Читаем Yashil chiroq полностью

— Yo‘qlab olinadigan xatga mana bunday: «3-33-6» deb yozing. Yana bir narsani yodingizda tuting, balki bir oydan keyin, balki bir yildan keyin, qachonligi noma’lum, qisqasi, hech kutilmaganda sizni ziyorat qilgani odamlar kelishadi va sizni boy qilib yuborishadi. Bu nima uchun va qanday bo‘lishini sizga izohlashga haqqim yo‘q. Ammo bu voqea, albatta, sodir bo‘ladi…

Iv Stiltonni olib ketayotgan faytonga qarab:

— Jin ursin, — deb ming‘illab qo‘ydi va xayolga botgancha qo‘lidagi o‘n funtlik pulni aylantirib ko‘rdi. — Yo bu odam aqldan ozdi, yoki men o‘ta baxtli odamlardanman! Bor-yo‘g‘i kuniga yarim litr kerosin yoqib bitkazishim uchun shuncha marhamat ato qilsa-ya!

Ertasiga River ko‘chasidagi 52-uyning ikkinchi qavatidagi bir deraza mayingina yashil yog‘du tarata boshladi. Chiroq derazaning kesakisiga taqab qo‘yilgandi.

Qarshidagi uyning yo‘lkasida ikki yo‘lovchi birmuncha vaqt yashil derazaga qarab turishdi, keyin Stilton shunday dedi:

— Mana, ko‘rdingizmi, azizim Reymar, zerikkan paytlaringizda shu yerga keling va jilmayib qo‘ying. Deraza ortida, anov uyda bir ahmoq o‘tiribdi. Arzon garovga sotib olingan, haqini bo‘lib-bo‘lib bersa bo‘ladigan, uzoq vaqtgacha shu holda tutib turishing mumkin bo‘lgan bir ahmoq. Zerikkanidan bora-bora mayxo‘r bo‘lib ketadi yoki aqldan ozadi… Lekin o‘zi bilmagan narsasini kutib yashaydi. Ana o‘zi, qara!

Chindan ham, derazaga manglayini bosib turgan odamning qora sharpasi yarim qorong‘i ko‘chaga qarab turardi, xuddiki: «Kim u yerda? Nima qilaman kutib? Kim kelarkin» deb so‘rayotganga o‘xshardi.

— Ammo siz ham axmoqqinasiz, azizim, — dedi Reymar, oshnasini qo‘ltiqlab avtomobil tomonga tortib ketarkan. — Bu hazilning nima qizig‘i bor?

— O‘yinchoq… tirik odamdan o‘yinchoq, — dedi Stilton, — eng mazali taom bu!

<p>II</p>

1928-yilda Londonning chekka dahalaridan birida joylashgan kambag‘allar kasalxonasi birdan dahshatli oh-vohlar bilan to‘ldi: hozirgina keltirilgan qari chol, yuzlari ozib-to‘zib ketgan, iflos va yomon kiyingan bir odam qattiq og‘riqqa chidayolmay dod-voy solardi. U qorong‘i bir buzuqxonaning qora zinapoyasida qoqilib ketib, oyog‘i sinibdi.

Sho‘rlikni ko‘rikdan o‘tkazarkan, to‘qimalarda darhol boshlangan shamollash jarayonini ko‘rgan jarroh uni operatsiya qilish kerak, degan xulosaga keldi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, cholni o‘ringa olib kelib yotqizishdi. U tezda uyquga ketdi, uyg‘onganda esa oldida o‘zini o‘ng oyoqdan mahrum qilgan o‘sha jarroh o‘tirganini ko‘rdi.

— Uchrashgan joyimizni qarang-a! — dedi doktor, ko‘z qarashlari ma’yus novcha kishi, jiddiy bir ohangda. — Meni taniyapsizmi, mister Stilton: Men — Jon Ivman, siz menga har kuni yoniq turgan yashil chiroq yonida navbatchilik qilishni topshirgandingiz. Men sizni bir ko‘rishda tanidim.

— Qanday bema’nilik! — g‘o‘ldiradi Stilton unga tikilib. — Nima bo‘ldi o‘zi? Shunday ham bo‘ladimi hech?

— Ha. Sizning hayot tarzingizni nima o‘zgartirib yubordi, hammasini gapirib bering.

— Men xonavayron bo‘ldim… ustma-ust katta-katta yutqaziqlar… birjada vahima bo‘lib ketdi… Mana gadoyga aylanganimga uch yil bo‘ldi. Siz-chi? Siz qanday yashadingiz?

— Men chiroqni bir necha yilgacha yoqib yurdim, — jilmaydi Iv, — oldiniga zerikkanimdan o‘qishga tutindim, bora-bora kitob o‘qishga shunchalik qattiq qiziqib ketdimki, qo‘limga nimaki tushsa, qirib o‘qidim. Bir kuni, o‘sha o‘zim yashagan uyning tokchasida yotgan eski anatomiya kitobini ochib o‘qidim-u, hayratga tushdim. Mening oldimda inson vujudining bir-biridan qiziqarli sirlar mamlakati kashf bo‘ldi. Men xuddi mast odamlarday, butun tun bo‘yi shu kitobga qadalib o‘tirdim. Ertalab esa kutubxonaga jo‘nadim: «Doktor bo‘lish uchun nimalarni bilish kerak?» — deb so‘radim. Meni masxara qilganday: «Matematika, geometriya, botanika, zoologiya, morfologiya, kimyo, biologiya, farmakologiya, lotin tili va hokazolarni o‘rganing», — deb javob qaytarishdi. Ammo men qaysarlik bilan surishtiraverdim va hammasini o‘zim uchun xotiramga qayd qilib qo‘ydim.

O‘sha paytlarda men ikki yildan beri yashil chiroqni yoqib qo‘yayotgan edim, bir kuni esa, kechga qarab qaytayotganda (men endi oldingiday hech qayoqqa chiqmasdan 7 soat uyda o‘tirishim shart emas, deb hisoblardim), boshiga silindr kiygan bir kishini ko‘rib qoldim, u mening yashil chirog‘imga achinibmi, jirkanibmi qarar edi.

«Iv — antiqa bir ahmoq!» — deb g‘o‘ldiradi o‘sha odam meni payqamay. — U va’da qilingan g‘aroyib narsalarni kutyapti… ha, u loaqal nimadandir umidvor, men bo‘lsam… men deyarli xonavayron bo‘ldim!» Shunday deb valdiragan odam siz edingiz. Siz yana: «Ahmoqona hazil. Pulni yelga sovurmasam bo‘larkan» — deb qo‘ydingiz.

Men hech nimaga qaramay o‘qish, o‘qish va yana o‘qish uchun yetarlicha kitoblar sotib olgan edim. O‘shanda men sizni urib tashlashimga sal qoldi, ammo sizning masxara qilishga qaratilgan saxovatingiz tufayli ma’lumotli odam bo‘lganimning xotirini qildim…

— Keyin-chi?

Перейти на страницу:

Похожие книги

Отверженные
Отверженные

Великий французский писатель Виктор Гюго — один из самых ярких представителей прогрессивно-романтической литературы XIX века. Вот уже более ста лет во всем мире зачитываются его блестящими романами, со сцен театров не сходят его драмы. В данном томе представлен один из лучших романов Гюго — «Отверженные». Это громадная эпопея, представляющая целую энциклопедию французской жизни начала XIX века. Сюжет романа чрезвычайно увлекателен, судьбы его героев удивительно связаны между собой неожиданными и таинственными узами. Его основная идея — это путь от зла к добру, моральное совершенствование как средство преобразования жизни.Перевод под редакцией Анатолия Корнелиевича Виноградова (1931).

Виктор Гюго , Вячеслав Александрович Егоров , Джордж Оливер Смит , Лаванда Риз , Марина Колесова , Оксана Сергеевна Головина

Проза / Классическая проза / Классическая проза ХIX века / Историческая литература / Образование и наука
1984. Скотный двор
1984. Скотный двор

Роман «1984» об опасности тоталитаризма стал одной из самых известных антиутопий XX века, которая стоит в одном ряду с «Мы» Замятина, «О дивный новый мир» Хаксли и «451° по Фаренгейту» Брэдбери.Что будет, если в правящих кругах распространятся идеи фашизма и диктатуры? Каким станет общественный уклад, если власть потребует неуклонного подчинения? К какой катастрофе приведет подобный режим?Повесть-притча «Скотный двор» полна острого сарказма и политической сатиры. Обитатели фермы олицетворяют самые ужасные людские пороки, а сама ферма становится символом тоталитарного общества. Как будут существовать в таком обществе его обитатели – животные, которых поведут на бойню?

Джордж Оруэлл

Классический детектив / Классическая проза / Прочее / Социально-психологическая фантастика / Классическая литература