Читаем KETS Yulduzi полностью

— Meller haq, dedi u. — Vaznsizlik olamida qimirlamay yetaverib juda nimjon bo‘lib ketibman. Hayot tarzini o‘zgartirishim kerak.

— Oy sizni harakatga solib qo‘yadi, — deb kuldi geolog.

— Rost. Darvoqe, men o‘z farazimni aytmoqchi edim, — gapida davom etdi Tyurin. Yer atrofida aylanayotgan meteoritlar shu qadar ko‘pki, ular parchalanib ketgan kichkina yer yo‘ldoshi — ikkinchi Oyning qoldiqlari bo‘lsa kerak. Bu juda mitti bo‘lgan. Mazkur meteoritlarning miqdori va hajmini aniq hisoblab chiqqanimizdan so‘ng, xuddi paleontologlar halok bo‘lgan haivonlarning suyaklarini tiklaganidek, bu yo‘ldoshning ilgarigi yaxlitligini tiklashimiz, aniqlashimiz mumkin. Kichkina ikkinchi Oy! Lekin u bizning Oydan kam nur sochmagan chunki Yerga yaqinroq bo‘lgan.

— Kechirasiz, professor, — tanasining rangi va qotmaligidan hindilarga o‘xshab ketadigan yosh mexanik kutilmaganda gapga aralashdi. Menimcha, bunaqa yaqin masofada Yer kichkina Oini o‘ziga tortib olgan bo‘lardi.

Nima? Nima? deb aqirib yubordi Tyurin. — Nega ushoqdai keladigan Kets Yulduzi Yerga qulab ketmayapti? A? Hamma gap harakatning tezligida… Ammo kichkina Oy harholda halok bo‘libdi-ku, — dedi u endi sal hovridan tushib. — Kurashuvchi kuchlar — inersiya bilan yerning tortish kuchi — uni parchalab tashlagan… Afsuski, bizning Oyni ham shu qismat kutyapti! U parchalanib ketadi. Yer xuddi Saturnnikiga o‘xshagan ajoyib uzukka ega bo‘ladi. Mening fikrimcha, bu oy uzugi Oyning o‘zidan xira bulmaidi. U yer tunini bezab turadi. Lekin bari bir bu katta io‘qotish, — deb xo‘rsinib gapini tugatdi u.

— O‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish, — qo‘shib qo‘ydim men.

— Hm… Hm… Kim biladi, balki to‘ldirib bo‘lar. Mening bir loiiham bor, lekin bu xususda hozircha gapirmayman.

— Meteorlarni qanday tutgansiz? — so‘radim Sokolovskiydan.

— Bu juda qiziq ov, — javob berdi geolog. — Men ularni faqat Kets Yulduzi orbitasidagina emas…

— Mars va Yupiter orbitalari orasidagi asteroidlar mintaqasida ham ovlagan, — deb gapni bo‘ldi Tyurin. — Yer astronomlari bundai asteroidlarning faqat mingdan ortiqrog‘ini bilishadi. Mening katalogimda esa ularning soni to‘rt mingdan oshib ketdi. Bu asteroidlar ham halok bo‘lgan ikkinchi Oydan ko‘ra kattaroq sayyoraning qoldiqlari. Hisoblarimga ko‘ra, bu sayyora Merkuriidan katta bo‘lgan. Mars bilan Yupiter o‘zaro tortishib uni parchalab tashlagan. Taqsimlab olisholmagan-da! Saturn uzugi ham uning halok bo‘lgan, parchalangan yo‘ldoshi. Bizning quyesh sistemamizda qancha marhumlar borligini ko‘rdingizmi?

Endi navbat qay biriniki ekan? Voy-bo‘y… bu turtkilar tugaydimi, yo‘qmi!

Men kresloning charm qoplangan yumshoq suyanchig‘idan ushlab yana derazadan tashqariga qaradim. Hamon yulduz chamani bilan qoplangan qop-qora osmon. Shu alfozda yillab, yuz yillab uchsang ham manzara o‘zgarmaydi.

Birdan bir mahallar eski parovoz ulangan oddiy poyezdda qilgan sayohatim esimga tushib ketdi. Yez edi. Kechki payt. Quyosh bulutlar bag‘rini qon qilib, o‘rmon ortiga yashirinadi. Vagonning ochiq derazasidan nam havo, arg‘uvon va akonit hidi gupullab urib turibdi. Ko‘kdagi kamon oy poyezdni izma-iz quvib kelyapti. Goh o‘rmon, goh ko‘l, goho tepaliklar bir-biriga o‘rin bo‘shatadi. Tepaliklar ustida daraxtlarga ko‘milgan binolar. Undan so‘ng dala boshlandi, dimoqqa qorabug‘doy hidi urildi. Qancha taassurotlar, Tyurinning tili bilan aytganda, ko‘z, quloq, burun uchun qancha «harakat». Bu yerda esa na shamol, na yomg‘ir, na iqlim o‘zgarishi, na tun, na yoz va na qish. Hamisha yakrang motamsaro osmon, ko‘kimtir quyosh, raketa ichida bir xil harorat…

Yo‘q, osmonda, Oyda, boshqa sayyoralarda yashash qanchalik qiziqarli bo‘lmasin, Yer hayotini hech qachon «osmon turmushi» ga almashtirmayman…

— Shunday qilib desangiz… asteroid ovi — eng qiziqarli ov, — kutilmaganda geolog Sokolovskiyning yo‘g‘on tovushi eshitildi.

Uning suhbati menga yoqadi. Gapirganda doim oddiy, xuddi Vasilyevskiy orolidagi uyida o‘tirganday, xotirjam gapiradi. Aftidan unga bu g‘ayriodatiy sharoit hech qanday ta’sir ko‘rsatmayotganga o‘xshaydi.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика