Читаем Usta va Margarita полностью

U nigohini yuqori qavatlarning derazalariga qadadi, deraza oynalari Mixail Aleksandrovich bilan mangu vidolashayotgan quyoshning siniq shuTalarini o‘zida aks ettirib, ko‘zni qamashtirgudek yaraqlardi: so‘ng pastki qavatlardagi shom cho‘kishi bilan qoraya boshlagan derazalarga ko‘z tashladi, pimagadir miyig‘ida kulib qo‘ydi, ko‘zlarini suzdi, qoTlarini hassaning dumaloq dastasiga, iyagini esa qo‘llariga qo‘ydi.

— Sen, Ivan, — derdi bu payt Berlioz, — chunon-chi, xudo o‘g‘li Isoning tavalludini juda yaxshi va satirik uslubda tasvirlagansan, lekin qizig‘i shundaki, Isodan oldin ham bir qator xudozodalar tug‘ilgan — masalan, aytaylik, frigiyalik Attis" — ammo qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, ularning birontasi ham, shu jumladan Iso ham tug‘ilmagan, shunga ko‘ra sen Isoning tavalludini, aytaylik, uni ziyorat qilgani kelgan sehrgar munajjimlarni tasvirlash o‘rniga mazkur tavallud haqidagi dargumon mulohazalar haqida yozishing kerak… Hozir esa sening bayon qilishingcha, u chindanam dunyoga kelgan bo‘lib chiqyapti!..

Shu choq Bezdomniy damini ichiga yutib, bezor qilgan hiqichoqqa barham bermoqchi bo‘ldi, lekin aksiga yurib uni yana alamliroq va qattiqroq hiqichoq tuta boshladi, bu payt Berlioz ham gapirishdan to‘xtadi, chunki ajnabiy kishi birdan o‘rnidan turib, adiblar qoshiga yura boshlagan edi.

Ular bu notanish odamga taajjub bilan qarashdi.

— O‘tinaman, meni afv etgaysiz, — dedi begona kishi ajnabiylar talaffuzida, ammo so‘zlarni buzmay, — sizga notanish bo‘laturib, suhbatingizga aralashganim uchun… Ammo ilmiy suhbatingiz mavzui shu qadar qiziqarliki, kamina…

Shu o‘rinda u iltifot bilan boshidan beretini oldi, natijada ikki do‘st ham, noiloj, o‘rnidan turib, unga ta’zim qildi.

«Yo‘q, ko‘proq frantsuzga o‘xshab ketadi…» — deb o‘yladi Berlioz.

«Polyak shekilli?..» — dedi ichida Bezdomniy.

Shuni ilova qilish kerakki, bu ajnabiy birinchi aytgan so‘zidanoq shoirda nafrat uyg‘otdi, Berliozga esa u yoqib qolgan edi, ya’ni yoqqan edi deb ham bo‘lmaydi-yu, aniqrog‘i… qanday ifoda etsa bo‘larkan… uni qiziqtirib qolgai edi, deymizmi.

— Maylimi sizlar bilan o‘tirsam? — muloyim ohangda so‘radi ajnabiy, shunda ikki do‘st beixtiyor ikki tomonga surildi; ajnabiy kishi epchillik bilan ular o‘rtasiga o‘tirdi-yu, shu zumdayoq suhbatga aralashdi.

— Agar yanglish eshitmagan bo‘lsam, siz Isoni dunyoga kelmagan deb aytdingiz shekilli? — so‘radi ajnabiy ko‘m-ko‘k chap ko‘zini Berliozga tikib.

— Yo‘q, yanglish eshitmadingiz, — nazokat ila javob qildi Berlioz, — men aynan shunday dedim.

— O, g‘oyatda qiziq! — dedi ajnabiy.

«Nimaga hadeb tumshug‘ini tiqaveradi bu?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Bezdomniy va qovog‘ini solib oldi.

— Siz hamsuhbatingizning fikriga qo‘shildingizmi? — deb so‘radi notanish ajnabiy o‘ngga, Bezdomniyga o‘girilib.

Shoir o‘z fikrini tumtaroq va majoziy iboralar bilan ifodalashni yaxshi ko‘rardi, shuning uchun:

— Yuz foiz! — deb javob qildi.

— Voajab! — deb yubordi chaqirilmagan ham-suhbat, so‘ng negadir atrofga o‘g‘ri qarash qilib, so‘ng shundoq ham bo‘g‘iq ovozini yanayam pasaytirib dedi: — Sinchkovligim uchun meni kechiring, lekin fahmimcha, siz hali xudogayam ishonmaysizmi deyman? — u ko‘zlarida vahima zuhur etdi va ilova qildi: — Ont ichaman, qech kimga aytmayman.

— Ha, biz xudoga ishonmaymiz, — javob qildi Berlioz ajnabiy kishining cho‘chib ketganidan xiyol jilmayib turib, — ammo bu haqda mutlaqo oshkora gapiraverish mumkin.

Chet ellik skameykaga suyandi va sinchkovligi qo‘ziganidan chiyillab so‘radi:

— Sizlar — ateistmisiz?!

— Ha, bizlar — ateistmiz, — jilmaygancha javob qildi Berlioz, achchig‘i chiqqan Bezdomniy esa: «Muncha xira bo‘lmasa bu ajnabiy sulloh!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.

— O, qanday maroqli! — deb chinqirib yubordi antiqa ajnabiy goh u, goh bu adibga o‘girilib qararkan.

— Bizning mamlakatda ateizm hech kimni ajablantirmaydi, — diplomatlarga xos nazokat bilan dedi Berlioz, — aholimizning ko‘pchiligi xudo haqidagi afsonalarga anchadan beri ongli ravishda ishonmay qo‘ygan.

Shunda chet ellik nojo‘ya bir harakat qildi: o‘rnidan turib, taajjublangan muharrirning qo‘lini siqarkan, shunday dedi:

— Ijozatingiz bilan sizga chin qalbimdan minnatdorchilik izhor etaman!

— Nima uchun minnatdorchilik izhor etyapsiz unga? — deb so‘radi Bezdomniy ko‘zlarini pirpiratgancha.

— Kamina — sayyoh uchun favqulodda qiziqarli bo‘lgan g‘oyatda muhim ma’lumot uchun, — deb izohladi chet ellik barmog‘ini ma’nodor ko‘tarib.

Chamasi, muhim ma’lumot sayyohga chindanam kuchli ta’sir ko‘rsatgan edi, shuning uchun ham u atrofdagi uylarga qo‘rqa-pisa ko‘z yugurtirib chikdi — u har bir derazada bittadan ateistni ko‘rishdan xavotirlanayotganday edi.

«Yo‘q, u ingliz emas…» — deb o‘yladi Berlioz, Bezdomniy esa: «Qiziq, bunaqa ruscha gapirishni qaerda o‘rgana qoldiykin?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi-da, yana o‘shshayib oldi.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Тихий Дон
Тихий Дон

Вниманию читателей предлагается одно из лучших произведений М.Шолохова — роман «Тихий Дон», повествующий о классовой борьбе в годы империалистической и гражданской войн на Дону, о трудном пути донского казачества в революцию.«...По языку сердечности, человечности, пластичности — произведение общерусское, национальное», которое останется явлением литературы во все времена.Словно сама жизнь говорит со страниц «Тихого Дона». Запахи степи, свежесть вольного ветра, зной и стужа, живая речь людей — все это сливается в раздольную, неповторимую мелодию, поражающую трагической красотой и подлинностью. Разве можно забыть мятущегося в поисках правды Григория Мелехова? Его мучительный путь в пламени гражданской войны, его пронзительную, неизбывную любовь к Аксинье, все изломы этой тяжелой и такой прекрасной судьбы? 

Михаил Александрович Шолохов

Советская классическая проза
Дом учителя
Дом учителя

Мирно и спокойно текла жизнь сестер Синельниковых, гостеприимных и приветливых хозяек районного Дома учителя, расположенного на окраине небольшого городка где-то на границе Московской и Смоленской областей. Но вот грянула война, подошла осень 1941 года. Враг рвется к столице нашей Родины — Москве, и городок становится местом ожесточенных осенне-зимних боев 1941–1942 годов.Герои книги — солдаты и командиры Красной Армии, учителя и школьники, партизаны — люди разных возрастов и профессий, сплотившиеся в едином патриотическом порыве. Большое место в романе занимает тема братства трудящихся разных стран в борьбе за будущее человечества.

Георгий Сергеевич Березко , Георгий Сергеевич Берёзко , Наталья Владимировна Нестерова , Наталья Нестерова

Проза / Проза о войне / Советская классическая проза / Современная русская и зарубежная проза / Военная проза / Легкая проза