Читаем KETS Yulduzi полностью

Dovul tobora zo‘rayar va bizni qadam bosgani qo‘ymasdi. Bu yerda, endi shamolning aniq yo‘nalishi ham yo‘q edi: u goh ro‘paradan, goh orqadan kelib urilar, goh quyunday aylanib, osmonga uchirib ketay derdi. Aftidan, biz sovuq havo oqimi bilan issiq oqim to‘qnashib, girdob hosil bo‘layotgan nuqtaga tushib qolgan edik. Bu «Quyosh ustuni» ta’sirida paydo bo‘lgan bo‘ron chegarasi edi.

Biz endi tik turib emas, balki jonholatda bir-birimizga yopishib, loy ustida emaklab borardik…

Nihoyatda holdan toyib, oxiri quruq yerga chiqib oldik, bu joy butunlay osoyishga edi. Jazirama yoz kuni yerdan ko‘tariladigan hovurday, iliq tuproqdan yengil bug‘ ko‘tarilardi. Harorat yigirxuga darajaga yetgan edi.

Bir necha minut ichida kiyimlarimiz qurib, tugmalarimizni yechib tashladik. Bahor yozga aylandi.

Sal narida ko‘m-ko‘k o‘t, rang-barang gullar va mayda qutb qayinlari bilan qoplangan kichkina tepalik ko‘rinib turardi. Atrofda hayotbaxsh nurdan bahra olib kapalaklar, chivin va pashshalar uchib yurardi.

Biz tepalikka chiqdigu hayratdan qotib qoldik. Ko‘rganlarimiz sarobga o‘xshardi.

Qarshimizda bugdoyzor chayqalib turibdi. Ayrim paykallarda kungaboqar, makkajo‘xori bo‘y cho‘zgan. Uning ortida — karam, bodring, lavlagi, pomidor ekilgan paykallar, qulupnay va zemlyanika pushtalari. Undan narida esa — butali ekinlar, smorodina, krijovnik va hatto uzum boshlari oltinday tovlanib turgan tokzor. Butazor orqasida — mevali daraxtlar: nok, olma, olcha, olxo‘ri, undan narida — mandarin, o‘rik, shaftoli va nihoyat, vohaning markaziy qismida, aftidan u yerda harorat juda baland bo‘lsa kerak, apelsin va limon daraxtlari, kofe, kakao va choy butalari o‘sib yotardi.

Qisqasi, bu yerga o‘rta mintaqa, subtropik va hatto tropik sharoitda o‘sadigan eng muhim madaniy o‘simliklar to‘plangan edi.

Dalalar, paykal va bog‘lar orasiga bir markazga kelib tutashuvchi yo‘l tushgandi. Ana shu joyda tepasiga radiomachta o‘rnatilgan besh qavatli bino qad ko‘tarib turibdi. Binonning balkonlarida va deraza tokchalarida — har xil ullar, ko‘katlar. Devorlarni chirmoviq o‘t qoplab olgan.

Dalalarda ham, paykallarda ham, bog‘larda ham yozgi kostyum ia soyavoni keng shlyapa kiygan odamlar ishlashardi…

Ikki minutlar chamasi dong qotib turaverdik. Nihoyat sherigim tilga kirdi:

— Odamning tasavvuriga ham sig‘maydigan hol! Ffu! — dedi u og‘ir entikib. — «Ming bir kecha» dagi ertakka o‘xshaydi!

Biz tik yo‘ldan voha markaziga qarab yura boshladik. Men ahyon-ahyon sirli nur yog‘ilayotgan osmonga qarab qo‘yardim. Oftobday ko‘zni qamashtiruvchi hilol endi gardish shakliga kirgan edi.

Sariq qum sepilgan yo‘lkadan mevalari garq pishib yotgan apelsin daraxlari oralab biz tomonga oftobda qoraygan bir kishi kela boshladi. Egnida oq ko‘ylak, tizzadan keladigan oq shim, sarpoychan oyog‘iga sandal kiyib olgan. Soyavoni keng shlyapasi yuziga soya tashlab turibdi. U uzoqdanoq bizga qarab ochiq chehra bilan qo‘l silkidi. Yaqinlashganimizdan so‘ng, dedi:

— Salom, o‘rtoqlar. Sizlarning kelishlaringiz haqida menga xabar qilishgan edi. Agar bo‘ronlarimizni yorib o‘tgan bo‘lsalaringiz chindan ham jasur kishilar ekansizlar.

— Ha, soqchilaringiz zo‘r ekan, — javob berdi hamrohim kulib.

— Bizga soqchilarning keragi yo‘q, — deb e’tiroz bildirdi haligi kishi. Chegaradagi quyuilar — bu, ikkipchi darajali hodisa. Lekin biz xohlasak, bironta ham tirik jon o‘tolmaydigan bo‘ron to‘siqlarini yaratishimiz haxux mumkin edi. U holda sichqon ham, fil ham baravariga osmonga ko‘tarilib kimsasiz qor sahrosiga uloqtirib tashlangan bo‘lardi. Sizlar, harholda, juda katta xatarga duch kelgansizlar. Vaholanki, sharq tomonda bu yoqqa bemalol, bexavfu xatar o‘tish xmumkin bo‘lgan yopiq yo‘l bor… Hay mayli, endi tanishaylik: Kruks, Vilyaxug Kruks. Tajriba vohasining direktori. Bu yerda shunaqa voha borligini bilxmasalarngiz kerak? Darvoqe, yuzlaringizdan ham ko‘rinib turibdi. Voha — sir emas. Bu haqda gazetada haxya, radioda haxm xabar berilgan. Lekin xmen sizlarning bexabarligingizdan taajjublanmayxugan. Odamlar dunyoni qayta qurishga kirishganlaridan beri yer yuzining haxixma burchaklarida shu qadar ko‘p ishlar amalga oshirilyaptiki, bularning hamxiasiga ko‘z-quloq bo‘lib turish qiyin. Kets Yulduzi to‘g‘risida eshitganxuxisizlar?

— Ha, — javob berdixya men.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика