Читаем KETS Yulduzi полностью

Odamlar baravariga qichqirishib, raketani muvaffaqiyatli qo‘ngani bilan tabriklashardi. Bir necha kater, xuddi qaldirg‘och kitga tashlanganday, chayqalib turgan raketa tomon suzib ketdi. Kichkina qora kater uni shatakka olib, sohilga sudrab keldi. Ikki baquvvat traktor maxsus ko‘prikdan qirg‘oqqa tortib chiqardi. Nihoyat lyuk ochilib raketadan qit’alararo sayohatchilar chiqishdi.

Birinchi chiqqan sayyoh qattiq aksira boshladi. Olomon orasida kulgi va xitoblar eshitildi: «Salomat bo‘ling!»

— Doim shunaqa bo‘ladi, — deb javob berdi osmondan tushgan sayyoh. — Yerga tushishim bilan shamollab qolaman, yo‘talaman.

Men poyonsiz samo qo‘ynida bo‘lgan bu odamga katta qiziqish va hurmat bilan qaradim. Shunaqa dovyuraklar ham boo-a! Men raketada uchishga hecham rozi bo‘lmasdim.

Sayyohlarni tantana bilan kutib olishdi, hamma ulardan nimalarnidir so‘rab-surishtirar, tinmay qo‘l qisishardi. Fazogirlar avtomobilga o‘tirib jo‘nab ketishdi. Olomon siyraklasha boshladi. Chiroqlar o‘chdi. Birdan oyoqlarim to‘ngib qolganini payqadim. Etim junjikib, ko‘nglim aynardi.

— Juda ko‘karib ketibsiz, — dedi nihoyat rahmdillik qilib Tonya. — Yuring uyga.

Mehmonxonaga kiraverishda meni semiz, tepakal kishi qarshi oldi. Ahvolimni ko‘rib:

— Toqqa mazangiz yo‘q ekan, yigit, — deb bosh chayqab qo‘ydi u.

— Sovqotdim, — javob berdim men.

Shinam oshxonada ovqatlanib o‘tirib, semiz kishi bilan gaplashib qoldik. U vrach ekan. Choy ustida undan shaharni va uchib kelgai raketani nima uchun Kets deb atashlarini so‘radim.

— Yulduzning ham nomi shunday, — javob berdi doktor. — Kets yulduzi. Eshitmaganmisiz? Hamma gai shunda. Bu shahar ham ana shu yulduz tufayli qurilgan. Nima uchun Kets deb ataladi? Nahot payqamagan bo‘lsangiz? Siz bu yoqqa uchib kelgan stratoplan kimning loyihasi bo‘yicha qurilgan?

— Siolkovskiy loyihasi bo‘yicha bo‘lsa kerak, — javob berdim men.

— Bo‘lsa kerak… — dedi doktor ranjiganday, cho‘zib. — Bo‘lsa kerak emas, xuddi shunday. Siz ko‘rgan raketa ham, yulduz ham uning loyihasi bo‘yicha qurilgan. Shuning uchun ham Kets deb ataladi: Konstantin Eduardovich Siolkovskiy. Tushundingizmi?

— Tushundim, — javob berdim men. — Kets Yulduzi qanaqa yulduz?

— Yerning sun’iy yo‘ldoshi. Fazodagi stansiya-laboratoriya, ayni vaqtda, sayyoralararo uchuvchi raketalar uchun raketodrom.

<p>IV. BEHUDA QUVISH</p>

Anchadan beri bu tungiday qattiq uxlamagan edim. Agar Tonya kelib soat oltida uygotmaganida kunduz soat o‘n ikkigacha uxlashim aniq edi.

— Tezroq ko‘chaga yuring, — dedi u. — Hozir ishchilar bilan xizmatchilar ishga borishadi.

Kallai saharlab yana izquvarlik rolimni bajarishga kirishdim.

— Paley degan odamning shu yerda yashash-yashamasligini spravka byurosi orqali bila qolsak bo‘lmasmikin?

— Be’mani gap, — dedi Tonya. — Buni Leningraddaligimizdayoq surishtirganman…

Biz tosh ko‘chadan borardik. Quyosh allaqachon tog‘ tepasiga ko‘tarilgan bo‘lsa ham badanim junjikar, hamon nafasim bo‘g‘ilardi. Muzliklar yarqirab, ko‘z ochirmasdi.

Uzoqda kichkina bog‘ ko‘rindi — bu mahalliy bogbonlarning o‘simliklarni iqlimga moslashtirish yo‘lidagi urinishlarining samarasi. Kets shahri qurilgunga qadar bu yerda, bir necha ming metr balandlikda hech qanday giyoh o‘smagan.

Yuraverib charchadim. Bir oz o‘tirishni taklif qildim. Tonya rozi bo‘ldi.

Oldimizdan odamlar tinimsiz o‘tib turardi. Ular bemalol gaplashib, kulishib borishardi — qisqasi, o‘zlarini juda tetik his qilishardi.

— Ana! Ana! — deb qichqirib yubordim birdan.

Tonya o‘rnidan sakrab turib, bilagimdan ushlab oldi, biz oyog‘imizni qo‘limizga olib mashina orqasidan chopa ketdik. Mashina raketodromga eltadigan to‘ppa-to‘g‘ri yo‘ldan yelday uchib borardi. —

Chopish qiyin edi. Nafasim qisilardi. Kunglim behuzur bo‘lardi. Boshim aylanib, oyoq-qo‘lim titrardi. Bu gal Tonyaning ham mazasi qochdi, lekin sira to‘xtay demasdi.

Shu alpozda o‘n minutlar chamasi yugurdik. Qora soqolli kishi o‘tirgan avtomobil hali ko‘zdan uzoqlashmagan edi. Tonya oirdan ko‘chani kesib o‘tdi-da, qo‘llarini yozib, ro‘paradan kelayotgan mashinaning yo‘lini to‘sdi. Mashina keskin to‘xtadi. Tonya kabinaga sakrab chiqib, meni qo‘limdan tortdi.

Shofyor bizga hangu mang bo‘lib tikilib turardi.

— Anavi mashinaning orqasidan haydang tezroq! — deb buyurdi Tonya. Uning ovozi shunday qat’iy chiqdiki, shofyor g‘ing demay, mashinasini orqaga qaytarib, gazni oxirigacha bosdi.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика