— Sayyoralararo sayohatdan xabaringiz kamroqqa o‘xshaydi. Raketa Yulduzga sakkiz-o‘n minut uchadi, azizim. Lekin ichida ko‘nikmagan odamlar bo‘lgani uchun uchish bir oz cho‘ziladi. Markazdan qochirma kuchdan foydalanish maqsadida snaryad Yerning aylanishi bo‘ylab ufqqa tomon yigirma besh gradus qiyalik bilan uchadi. Dastlabki o‘n daqiqa orasida tezlik sekundiga besh yuz metrga yetadi va faqat atmosfera orasidan uchib o‘tish vaqtidagina sal pasayadi, keyin esa, atmosfera siyraklasha boshlagach, tezlik yana oshadi.
— Atmosfera orasidan o‘tish paytida tezlik nima uchun pasayadi? Tormozlanish bo‘ladimi?
— Gap tormozlanishda emas. Atmosferadan katta tezlik oilan o‘tilganda ishqalanish kuchayib, raketaning qobig‘i juda qizib ketadi, bundan tashqari, tezlik oshgan sayin og‘irlik qam orta boradi. O‘z tanangni o‘n baravar vazmin his qilish x-a ko‘pam yoqimli emas.
— Qobiq atmosferaga ishqalangan paytda kuyib ketmaymizmi? — so‘radim hadiksirab.
— Yo‘q. Sal-pal terlashingiz mumkin. Shu xolos. Axir, raketa qobig‘i uch qatlamdan iborat-ku. Ichki qatlam — pishiq metalldan yasalgan, oddiy shisha pardasi bilan qoplangan kvars oynali, eshiklari havo kirmaydigan darajada zich yopiladi. Ikkinchi qatlam — qiyin eriydigan, issiqlikni deyarli o‘tkazmaydigan materialdan yasalgan. Uchinchi — tashqi qatlam esa, garchi nisbatan yupqa bo‘lsa ham, lekin issiqlikka juda chidamli metalldan iborat. Ustki qatlam cho‘g‘ bo‘lib ketganda ham o‘rtadagisi issiqlikni raketa ichiga o‘tkazmaydi, buning ustiga, ajoyib sovutgichlar bor. Qatlamlar orasida sovutgich gaz to‘xtovsiz aylanib turadi.
— Haqyqiy injener ekansiz, doktor, — dedim men.
— Iloj qancha. Organizmni odatdan tashqari sharoitga ko‘niktirishga qaraganda raketani odam organizmiga moslashtirish osonroq. Shuning uchun ham texniklar men bilan hamkorlikda ishlashadi. Birinchi tajribalarimizni ko‘rganingizda pdi. Qancha muvaffaqiyatsizliklar, qancha qurbonlar!
— Odamlar ham qurbon bo‘lganmi?
— Ha, odamlar ham.
Badanim chumoli o‘rmalayotganday jimirlab ketdi. Lekin chekinish uchun vaqt o‘tgandi.
Mehmonxonaga qaytib kelganimda Tonya, xuddi suyunchi bering deganday, shu xabarni aytdi:
— Men surishtirib bildim — hammasi joyida. Ertaga tush maytida uchamiz. O‘zingiz bilan hech narsa olmang. Ertalab, uchishdan oldin vannaga tushib, dizenfeksion kameradan o‘tamiz. Sterilizatsiya qilingan ichki kiyim bilan kostyum berishadi. Doktor sizning sog‘lig‘ingizni juda yaxshi dedi.
Tonyaning so‘zlarini xuddi tushdagiday eshitdim. Yuragimniahshat bosdi. Yerdagi so‘nggi kechani qanday o‘tkazganimni va nima xayollarga borganimni aytib o‘tirishning hojati yo‘q…
VI. PARDOZXONA
Tong otdi. Yerdagi so‘nggi tong. Derazadan parishonlik bilan tashqariga qaradim — oftob charaqlab turibdi. Ishtaham bo‘lmasa ham zo‘rma-zo‘raki nonushta qilib, yer mikroblaridan «tozalanish» uchun jo‘nadim. Bu tadbir bir soatdan ko‘pga cho‘zil di. Vrach-bakteriolog meiga qandaydir aqlga sig‘maydigan raqamlar — kiyimimga in qurgan milliardlab mikroblar haqida gapirdi. Buni qarangki, men o‘zim bilan birga terlama, ichterlama, yurakburugi, tumov, ko‘kyo‘tal, sal bo‘lmasa vabo kasalini olib yurgan ekanman. Qo‘llarimdan sil mikroblari va yiringlatuvchi tayoqchalar topildi. Botinkalarimda kuydirgi mikrobi bor ekan. Cho‘ntaklarimdan qoqshal mikroblari chiqdi. Paltomning choklarida qaytalaydigan isitma, oqsil kasali mikroblari uya qurgan ekan. Shlyapamda esa quturish, qora chechak, saramas, yana allanimabalolar… Qo‘ying-chi, bu yangiliklardan tamom esankirab qoldim. Qanchadan-qancha ko‘zga ko‘rinmas dushmanlar meni qulatish uchun payt poylab turgan ekan-a! Nima bo‘lganda ham Yerning xatarli tomonlari bor. Mana shu o‘y menda yulduzlar olamiga sayohat qilishga andak mayl uyg‘otdi.
Mening oshqozon va ichaklarimni yuvishib, tanamga qandaydir notanish apparatlar yordamida nur yuborishdi. Bu apparatlar badanimdagi zararli mikroblarni o‘ldirishi kerak edi. Men juda qiynalib ketdim.
— Doktor, — dedim men. — Bu ehtiyotkorlikdan foyda yo‘q. Kamerangizdan chiqishim bilan mikroblar yana menga yopishib olady.
— To‘g‘ri, lekin siz hech bo‘lmaganda katta shahardan ilashib kelgan mikroblardan xalos bo‘ldingiz. Leningradning markazidagi bir kub metr havoda minglab, bog‘larda yuzlab, Isaakiy tepaligida esa atigi o‘nlab bakteriyalar bor. Bizda, Pomirda bo‘lsa ular judayam oz. Sovuq va oftob nuri, changning yo‘qligi, havoning quruqligi — bularning hammasi ajoyib dezinfektorlardir. Ketsda siz yana «pardozxona» ga tushasiz. Hozir biz faqat xomaki tozalashdan o‘tkazdik. U yerda esa juda sinchiklab tozalashadi. Qalay, ma’qul emasmi? Lekin iloj qancha. Shunisi yaxshiki, hech qanday yuqumli kasallik bilan og‘rimasligingizga imoningiz komil yurasiz. Harholda u yerda bunday xavf juda kam. Bu yerda esa har qadamda biror kasallik poylab turadi.
— Menga juda tasalli berdingiz, — dedim dezinfeksiya qilingan ko‘ylakni kiya turib, — faqat kuyib ketmasam, bo‘g‘ilib qolmasam, yana haligi…