Yo‘l ajoyib edi. Tezda so‘nggi uylar ham ortda qolib, oldinda raketodrom kaftda turganday ko‘zga tashlandi. Keng «temir yo‘lda» ulkan laqqa baliq yanglig‘ raketa yotardi. Raketa atrofida odamlar uymalanishardi. Birdan sirena tovushi yangradi. Odamlar shoshib o‘zlarini chetga olishdi. Raketa temir izlardan yeirg‘angancha tezligini oshira borib, nihoyat, o‘qday uchib ketdi. Lekin hali raketaning portlatgichlari ishga tushirilmagan, u xuddi tramvayday, elektr toki bilan harakat qilardi. Yo‘l toqqa tomon o‘ttiz gradus qiyalik bilan ko‘tarilardi. Io‘lning tugashiga bir chaqirimcha qolganda raketaning quyrug‘idan bir suchoq alanga otilib chiqdi. Raketa tutun bilan qoplandi. Keyin kuchli portlash ovozi eshitildi. Bir necha daqiqadan so‘ng qudratli havo to‘lqini bizni gandiraklatib yubordi. Raketa orqasida, tutundan uzun oq iz qoldirib, samo qa’riga kirib borardi. Ko‘p o‘tmay u qora nuqtaga aylanib, ko‘zdan goyib bo‘ldi.
Biz raketodromga yetib keldik. Ammo, afsuski, yerda qolanlar orasida qora soqolli kishi yo‘q edi…
V. FAZODA YASHASHGA NOMZOD
Tonya olomon orasiga o‘zini urib, hammadan, qora soqolli kishini ko‘rmadinglarmi, deya so‘rab-surishtira ketdi.
Odamlar bir-birlariga qarashib, eslay boshlashdi. Nihoyat, ogshoq temir qalpoq va oq charm kostyum kiygan bir kishi:
— Yevgenyev bo‘lsa kerak, — dedi.
— Albatta, Yevgenyev-da. Bugun bu yerda undan boshqa qora soqolli kishi yo‘q edi, — dedi boshqasi.
— Qani u? — deb so‘radi Tonya hovliqib.
Haligi kishi qo‘lini yuqoriga ko‘tardi.
— Anovi yoqda. Stratosferani kesib, Kets Yulduzi tomon boryapti.
Tonyaning rangi oqarib ketdi. Men uni qo‘ltig‘idan suyab, takksiga olib bordim.
— Mehmonxonaga boramiz, — dedim men.
Tonyadan yo‘l bo‘yi sado chiqmadi. Itoatkorlik bilan bilagimga suyanib, zinapoyadan yuqoriga ko‘tarildi. Uni o‘z xonasiga olib kirib, kresloga o‘tqazib qo‘ydim. U boshiii kreslo suyaichig‘iga tashlagancha ko‘zlarini yumib o‘tirardi. Bechora Tonya! Ishi o‘ngidan kelmaganiga qanchalik iztirob chekyapti. Lekin endi hammasi tugadi. Qora soqolli kishi sayyoralararo sayehatdan qaytguncha Kets shahrida kutib o‘tirmaymiz-ku, axir.
Asta-sekin Tonyaning yuziga qon yugurdi. Ko‘zlarini ochmas dan negadir kulimsiradi.
— Qorasoqol Kets Yulduziga uchib ketdi. Nachora, orqasidan biz ham uchamiz!
Bu gapni eshitib, kreslodan ag‘darilib tushayozdim.
— Raketada-ya! Zim-ziyo osmonga-ya!..
Bu so‘zlarni shunday qo‘rquv, shunday ayanch bilan aytdimki, Tonya qah-qahlab kulib yubordi. —
— Men sizni ancha dovyurak va qat’iy odam deb uilagan edim, — dedi u endi butunlay jiddiy va hatto bir oz ma’yus ohangda. — Darvoqe, menga hamroh bo‘lishni istamasangiz, Leningradgami, Armanistongami — xohlagan tomoningizga ketaverishingiz mumkin. Endi qora soqolli kishining familiyasini bilib oldim, sizning keragingiz ham yo‘q. Hozir esa xonangizga chiqib, karavotga cho‘ziling. Ko‘rinishingiz chatoq. Baland tog‘ va yulduzlar olami sizga to‘g‘ri kelmas ekan.
Ha, rostdan ham o‘zimni juda yomon his qilayotgan edim, binobarin, Tonyaning buyrug‘ini jon deb bajarishim mumkin edi. Lekin hozir sal izzat-nafsimga tegilgandi. Shu tobda men hamma narsadan ham Yerda qolishni istar va ayni vaqtda Tonyadan ajralib qolishdan qo‘rqardim. Qaysi biri ustun chiqadi? Men o‘ylab bo‘lguncha, tilim sayrab ketdi:
— Antonina Ivanovna! Tonya! — dedim men. — Qora soqolli kishini qidirish uchun sizga keragim qolmagan paytda meni o‘zingizga hamroh qilmoqchi bo‘lganingizdan ayniqsa baxtiyerman. Siz bilan birga uchaman!
U xiyol jilmayib, menga qo‘lini uzatdi.
— Rahmat, Leonid Vasilyevich. Endi sizga hamma gapni aitishim kerak. Men shunchalik qat’iyat bilan qidirayotgan Paley sizni qancha iztirobga solganini ko‘rdim-ku, axir. Iqror bo‘lavering, ko‘nglingizga, Paley bu qizni tashlab qochgan-u, endi qaysar ma’shuqa sevgisini qaytarish umidida uning orqasidan quvib yuribdi, degan o‘y ham ko‘p marta kelgan.
Ikki yuzim beixtiyor lovillab ketdi.