darajada ajoyib edi! Tog‘ cho‘qqilari, go‘yo birov mash’ala yoqqanday, birin-ketin yarqirab borardi. Oyda bunday cho‘qqilar ozmuncha deysizmi! Hali jamol ko‘rsatib ulgurmagan quyoshning nurlari barcha cho‘qqilarni yuqoridan bir xil masofada «kesib» o‘tgan edi. Binobarin «havoda» birdaniga jimjimador tog‘lar paydo bo‘lib qolganday tuyulardi kishiga. Bunday lovillab turgan tog‘lar tobora ko‘payib borardi, mana, nihoyat, ularning tekislikdagi aksi aniq ko‘zga tashlandi, endi ular havoda osilib turg‘anga o‘xshamasdi.

Tog‘larning quyi tomoni kulrang tusda, yuqori qismi oppoq. Aks nur asta-sekin tog‘ etaklarini ham yoritib borardi. «Oy tongi» borgan sari ravshanlashardi.

Bu manzaradan ko‘zim qamashib ketgan bo‘lsa ham derazadan yuz burolmasdim. Men oy tog‘larining o‘ziga xos tomonlarini yaxshiroq ilg‘ab qolishni istardim. Lekin ular Yerdagidan farq qilmasdi. Ba’zi joylarda ulkan qoyalar tubsiz jarliklar uzra bazo‘r ilinib turibdi, lekin ular qulab tushmasdi. Bu yerda ular ancha yengil, tortish kuchi esa bo‘sh.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика