Читаем KETS Yulduzi полностью

Uyga bir alfozda qaytdim. Bu odam kim? Familiyamni qayoqdan biladi? Meni Tonya bilan yoki u aytgancha Nina bilan, qayerda ko‘rgan ekan? Hamma tanishlarimni bir-bir ko‘z o‘ngimdan o‘tkazib chiqdim… Bunday qirraburun va qop-qora cho‘qqisoqol albatta esda qolishi kerak. Yo‘q, men bu odamni ilgari uchratmaganman… U tilga olgan Maley-chi? U kim bo‘ldi?

Tonyaning oldiga kirib, bu g‘alati uchrashuv haqida gapirib berdim. Hamisha ogir vazmin bu qiz birdan hayajonlanib ketdi. Paleynpng nomini eshitib hatto qichqirib yubordi. Uchrashuvni butun tafsilotlari bilan qaytadan gapirib berishga majbur qildi, keyin nega u odam bilan birga mashinaga o‘tirib, hamma gapni so‘rab olmadingiz, deb koyishga tushdi.

— Tavba, juda qo‘ymijoz odamsiz-da! — dedi u so‘zini tugatib.

— To‘g‘ri, — javob berdim men jahl bilan. — Amerikaning sarguzasht filmlaridagi qahramonlarga sirayam o‘xshamayman va bu bilan faxrlanaman. Notanish odamning mashinasiga chiqib olish… Afv etasiz.

U o‘yga botdi, mening so‘zlarimga quloq ham solmay, xuddi alahsiraganday o‘zicha pichirlay boshladi:

— Pomir… Kets… Pomir… Kets…

Keyin kitob javonini titkilab, Pomir xaritasini oldi va Kets degan lsoyni qidira ketdi.

Ablatta xaritada Kets degan joy ko‘rsatilmagan edi.

— Kets… Kets… Agar bu shahar bo‘lmasa, nima o‘zi: kichkina qishloqmi, ovulmi, biron tashkilotmi?.. Ketsning nimaligini bilish kerak! — deb xitob qildi u. — Shu bugunoq yoki ertaga ertalabdan qoldirmay qanday qilib bo‘lmasin bilish kerak.

Tonyani taniyolmay qoldim. Bamaylixotir va tartib bilan ishlaydigan bu qizda shuncha kuch-g‘ayrat borligini ko‘rib hayratda qoldim. Bu o‘zgarishga faqat bir so‘z — Paley degan sehrli so‘z sabab bo‘lgan edi. Men undan Paleyning kimligini so‘rashga jur’at qilolmadim, uyga chiqib ketdim.

Yashirib o‘tirmayman, o‘sha kecha uxlay olmadim, ta’bim juda xira edi, ertasi kuni Tonyaning oldiga chiqmadim ham. Ammo kechqurun uning o‘zi kirib keldi. U odatdagiday muloyim va xotirjam edi. Stulga o‘tirib, gap boshladi:

— Ketsiing nimaligini aniqladim: bu Pomirdagi hali xaritaga kiritilmagan yangi shahar ekan. Ertaga o‘sha yoqqa jo‘naymai, siz ham men bilan birga borishingiz kerak. Men qorasoqolli kishini tanimayman; siz uni topishga yordam berasiz. Axir Paley haqida ma’lumotga ega bo‘lgan odamning familiyasini bilib olmaganligingiz sizning gunohingiz-ku, Leonid Vasilyevich.

Men hangu mang bo‘lib qoldim. Shu yetmayotgan edi-da, o‘ziyam. Labortoriyani, ilmiy ishimni tashlab, qandaydir Paley ismli kimsani qidirib, Pomirga borar emishman-a!

— Antonina Ivanovna, — dedim men quruqqina qilib. — Ilmiy tajribalarimning samarasini faqat birgina tashkilot kutmayotganini yaxshi bilasiz. Hozir, jumladan, mevalarning iishishini to‘xtatib turish masalasiga bag‘ishlangan ishimni tugallayapman. Bu tajriba anchadan beri Amerikada olib borillyapti, bizda ham boshlangan bu ish. Ammo natija hali-hozircha quvontirarli emas. Eshitgan bo‘lsangiz kerak, o‘rik, mandarin, shaftoli, apelsin, behi va shunga o‘xshash mahalliy mevalardan turli xil mahsulotlar tayyorlaydigan janubdagi konserva fab rikalari bir-bir yarim oy qattiq ishlab, yiliga o‘n-o‘n bir oy bekor turishadi. Bunga sabab, mevalarning deyarli bir vaqtda pishishi va ularni birdaniga ishlatishning imkoniyati yo‘qligida. Shuning uchun ham har yili hosilning qariyb o‘ndan to‘qqiz qismi nobud bo‘ladi.

Yiliga o‘n oy bekor turadigan fabrikalar sonini ko‘paytirishning ham foydasi yo‘q. Shu vajdan menga yozda Armanistonga borib, o‘sha yerning o‘zida mevalarning pishishini sun’iy ravishda kechiktirish yuzasidan g‘oyat muhim tajriba o‘tkazish topshirilgan. Tushunyapsizmi? Mevalar hali go‘raligida terib olinadi, keyin zavodlarning ulgurishiga qarab asta-sekin pishib boraveradi. Shunday qilib, zavodlar ishsiz qolmaydi…

Tonyaga qarab duduqlanib qoldim. U so‘zimni bo‘lmadi, uning bunaqa odati yo‘q edi, ammo chehrasi borgan sari xiralashib borardi. Peshanasida, ikki qoshining orasida ajinlar paydo bo‘lib, qovoqlari osilib ketdi. Uzun kipriklarini ko‘targanida ko‘zlaridagi nafratini payqadim:

— Jamoatchi-olimni ko‘ringlar-a! — dedi u sovuq ohangda. — Men ham Pomirga o‘ynagani emas, ish bilan ketyapman. Qanday qilib bo‘lmasin Paleyni qidirib topishim kerak. Safar ko‘pga cho‘zilmaydi. Mevalar pishgunicha Armanistonga yetib ham borasiz…

Nima desam ekan! Axir unga meni qanday noqulay ahvolga solib qo‘yayotganini aytolmayman-ku! Sevgan qizing bilan allaqanday Paley degan kimsani, balki o‘z raqibingni qidirib yurish… Bu qanday gap! To‘g‘ri, u o‘ynagani emas, ish bilan ketyapman deyapti. Lekin uning Paleyda nima ishi bor ekan? Buni so‘rashga g‘ururim yo‘l bermadi. Bo‘ldi, yetar. Sevgi ishga xalaqit beryapti. Ha, ha! Ilgari laboratoriyada yarim kechagacha o‘tirardim, endi esa soat to‘rt bo‘lar-bo‘lmas jo‘nab qolaman. Men unga yana bir bor rad javobini bermoqchi bo‘lib turgan edim, yana Tonyaning o‘zi gap boshlab qoldi:

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика