Читаем KETS Yulduzi полностью

— Oq mittilar, qo‘shaloq yulduzlarni-chi? Galaktika sistemasining tuzilishini-chi? Koinotning umuxmiy tuzilishini-chi? E-e, qay birini aytasiz. Hatto Quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar atxugosferasini ham tuzuk-quruq bilishmaydi! Hanuzgacha bahslashadi. Mening bu yerdagi kashfiyotlarim esa yigirmata Galileyga yetadi. Men bu bilan maqtanmayman, chunki gap odamda emas, joyda. Mening o‘rnimda har qanday astronoxm bo‘lganda ham shu ishlarni qilgan bo‘lardi. Men ham bir o‘zim ishlayotganim yo‘q. Ixtiyorimda astronomlarning butun bir shtati bor… Buyuklikka kelsak, osxmon observatoriyasini kashf etgan odaxm buyuk. Ha, Kets Yulduzini kashf etgan odam. Biz ana o‘shaning oldida qarzdormiz.

Yeriq orasida bir nima lip etdi. Avval maymun, keyin Jonning jingalak sochli boshi ko‘rindi. Maymun negrning yelkasiga minib, ikkala panjasi bilan uning sochlaridan mahkaxm ushlab olgan edi.

— Urtoq professor! Haliyam nonushta qilmadingizmi? — dedi Jon.

— Yo‘qol! — deb javob berdi Tyurin.

Maymun ingichka ovoz bilan chiyilladi.

— Mana. Mikki ham aytyapti. Issiq kofe ichib oling, — qistadi Jon.

— Io‘qol ko‘zimdan! Anovi baqirog‘ingni ham yo‘qot.

Maymun haligidan battarroq chinqirdi.

— Nonushta qilmaguningizcha olib ketmayman uni!

— Xo‘p, xo‘p. Mana, boshladim.

Tyurin ballonni ohista oldiga tortib, naychaning qopqog‘ini ochdi-da, ketma-ket so‘ra boshladi.

Maymun bilan Jon g‘oyib bo‘lishdi, lekin hayal o‘tmay yana ularning sharpasi ko‘rindi. Jonning nazarida professorning qorni to‘ygunga qadar bu hol takrorlanaverdi.

— Har kuni shu ahvol! — dedi Tyurin uh tortib. — Bezor qilishdi. Lekin, rostini aytsam, shular bo‘lmasa ovqat esimga ham kelmaydi. Astronomiya, azizim, shunaqa ajoyib narsa!.. Siz astronomiyani fan deb, yulduzlar haqidagi fan deb o‘ylaysizmi? Yo‘q. Ochig‘ini aytganda, bu — dunyoqarash. Falsafa.

«Boshlandi», deb o‘yladim men hadiksirab. Keyin bu xavfli mavzudan qutulish uchun, so‘radim:

— Ayting-chi, Oyga sayohat vaqtida biolog zarurmi?

Tyurin boshini asta burib, menga sinovchan va ishonchsiz nazar tashladi. — Nima, falsafani eshitishni ham xohlamaysizmi?

Kramerning nasihatini eslab, darrov javob berdim:

— Aksincha, falsafani yaxshi ko‘raman, lekin hozir… vaqt juda oz qoldi, yo‘lga tayyorlanishim kerak. Men bilmoqchi edim.

Tyurin teleskop ob’yektiviga tikilgancha jim qoldi. Nahotki, jahli chiqqan bo‘lsa? Men bu noqulay vaziyatdan qanday qilib qutulishni bilmasdim. Ammo kutilmaganda Tyurinning o‘zi gap boshladi:

— Yerda mening hech kimim yo‘q. Na xotin, na bola-chaqam. Qisqasi, so‘qqaboshman. Lekin mening uyim, mening vatanim — butun Yer yuzi va butun koinot. Mening oilam — dunyodagi barcha mehnatkashlar, sizga o‘xshagan ajoyib yigitlar.

Bu nogahoniy takallufdan ancha yengil tortdim.

— Siz meni bu yerda, o‘rgimchak uyasida Yerdan, uning manfaatlaridan ajralib qolgan deb o‘ylaysizmi? Yo‘q. Biz bu yerda katta ish qilyapmiz. Siz hali Kets Yulduzidagi hamma ilmiy tarmoqlar bilan tanishishingiz kerak bo‘ladi.

— Ba’zilari bilan kutubxonada tanishdim. «Quyosh ustunlari»…

Tyurin birdan qo‘lini ravon ko‘tarib, «avtomatik sekretar» apparatini buradi-da, bir narsalarni gapira ketdi, aftidan, o‘zining so‘nggi kuzatish yoki fikrlarini yozdirdi. Keyin davom etdi:

— Men osmonga tikilaman. Xo‘sh, hammadan ko‘proq meni nima hayratga soladi? Uzluksiz harakat. Harakat — bu hayot. Harakatning to‘xtashi — o‘lim. Harakat — bu baxt. Bir yerda depsinish, to‘xtash — kulfat, baxtsizlik. Harakatdagi baxt — bu tananing, fikrning harakat qilishi. Shu asosda hatto axloq vujudga kelishi mumkin. Siz nima deysiz?

Og‘ir ahvolda qoldim. Men nima deyishni bilmasdim.

— Mening fikrimcha, siz haqsiz, — dedim nihoyat. — Faqat bu chuqur g‘oyani yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak.

— Ha-ha! Harholda siz buni chuqur g‘oya deb hisoblaysizmi? — dedi professor quvnab va birinchi marta men tomonga keskin burildi. O‘rgimchak uyasi chayqalib ketdi. Xayriyatki, bu yerda odam yiqilmaydi.

— Men bu g‘oyani albatta o‘ylab ko‘raman, — dedim bo‘lajak hamrohimning muhabbatini tamomila qozonib olish maqsadida. — Hozir esa meni olib ketish uchun o‘rtoq Kramer keladi, men bir narsani…

— Xo‘sh, nimani bilmoqchi edingiz? Oyda biolognyng nima keragi bor, demoqchimisiz? Oy butunlay o‘lik planeta-ku. Oyda mutlaqo atmosfera yo‘q, binobarin, u yerda organik hayot bo‘lishi mumkin emas. Xuddi shunday deb o‘ylashadi. Lekin mening fikrim boshqacharoq. Teleskopim… Ha, mana, Oyga bir qarang. Chilvirlarni ushlang, faqat ehtiyot bo‘ling. Kitoblarga tegib ketmang. Mana shunday. Bir ko‘z bilan…

Men ob’yektivga qarab, hangu mang bo‘lib qoldim. Oy sathi juda yaqin edi, undagi har bir yoriq va bo‘laklar aniq ko‘rinib turardi. Ana shunday bo‘laklardan birining cheti har xil tusda yal-yal yonardi. Aftidan, bu kristall shaklidagi tog‘ jinslari to‘plangan joy bo‘lsa kerak.

— Xo‘sh, qalay? — dedi professor mamnuniyat bilan.

— Nazarimda, Kets Yulduzidan turib qaraganda Oy Yerga nisbatan yaqinroq ko‘rinadi.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика