Читаем KETS Yulduzi полностью

— Ha, agar teleskopimdan Yerga qarasangiz, Leningradingizni ham bemalol ko‘raverasiz… Kuzatishlarimga asoslanib, Oyda oz miqdorda bo‘lsa ham gaz bor, degan xulosaga keldim. Demak, ba’zi bir o‘simliklar ham bo‘lishi mumkin… Ertaga siz bilan shularni aniqlash uchun uchamiz. Men, rostini aytsam, sayohatga ko‘pam qiziqmayman. Menga shu yerdan ham ko‘rinaveradi. Lekin bu ekspeditsiyaga direktorimiz majbur qilyapti. Tartibga bo‘ysunishimiz kerak… Xo‘sh… Endi harakat falsafasi haqidagi gapimizga qaytamiz…

Nuqtaning bo‘shliqda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab cheksiz harakati — behuda gap. Bunday harakat bir yerda qo‘zg‘almasdan turish bilan barobar. Chunki oldinda ham, orqada ham cheksizlik — buning chegarasi yo‘q. Bosib o‘tilgan har qancha yo‘l cheksizlikka nisbatan nulga teng.

Xo‘sh, butun fazodagi harakat-chi? Fazo abadiy. Undagi harakat to‘xtamaydi. Nahot fazo harakati ham behuda gap bo‘lsa?

To kalavaning uchini topguncha harakatning tabiati haqida bir necha yil bosh qotirdim.

Bu oddiy narsa ekan. Gap shundaki, xoh to‘g‘ri chiziq bo‘ylab bo‘lsin, xoh egri chiziq bo‘ylab bo‘lsin beto‘xtov cheksiz harakat tabiatda umuman yo‘q. Har qanday harakatda ham uzilish bor, hamma sir ana shunda. Mendeleyev miqdorning (hatto miqdorning!) cheksiz emasligini o‘z vaqtida isbotlagan edi, bu o‘rinda atomni ko‘zda tutamiz. Evolyutsion ta’limot genetik ta’limot bilan o‘zgaradi, to‘g‘rirog‘i, chuqurlashadi, organizmning rivojida sakrashlar, mutatsiyalar tobora ko‘proq rol o‘ynaydi. Magnit miqdorining uzluksiz emasligi Veys tomonidan, nur sochishning o‘qtinligi Blank tomonidan, termik xususiyatlarning cheksiz emasligi Konovalov tomonidan isbotlangan. Fazo abadiy, lekin fazodagi hamma harakat — uzluksiz emas. Quyosh sistemalari paydo bo‘ladi, rivojlanadi, eskiradi va o‘ladi. Yangi rang-barang sistemalar vujudga keladi. Hammasining ibtidosi va intihosi bor, demak, o‘lchov miqyosi ham bor. Organik dunyoda ham xuddi shu hol yuz beradi. Tushunyapsizmi? Mening fikrlarimga diqqat qilyapsizmi?..

Baxtimga shu payt yoriqda yana maymun bilan negrning boshi ko‘rindi.

— Urtoq Artemyev, sizni Kramer atmosfera kamerasida kutyapti, — dedi u.

Men shosha-pisha professor bilan xayrlashib, bu «o‘rgimchak uyasi» dan chiqib ketdim.

Ochig‘ini aytganda, Tyurin meni o‘z falsafasi haqida o‘ylashga majbur qildi. «Harakat — bu baxt». Lekin harakat falsafasining ijodkoriga chetdan qaragan odam qanday ayanchli manzarani ko‘radi! Zim-ziyo osmon bo‘shlig‘ida u yolg‘iz, o‘rgimchakday to‘rga o‘ralib, kunlab, oylab, yillab qimir etmay osilib turadi… Lekin u baxtiyor, bunga shubha yo‘q. Tana harakatidagi kamchilikni fikr, miya hujayralarining harakati to‘ldiradi.

<p>XII. TYURIN MASHQ QILADI</p>

Kramer meni skafandrini yechmasdan kutib turgan ekan, aftidan, u shoshayotgan bo‘lsa kerak. Men tez kiyindim. Hamrohim atmosfera bosimini oxirigacha pasaytirib, tashqi eshikni ochdi. u meni o‘z oldida mahkam ushlagancha observatoriya devoridan yoni bilan sirg‘alib asta ajraldi-da, Kets Yulduziga qarab yo‘l oldi. Bir necha marta «o‘q uzgan» edi, biz juda tez uchib ketdik. U meni endi qo‘yib yuborishi ham mumkin edi, lekin, aftidan, mening «uchuvchilik san’atim» ga ishonmadi shekilli, mahkam tirsagimdan ushlab olgancha orqamda borardi.

Yaqinlashib kelayotgan Kets Yulduziga qarab, uning o‘z o‘qi atrofida juda tez aylanayotganini payqadim. Nazarimda, oranjereya tuzatib bo‘lingan va ilgarigidan ko‘proq sun’iy og‘irlik kuchi hosil bo‘lgan ko‘rinardi.

Aylanib turgan parrakka qo‘nish oson ish emas. Lekin Kramer buning ham yo‘lini topdi. U Yulduz silindrining ustida uning aylanishi bo‘ylab ucha boshladi. Shunday qilib, bizning tezligimiz silindr tezligi bilan baravarlashgach, u halqadan mahqam ushlab oldi.

Yechinishga ulgurmasimdan Meller chaqirtirib qoldi.

Raketada og‘irlik qanchalik ortganini aniq bilmayman. Harholda Yerdagi og‘irlikning o‘ndan bir qismidan ko‘p emas. Lekin badanning menga tanish, yoqimli tarangligini his qildim. Uz oyog‘ing bilan «pol» da «yurish», yana o‘zingni odatdagi qiyofada tasavvur etish juda ko‘ngilli bo‘larkan.

Men Meller huzuriga dadil kirib bordim.

— Salom, — dedi u. — Tyuringa odam yubordim. U hozir keladi. Xo‘sh, qalay?

— Ajoyib odam, — javob berdim men. — Lekin men boshqacharoq…

— Yo‘q, — deb gapimni bo‘ldi Melder. — Ahvoli qalay? Men vrach sifatida so‘rayapman.

— Juda rangpar. Yuzi bir oz shishinqirgan…

— Albatta-da. U toqat qilib bo‘lmaydigan darajada turmush kechiryapti. Axir, observatoriyada kichkina bog‘, gimnastika zali, muskullarni mashq qildirish uchun maxsus apparatlar bor, lekin u sog‘lig‘i haqida mutlaqo o‘ylamaydi. Rostini aytsam, Tyurinni Oyga jo‘natishga direktorni o‘zim ko‘ndirganman, uning hayot tarzini tubdan o‘zgartirish uchun bundan keyin ham qattiq turaman, aks holda biz bu ajoyib insondan ayrilib qolamiz.

Tyurin kirib keldi. Yaxshi yoritilgan ambulatoriyada uning chehrasi yana ham so‘nik ko‘rindi. Buning ustiga, oyoq paylari harakatdan to‘xtagan, balki, qisman ishdan chiqqanga ham o‘xshardi. U oyoqda zo‘rg‘a turardi.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика