Читаем KETS Yulduzi полностью

— Qarang, o‘rtoq Artemyev, — deya bidirlay ketdi u, — professor menga quloq solmayapti, yana o‘zining o‘rgimchak uyasiga kirib olmoqchi…

Birdan maymun chiyillab yubordi.

— Anavi patefoningning unini o‘chirsang-chi! — ingichka ovoz bilan haligidan ham qattiqroq chinqirdi Tyurin. — Salom, o‘rtoqlar! — dedi u bizga murojaat qilib va emaklab o‘rnidan bazo‘r turdi.

«Bu bilan qanday qilib Oyga uchib bo‘ladi?» — deb o‘yladim men va Kramer bilan ko‘z urishtirib oldim. U indamai bosh chayqadi.

— Axir, professor, o‘zingiz menga necha marta aytgansiz: harakat qancha ko‘p bo‘lsa, odam shuncha baxtli bo‘ladi… — bo‘sh kelmasdi Jon.

Jonning bunday «falsafiy asosi» sira kutilmagan edi. Biz Kramer bilan beixtiyor jilmaydik, Tyurin esa g‘azabdan qipqizarib ketdi.

— Tushunish kerak! Tushunish kerak! — deb qichqirdi u ovozining boricha. — Harakatning turi ko‘p. Bu qo‘pol jismoniy harakat bosh miyam hujayralarining oliy harakatiga, fikrlarim harakatiga xalaqit beryapti. Bundan tashqari, har qanday harakat uzluksiz emas, sen bo‘lsang to‘xtovsiz yurib turishimni istaysan… Mana, go‘shtimni qiyma qilib yenglar, qonimni so‘ringlar!

Shunday deb, jabrdiyda qiyofada inqillab, oh-voh qilib nari-beri yura boshladi.

Jon meni bir chetga tortib, qulog‘imga shivirladi:

— O‘rtoq Artemyev! Professordan juda tashvishdaman. U juda nimjon. Uning Oyga mensiz uchishi xatarli. Axir u yeyishni ham, ichishni ham unutadi. Oyda unga kim g‘amxo‘rlik qiladi?

Jonning ko‘zlariga yosh keldi. U o‘z professorini juda sevardi. Men qo‘limdan kelgancha Jonni Yupatdim. Sayohat vaqtida professorga ko‘z-quloq bo‘lib turishga va’da berdim.

— Siz uning uchun javob berasiz! — dedi negr tantanali bir tarzda.

— Albatta, albatta! — dedim men.

Yulduzga qaytganimizdan so‘ng hamma gapni Mellerga gapirib berdim. U norozi qiyofada bosh chayqadi.

— Tyurin bilan o‘zim shug‘ullanmasam bo‘lmaydi.

Rostdan ham bu kichkina serg‘ayrat ayol darhol sharga uchib ketdi.

Men ham vaqtni bekor o‘tkazmadim: sayyoralararo bo‘shliqda uchishni o‘rgandim, ustozim Kramerning aytishicha, bu ishda katta yutuqlarga erishdim.

— Oyga sayohat vaqtida osmon qa’rida yo‘qolib ketmasligingizga endi ishonaman, — dedi u.

Bir necha kundan keyin Meller shardan qaytib kelgach, dedi:

— Professorni Yerga tushirishga hali jur’at etmasdim, lekin Oyga u to‘la «yaroqli».

<p>XIII. OY ORBITASI SARI</p>

Oyga sayohatimiz arafasida Tonyani samoviy sovuqlik laboratoriyasiga kuzatib qo‘ydim. Xayrlashuv qisqa, lekin iliq bo‘ldi. U qo‘limni qattiq qisib:

— O‘zingizni ehtiyot qiling… — dedi.

Bu oddiy so‘zlar menga baxt nash’asini berdi.

Ertasi tongda Tyurin raketaga dadil kirib bordi. G‘am-qayg‘udan tamom ezilgan Jon uni kuzatib qo‘ydi. U yig‘laguday ahvolda edi.

— Professor uchun javob berasiz! — deb qichqirdi u menga raketa eshigi yopilishidan oldin.

Oyga tikkasiga emas, balki Yer atrofida aylanib, burama tarzda ucharkanmiz. Sayohatimiz qanchaga cho‘zilishi ham noma’lum. Raketamizga yigirma kishi sig‘ishi mumkin. Biz esa atigI olti kishimiz: ilmiy ekspeditsiyaning uch a’zosi kapitan, shturman va mexanik. Raketadagi qolgan bo‘sh joylar oziq-ovqat, portlovchi modda va suyuq kislorod bilan band. Raketaning sirtiga Oy ustida sayohat qilish uchun mo‘ljallangan g‘ildirakli vagon biriktirilgan. Havo qarshiligi bo‘lmaganidan «Oy avtomobili» raketaning tezligini pasaytirmaydi.

Ko‘p o‘tmay raketamiz Kets Yulduzining mehmondo‘st raketodromini tark etdi. Shu zahotiyoq Tyurinning ahvoli og‘irlashdi. Gap shundaki, portlash kuchayib, tezlik oshishi bilan tananing vazni o‘zgara boshladi. Tyurinning ahvoli tushunarli: og‘irlikka o‘rganish mumkin, vaznsizlikka o‘rganish mumkin, lekin tanang goh parday yengillashib, goh qo‘rg‘oshinday zil-zambil bo‘lib qolishiga ko‘nikish juda og‘ir.

Yaxshiyam, oziq-ovqat va yonilg‘ini yetarlicha olivolganimiz, shoshmasligimiz mumkin, binobarin, portlashlar ham bir me’yorda. Ularning tovushi faqat raketa devorlariga uriladi. Bu tovushga ham xuddi motor shovqini yoki soatning chiqillashiga ko‘nikkanday ko‘nikish mumkin, ammo og‘irlikning kuchayishiga… aslo so‘ramang!

Tyurin hansirar, oh tortardi. Goh yuziga qon quyilib, chehrasi alvon tusga kirar, goh yuzidan qon qochib, rangi dokadek oqarib ketardi.

Faqat geologimiz — xushchaqchaq, paxmoq mo‘ylovli barvasta Sokolovskiygina hamon quvnoq edi.

Tana vaznsizligi qaytgan paytlarda astronom yolg‘izlikda orttirgan odati bo‘yicha ovoz chiqarib gapira boshlardi. Lekin so‘zlari poyma-poy bo‘lardi: goh Yerdagi astronomlarga noma’lum bo‘lgan ajoyib ma’lumotlarni aytar, goh «falsafa» ga tushib ketardi.

— Kino nima uchun qiziqarli? Chunki unda biz harakatni ko‘ramiz…

Keyin u ingrar, g‘ujanak bo‘lar, so‘ngra yana tilga kirardi.

Men tashqariga qarab borardim. Yerdan uzoqlashganimiz sari u tobora kichrayardi. «Kun» tobora uzayib, tun qisqara boshladi.

Aslini olganda, bu tun emas, balki kun tutilishiday gap edi.

Oy esa qiziq manzara kashf etib borardi.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика