Читаем KETS Yulduzi полностью

U poldagi qayish halqalarga oyog‘ini suqqancha, tez va chaqqon yurib mening oldimga keldi, qo‘li bilan belimdan ushlab, keng yo‘lakka olib chiqdi. So‘ng xuddi koptokday qo‘lida aylantirib turib, yo‘lak bo‘ylab uloqtirib yubordi. Men dodlagancha uchib ketdim. O‘n metrcha qiyalab uchib borib, devorga yaqinlashdim.

— Qayishni ushlang, — deb qichqirdi Kramer.

Hamma yerda: devorlarda ham, polda ham, shiftda ham qayish halqalar bor edi. Men jonholatda bir halqaga yopishdym, o‘zimni to‘xtatolmay qolaman deb qo‘rqqan edim, yo‘q, haytovur, qo‘lim halqaga tegishi bilanoq to‘xtadim. Kramer allaqachon yonimda turardi. U bir eshikni ochdi-da, meni qo‘ltiqlab olib, silindr shaklidagi xonaga kirdi. Bu yerda karavot ham, stol ham, stul ham yo‘q edi. Faqat devorlarda halqalaru havorang parda tu gilgan kattakon deraza bor edi, xolos. Shuning o‘chun ham xonaga ko‘kimtir nur tushib turardi.

— Qani, o‘z uylaridagiday bemalol, yozilib o‘tirsinlar, — deb hazil qildi Kramer. — Hozir kislorodni ko‘paytiraman.

— Ayting-chi, Kramer nima uchun raketodrom Yulduzdan ajratilgan?

— Bu yangi ixtiro. Ilgari raketalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kets Yulduzining o‘ziga qo‘nar edi. Lekin hamma uchuvchilar ham bir xil emas. Hech qanday turtkisiz, ohistagina qo‘ndirish qiyin ish. Bir gal «Kets-yetti» raketasining kapitani qo‘nish vaqtida Kets Yulduziga qattiq urib oldi raketani. Katta oranjereyaga zarar yetdi: uning oynalari sinib, o‘simliklarning bir qismi nobud bo‘ldi. Uni tuzatish ishlari haligacha davom etadi. Ana shu baxtsiz hodisadan keyin injenerlarimiz raketodromni Yulduzdan ayrim qurishga qaror qilishdi. Oldin u kattakon yassi gardish shaklida edi. Lekin tajriba qo‘nish uchun yarim doira shaklida bo‘lishi qulayroq ekanini ko‘rsatdi. Oranjereyani tuzatib bo‘lgach, Kets Yulduzini oranjereya bilan birga ko‘ndalang o‘q atrofida aylanishga majbur qilamiz. Ana shunda markazdan qochirma kuch va og‘irlik hosil bo‘ladi.

— Uchish vaqtida ko‘rganimiz rang-barang nurlar nima edi? — so‘radim men.

— Ular signal chiroqlari. Bepoyon osmonda bunaqa kichkina yulduzchani topib olish qiyin-da. Shuning uchun ham «bengal chiroqlari» o‘rnatganmiz. O‘zingizni qanday sezyapsiz? Nafasingiz bo‘g‘ilmayaptimi? Ortiq bermayman, aks holda sof kisloroddan kayf qilib boshingiz aylanib ketadi. Issiq emasmi?

— Bir oz sovqotyapman, — javob berdim men.

Kramer bir sakrab oynaning oldiga bordi va pardani ochib yubordi. Xonaga ko‘zni qamashtiruvchi oftob nuri yog‘ildi. Harorat tez ko‘tarila boshladi. Kramer qarama-qarshi tomondagi devorga uchib borib, deraza qopqog‘ini ochdi.

— Mana bu manzarani tomosha qiling.

Men derazadan qarab, hangu mang bo‘lib qoldim. Yer osmon ufqining yarmisini ishg‘ol qilgan edi. Men unga ming kilometr balandlikdan qarab turardim. U men kutganday qabariq shar shaklida emas, bukikroq ko‘rindi. Uning notekis, tog‘ cho‘qqilari turtib chiqib turgan chetlari go‘yo tuman pardasi bilan qoplanganday edi. Noaniq, gadir-budur chiziqlar. Yer sirtidan narida uzun kulrang dog‘lar — atmosferaning qalin qatlami xira qilib turgan bulut karvonlary cho‘zilib ketgandi. Markazga yaqinroqda — yana dog‘ ko‘rindi, lekin oqishroq edi. Men Muz okeani, Sibir va Shimoliy Yevropa qiyofasini tanidim. Shimoliy qutb ko‘zni qamashtiradigan darajada yarqirab turardi. Quyosh aksi Barens dengizida kichkina uchqunday yiltirardi.

Yerni tomosha qilarkanman, asta-sekin u kamayib borayotgan ulkan Oy shakliga kirdi. Mets Quyosh nuri yoritib turgan bu bahaybat yarim oydan ko‘zlarimni uzolmasdim.

— Kets Yulduzimiz, — deb tushuitirdi Kramer, — sharqqa tomon uchadi va yuz minutda Yer atrofini bir marta aylanib chiqadi. Bizda quyoshli kun atigi olmish yetti minut davom etadi, tun esa — o‘ttiz uch minutni tashkil qiladi. Qirq-ellik minutdan keyin biz Yerning soyasida qolamiz…

Oyning aks nuri xira yoritib turgan Yerning qorong‘i tomoni bazo‘r ko‘rinardi. Qorongi va yorug‘ mintaqalar chegarasini kattakatta qop-qora tishlar — tog‘ soyalari ajratib turibdi. Mana men Oyni, haqiqiy Oyni ham ko‘rdim. U juda yaqinday, lekin Yerdan ko‘ringaniga nisbatan ancha kichkinaday tuyuldi.

Nihoyat Quyosh Yer ortiga berkindi. Endi Yer yorqin halqa bilan o‘ralgan qora gardishga o‘xshab qoldi. G‘oyib bo‘lgan quyosh nurlari yer atmosferasini yoritib turgani uchun shunday ko‘rinardi. Xonamizga qizg‘ish shu’la yog‘ildi.

— Ko‘rib turibsizki, bu yerda qorong‘ilik bo‘lmaydi, — dedi Kramer. — Oy Yer orqasiga o‘tganda Yerdan tushadigan shu’la bemalol oy nurining o‘rnini bosadi.

— Nazarimda, raketaning ichi bir oz sovuganga o‘xshaydi, — dedim men.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика