Читаем KETS Yulduzi полностью

— Balli, bizning «sun’iy quyoshixsiz», — Kruks qo‘li bilan osxmonga ishora qildi. — Kets Yulduzi tufayli bunyodga keldi. Kets Yulduzi — osxugondagi birinchi baza. Ana shunday bazaga ega bo‘lgan holda o‘z «quyoshi» xugizni yaratish haxm qiyin exmas edi. Nazarimda, buning nimaligini payqayotgan bo‘lsalaringiz kerak? Bu sayqallangan tunuka taxtalardan yasalgan botiq oyna. Quyosh nuri ufq ortidaligidayoq oynaga tushib, Yerga tik aks nur qaytaradigan balandlikka o‘rnatilgan u. Soyalarga qaranglar. Ular ekvatorda tush paytidagiday juda tik. Yerga tikkasiga suqib qo‘yilgan cho‘p hech qanday soya berxugaydi. Harorat. vohaning x «ar kazida o‘ttiz daraja, yil bo‘yi, kechasi-yu kuiduzi shunday. Faqat vohaning atrofida sovuq havo oqimi tufayli harorat bir oz pastroq. Lekin bu oqim aytarli emas: sovuq havo yerdan chiqib turgan bug bilan o‘sha zahotiyoq yuqoriga ko‘tarilib ketadi. O‘simliklarimizni ana shu harorat zonalariga qarab joylashtirganmiz. Markazda, ko‘rib turibsizlar, nihoyatda issiqsevar o‘simlik bo‘lgan kakao ham yashnab turibdi.

— Mabodo sun’iy quyoshingiz so‘nib qolsa nima bo‘ladi? — so‘radim men.

— Agar so‘nib qolsa, vohadagi o‘simliklar bir necha minut ichidayoq nobud bo‘ladi. Lekin u haqiqiy Quyosh porlab turar ekan, hech qachon so‘nmaydi. Oyna taxtalarini u yoq-bu yoqqa aylantirib, haroratni boshqarish mumkin. Bu yerda esa harorat o‘zgarmasdir. Binobarin, biz yiliga bir necha marta hosil yig‘ishtirib olamiz. Bu «quyosh» tez orada yer yuzining janubi va shimolidagi baland kengliklarda porlovchi o‘nlab boshqa quyoshlarning faqat birinchisi. Biz qutb va qutb atrofidagi mamlakatlarni mana shunday vohalar bilan bezaymiz. Asta-sekin vohalar orasidagi havo ham isiy boradi. Shimoliy qutb tepasida qudratli «quyosh» yaratib, asriy muzliklarni eritamiz. Havoni isitib va yangi havo oqimlarini vujudga keltirib, butun shimoliy yarimsharga harorat baxsh etamiz. Muz bilan qoplangan Grenlandiyani jannatga aylantiramiz. Va, nihoyat, bitmas-Tuganmas tabiiy boyliklar makoni bo‘lgan Janubiy qutbgacha yetib boramiz. O‘z bag‘riga millionlab kishilarni sig‘diradigan va yedirib-kiydiradigan butun bir qit’ani muzdan xalos qilamiz. Biz Yerimizni eng yaxshi planetaga aylantiramiz…

Ovoz tinib, qorong‘ilik cho‘kdi. Faqat apparatning shig‘illashi eshitilardi. Keyin yana nur yarqiradi-yu, yo‘z oldimda yangi ajoyib manzara namoyon bo‘ldi.

Stratosfera bo‘shliqlarida, qop-qora osmon tagida tipratikonga o‘xshash g‘alati snaryadlar uchib yuribdi. Pastda — yengil, barrasimon, ularning ostida esa to‘p-to‘p serqatlam bulutlar… Bulutlar orasidan Yer sirti ko‘rinib turibdi: yashil o‘rmonlar, qop-qora ekin maydonlari, kumushrang ilonizi daryolar, tangadek yarqiroq ko‘llar, to‘ppa-to‘g‘ri ketgan ipdek ingichka temir yo‘l izlari. «Tipratikan» lar tutundan iz qoldirib havoda u yoqdan-bu yoqqa uchadi. Ba’zan ular uchishni sekinlatib, to‘xtab qolishadi. Ana shunda «tipratikan» lardan ko‘zni qamashtiruvchi chaqmoq chaqnab, yashin nuri tikkasiga Yerga otiladi. ch …Kattakon kabina. Qalin kvars oynali dumaloq illyuminatorlar. Menga notanish murakkab apparatlar. Ularning oldida ikki yosh yigit. Uchinchisi esa o‘lchov asboblari qo‘yilgan stol yonida o‘tirib, sheriklarining ishini boshqaryapti:

— Besh ming… yetti… Uchishni to‘xtating… O‘n amper… Besh yuz ming volt… To‘xtang… Elektrsizlantiring!

Apparat oldida turgan yigit dastakni tortdi. Qattiq charschurs etgan ovoz jimlikni buzdi, yashin chaqnab, chaqmoq Yerga qarab otildi. shshsh. guoig..

— Olg‘a, faqat olg‘a!.. — deb buyurdi boshliq.

Keyin menga qarab, dedi:

— Siz atmosfera elekrostansiyasida turibsiz. Bu ham Kets Yulduzidagi korxonalardan biri.

Kets Yulduzini qurgach, biz stratosferani mukammal tadqiq qilishga, atmosferadagi elektr quvvatini o‘rganishga munaffaq bo‘ldik. Bu allaqachonlardan beri ma’lum hodisa. Hatto undan sanoat maqsadlarida foydalanishga urinishlar ham bo‘l n. Lekin atmosferadagi elektr quvvati juda oz bo‘lganidan bu urinishlardan natija chiqmagan. Bir kvadrat kilometr balandlikda atigi 0,04 kilovatt-soat energiya to‘planadi, deb hisoblanardi. Agar atmosferaning Yer sirtiga yaqin qatlamlarini nazarda tutadigan bo‘lsak, haqiqatan ham shunday. Yashin esa nihoyatda ko‘p — sekundning yuzdan bir bo‘lagi ichida 700 kilovatt-soat energiya chiqaradi. Lekin chaqmoq — tasodifiy, kam sodir bo‘ladigan hodisa. Atmosferaning yuqori qatlamlari esa — bu boshqa gap. U yerda butunlay o‘zgacha manzarani ko‘ramiz.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика