— Lekin siz shu qadar odob saqladingizki, bu xususda menga birorta ham savol bermadingiz. Endi aytay: Paley — mening do‘stim, universitetda birga o‘qiganmiz. U g‘oyat talantli yosh olim, ixtirochi. Har narsaga qiziquvchan, beqarorroq odam. Biz u bilan universitetning oxirgi kursida o‘qib yurgan vaqtimizdayoq elektromexanikada burilish yasash ehtimoli bo‘lgan bir ilmiy ish boshlagan edik. Xuddi bir nuqtada uchrashish uchun, ikki tomondan tonnel qazishga kirishgan ishchilarday, ilmii ishni ikkiga bo‘lib, ikkovimiz ham bir maqsadga intildik. Ish pirovardiga yetib qolgan edi. Hamma yozuvlarni Paley o‘z yon daftarchasiga qayd etib borardi. Kutilmaganda uni Sverdlovskka komandirovkaga jo‘natishdi. Komandirovka shu qadar shoshilinch bo‘ldiki, u yon daftarchani qoldirishni ham unutibdi. O‘ziyam doim parishonxotir yuradi. Sverdlovskka xat yozdim, lekin javob kelmadi. Shundan beri dom-daraksiz. Sverdlovskda menga uning Vladivostokka ko‘chirilganini a: ytishdi, lekin u srdan ham izini topolmadim. Shundan keyin ishni o‘zim mustaqil davom ettirishga urinib ko‘rdim. Lekin menga Paley gomonidan ishlangan talay formula va hisoblar yetishmasdi. Vaqti kelib bu ish haqida batafsil gapirib beraman. Xullas, u meni shu qadar band etgan ediki, yursam ham, tursam ham xayolimdan nari ketmasdi. Bu narsa mening boshqa ish bilan shug‘ullanishimga ham xalaqit berardi. Shunday kelajagi porloq masalani yarim yo‘lda qoldirib ketish — Paleyning bu ongiltakligini haliyam tushunmayman. U haqdagi xabar meni nima uchun bu qadar hayajonlantirganini endi anglagandirsiz. Bor gap shu… Rostdan ham juda betob ko‘rinasiz. Borib dam oling.
— Siz-chi?
— Men ham bir oz cho‘zilaman.
Ammo Tonya yotmadi. Kets bosh boshqarmasining kadrlar bo‘limiga borib, Kets Yulduziga faqat o‘sha yerda ishlash uchun shartnoma tuzish sharti bilangina uchish mumkinligini bilib keldi. Fiziklar bilan biologlar ayniqsa zarur ekan. Tonya ko‘p o‘ylab o‘tirmay, o‘zi uchun ham, men uchun ham bir yil muddat bilan shartnoma tuzibdi.
U xonamga quvonib kirib keldi va zavq bilan o‘z sarguzashtlarini gapira ketdi, Keyin binafsharang charm portfelidan qogoz, avtoruchka chiqarib, menga uzatdi.
— Mana sizning arizangiz. Qo‘l qo‘ying.
— Xo‘p, lekin… bir yil… qanaqa bo‘larkin…
— Tashvishlanmang. Men so‘radim, boshqarma bu shartnomaga unchalik qattiq amal qilmas ekan. Sharoitning favquloddaligi, hayot tarzi, iqlim — hammasi e’tiborga olingan. Kimki o‘zini yomon his etsa…
— Iqlim? U yerda qanaqa bo‘lishi mumkin?
— Men Ketsdagi turar-joylarni nazarda tutyapman.
U yerda istalgan harorat va havo namligiga ega bo‘lgan iqlim yaratish mumkin.
— Demak, Ketsda ham atmosfera bu yerdagi, Pomirdagiday siyrak ekan-da.
— Ha, taxminan shunday, — dedi Tonya bir oz ishonchsizlik bilan va shoshib qo‘shib qo‘ydi: — Balki siyrakrok hamdir. Siz uchun eng katta to‘siq shu. Yulduzda yashashga nomzodlar jiddiy jismoniy ko‘rikdan o‘tadilar. Tog‘ kasaliga tez chalinadiganlar yaroqsiz deb topiladi.
Rostini aytsam, bu safardan faxrli ravishda qutulib qolish uchun hali imkoniyatim borligidan juda sevindim. Ammo Tonya shu zahotiyoq menga tasalli bergan bo‘ldi:
— Lekin biz bir yo‘lini qilamiz! Eshitishimcha, u yerda oddiy bosimdagi atmosferali xona bor emish. Bosim asta-sekin kamaytirib borilarkan va, binobarin, yerdan chiqqanlar unga tezda ko‘nikib ketishi mumkin ekan. Men siz haqingizda doktor bilan gaplashib ko‘raman.
Men gangib qoldim va jon-jahdim bilan so‘nggi dalilimni ishga soldim:
— Yerdagi ish nima bo‘ladi?
Tonyaning javobi tayyor edi:
— Bundan osoni yo‘q! Kets — juda obro‘li tashkilot. Ketsda ishlash uchun shartnoma tuzganligingizni ishxonangizga bir og‘iz aytsangiz — kifoya, darrov ruxsat berishadi. Faqat sog‘ligingiz imkon bersa bo‘lgani. O‘zingizni qanday sezyapsiz? — Shunday deb, u tomirimning urishini tekshirish uchun qo‘limdan ushladi.
— Shunday doktor qo‘lingni ushlagandan keyin: «Mixday!» — deb javob berishdan boshqa ilojing qoladimi!
— Unday bo‘lsa, yana yaxshi. Tezroq mana bunga qo‘l qo‘ying, men doktorga uchrashib kelaman.
Shunday qilib, hash-pash deguncha men fazoda yashashga yollanib qoldim…
— Darmonsizlik sezilmaydimi? Badaningizda ko‘karish hollari bo‘lmaganmi? Boshingiz aylanmaydimi? Ko‘nglingiz behuzur bo‘lmaydimi? — so‘rardi doktor mendan. — Qusmaganmisiz?
— Yo‘q, faqat avtomobilning orqasidan yugurganimizda ko‘nglim qattiq aynigan edi.
Doktor bir oz o‘ylanib, keyin ma’nodor qilib dedi:
— Kasalingiz unchalik og‘ir emas.
— Demak, uchish mumkii ekan-da, doktor?
— Ha. Menimcha, mumkin. To‘g‘ri, raketada odatdagi atmosfera u yerda atmosferadagi kabi beshdan to‘rt qismi azot bo‘lgan kisloroddan emas, balki toza kisloroddan nafas olasiz. Shuning o‘zi yetarli. Kets Yulduzida esa odatdagi bosimga ega bo‘lgan ichki kameralar bor. Demak, faqat uchish vaqtida bir oz bardosh berishga to‘g‘ri keladi. Yulduz atigi ming kilometr balandlikda joylashgan.
— Uchish qaicha kunga cho‘ziladi? — so‘radim men.
Doktor menga masxaraomuz ko‘z qirini tashladi.