Читаем KETS Yulduzi полностью

— Bu, aftidan, aylanib turgan kichik planeta bo‘lsa kerak, bundan tashqari, og‘irlik markazi emas, balki nisbiy og‘irlik o‘zgargan, — deb tuzatdi Tyurin. — Aylanish qutblari ustida og‘irlik juda katta bo‘ladi va u markazga tomon to‘g‘ri yo‘nalishda boradi. Lekin qutbdan uzoqlashgan sari og‘irlik kamayaveradi. Shunday qilib, qutbdan ekvatorga qarab yurgan kishi xuddi tog‘dan tushayotganday bo‘ladi, buning ustiga balandlik tobora osha boradi. Qutb bilan ekva. tor orasida og‘irlikning yo‘nalishi ufqqa to‘g‘ri kelib qolgan. Shuning uchun ham siz o‘zingizni juda baland tog‘dan tushayotganday his qilgansiz. Keyin esa u qiya shift holatiga kirgan va planetadan uchib ketish uchun siz duch kelgan narsaga yopishishga majbur bo‘lgansiz… Yerdan eng yaxshi kuchli teleskoplar orqali, — davom etdi Tyurin, — diametri olti kilometrdan kam bo‘lmagan planetalar ko‘rinadi. Asteroidlarning esa gardday keladiganlari ham bor.

— Har qanaqasini ham ko‘rdik, — dedi Sokolovskiy. — Ba’zilarida og‘irlik shu qadar ozki, asteroiddan uchib ketish uchun salgina sakrash kifoya qiladi. Men aylanasi o‘n yetti yarim kilometr keladigan ana shunday asteroidlardan birida bo‘lganman. Bir metr balandlikka sakrab, pastga yigirma ikki sekunddan keyin tushdim. Yerda ostonadan sakrash uchun sarf qilinadigan harakat bilan ikki yuz o‘n metr yuqoriga — Eyfel minorasidan salgina qolishadigan balandlikka chiqib ketish mumkin. Tosh otgan edim, u qaytib tushmadi.

— Tushadi, lekin tez emas, — dedi Tyurin.

— Diametri oynikidan atigi olti marta kichik bo‘lgan nisbatan yirik asteroidda ham bo‘lganman. U yerda bir qo‘lim bilan sheriklarimdan yigirma ikkitasini ko‘tardim. Bu asteroidda oddiy ipdan arg‘imchoq yasab uchish, balandligi olti yarim kilometrli minora qurish mumkin. To‘pponchadan o‘q uzib ko‘rdim. Nima bo‘ldi deng. Agar o‘zim aks ta’sir oqibatida planetachadan uchib ketmaganimda, otgan o‘qim orqadan aylanib kelib meni halok qilishi mumkin edi. U hozir ham asteroid atrofida aylanib yotgan bo‘lsa kerak.

— Bunday planetada poyezdlar soatiga bir ming ikki yuz sakson kilometr tezlikda yurgan bo‘lardi, — dedi Tyurin. — Darvoqe, shunday planetalardan bir nechtasini Yerga yaqinlashtirish mumkin. Nima uchun qo‘shimcha yoritishni vujudga keltirish mum kin emas? Undan keyin bu planetalarga aholi ko‘chiriladi. Shisha oranjereya quriladi. O‘simlik o‘stiriladi. Jonivorlar boqiladi. Bu juda ajoyib maskan bo‘ladi. Vaqti bilan Oyda shunday qilish mumkin.

— Oyda goh savuq, goh issiq bo‘ladi-ku, dedim men.

— Shisha qalpoq ostidagi sun’iy atmosfera va pardalar Quyesh haroratini bnr me’yorda tutib turadi. Oy tunlari vaqtida tuproqning sovushiga kelsak, bu masalada mening o‘z fikrlarim bor, — deb qo‘ydi Tyurin ma’noli qilib. — Axir biz favqulodda quchli harakat ta’sirida Yer yadrosining qizishi nazariyasidan voz kechmadikmi? Shunga qaramay Yerimiz issiq…

— Quyosh va atmosfera po‘stini… — deb geolog gap boshlagan edi, Tyurin uning so‘zini bo‘ldi:

— Ha, ha, lekin faqat bugina emas. Yer qatlamlarida issiqlik uning bagridagi radioaktivlikning bo‘linishi natijasida kuchaya boradi. Nega bu hodisa Oyda yuz bermas ekan? Hatto nega kuchliroq tarzda yuz bermas ekan? Radioaktiv bo‘linish Oy bag‘rini isitishi mumkin. Bundan tashqari, Oy qatlami ostida hali sovumagan magma bor… Oy bizga tuyulganiday sovuq emas. Modomiki, u yerda atmosfera qoldiqlari bor ekan… Mana shuning uchun ham siz, biolog, ekspeditsiyaga kiritilgansiz, — deb menga murojaat qildi u.

Sokolovskiy ishonqiramay bosh chayqadi.

— Elementlarning radioaktiv bo‘linishi natijasida tuproqning "qizishini men negadir asteroidlarda sezmadim.

— Asteroidlar Oydan kichkina, — deb javob berdi astronom chiyildoq tovush bilan.

U bir oz jim qoldi, keyin yana birdan falsafaga tushib ketdi, go‘ye miyasidagi ikki fikr chizig‘i baravar chuvalib borardi.

Raketamiz derazasidan so‘nik yulduzlar mo‘ralaydi. Yulduzlar galasi ufqni kesib, yon tomonga, so‘ng yuqoriga qarab surilib borardi, demak, raketa burilyapti.

— Biz anchagina asteroid tutib qo‘ydik, — dedi menga past ovoz bilan Sokolovskiy, o‘zicha nimalarnidir pichirlab o‘tirgan Tyuringa e’tibor bermay. — Avvalo raketodromimiz ostiga «poydevor» yetqizdik. Uning massasi qancha katta bo‘lsa, shuncha mustahkam bo‘ladi. Qo‘nayotgan raketalarning tasodifiy turtkilari uni urnidan qo‘zgatib yubormaydi. Keyinchalik asteroidlarni fabrika va zavodlarimizga jo‘natamiz, siz hali bular bilan tanishasiz. Yaqinda juda ajoyib bir planetacha tutib oldik. To‘g‘ri bu kichkina parcha, xolos — yer hisobi bo‘yicha, bir yarim tonna keladi. Lekin tasavvur qiling-a, nuqul oltindan iborat… Hazilakam topildiq emas! Osmonda oltin sochmalari…

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика