Sarguzasht deb shuni aytadilar-da! Oyning narigi tomoni yarim shar shaklida emas, balki sharning qandaydir bir bo‘lagiga o‘xshar ekan. Hamrohlarim ham hayajonda. Men o‘ngu so‘limga qarayman. Bo‘m-bo‘sh. Oyning ko‘rinmas tomoni qanaqaligi haqi dagi farazlar yodimga tushdi. Ko‘pchilikastronomlar Oyning narigi tomoni ham bu tomonga o‘xshaydi, faqat dengiz va toglari boshqacha, deb tasdiqlashardi. Kimdir, Oy noksimon shaklda, degan fikrni aytgandi. Yer tomondan u sharga o‘xshaydi, narigi tomoni esa nokka o‘xshash cho‘zinchoqroq. Shuning uchun ham go‘yo Oy hamisha Yerga bir tomoni, og‘irroq tomoni bilan qarab turarmish. Lekin biz yanada aql bovar qilmaydigan narsani ko‘rdik: Oy — sharning yarmi. Ikkinchi yarmi qayerda qoldi?
Uchish bir necha minutdan beri davom etyapti, lekin biz hanuz zim-ziyo bo‘shliq ustidamiz. Tyurin garang kishiday o‘tiribdi. Sokolovskiy indamaydi, tobora porlashni kuchaytiryapti: u buning hammasi nima bilan tugashini tezroq bilishga oshiqardi.
Biz bo‘shliqda qancha muddat uchganimizni bilmayman, bir mahal sharq tomonda Oyning yaltiroq hoshiyasi ko‘zga tashlandi. Biz xuddi okeanda ko‘p kunlar suzib, nihoyat, kutilgan sohilga ko‘zi tushgan sayohatchilarday quvonib ketdik. Demak, biz Oydan qulab ketmagan ekanmiz-da? Bo‘lmasa, ostimizdagi bo‘shliq nima edi?
Tyurin buni birinchi bo‘lib payqadi.
— Jarlik! — deb xitob qildi u skafandrini meniki bilan urishtirib. — Haddan tashqari keng va chuqur jarlik!
Haqiqatan ham shunday bo‘lib chiqdi.
Ko‘p o‘tmay biz jarlikning narigi chetiga yetib bordik.
Men orqamga qarab, Tyurinyerni ko‘rmadim. U ufq ortida qolib ketgan edi. Faqat zim-ziyo bo‘shliq qorayib turardi.
Bu kashfiyotdan uchovimiz ham hangu mang edik. Sokolovskiy qulay joyni tanlab, raketani qo‘ndirdi.
Biz indamay ko‘z urishtirib oldik. Tyurin skafandrini qashladi — u juda boshi qotib qolgan odamlarday gardanini qashimoqda edi. Biz skafandrlarimizni yaqinlashtirdik: hammamiz ham o‘z taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashishni istardik.
— Buni qaranglar-a, — dedi nihoyat Tyurin. — Bu Oydagi boshqa jarliklarga o‘xshamaydi. Bu jarlik Oy orqa tomonining u boshidan-bu boshigacha cho‘zilgan. Chuqurligi ham planeta umumiy diametrining o‘ndan bir qismidan ko‘proq keladi. Bizning beozor yo‘ldoshimiz kasal, og‘ir kasal ekanu, biz bo‘lsak bundan bexabar ekanmiz. Hayhot, Oy — chala yorilgan shar.
Men Oyning halokati haqidagi har xil farazlarni esladim. Ba’zilar, Oy Yer atrofida aylanib-aylanib, oxiri undan uzoqlashib ketadi, deyishadi. Shuning uchun ham kelajakdagi Yer aholisining ko‘zi oldida Oy tobora kichrayib borarmish. Oldin u Zuhro bilan tenglashib, keyin oddiy yulduzday bo‘lib qolarmish, va nihoyat, bizning sodiq yo‘ldoshimiz asriy bo‘shliqda abadiy g‘oyib bo‘larmish. Ba’zilar, aksincha, Oyni borib-borib Yer o‘ziga tortib oladi, deb qo‘rqitishadi. Shunga o‘xshash hodisa ilgari ham yuz bergan emish: Yerning ikkinchi yo‘ldoshi — kichkina Oy qachonlardir Yerga qulab tushgan deyishadi. Shuning natijasida Tinch okeanining o‘rni paydo bo‘lgan emish.
— Oy nima bo‘ladi? — deb so‘radim men xavotirlanib. —
Yerga qulab tushadimi yoki asriy bo‘shliqqa chiqib ketadimi?
— Unisi ham, bunisi ham bo‘lmaydi. U Yer aftrofida behisob uzoq muddat aylanib yuraveradi, faqat shakli o‘zgarishi mumkin, javob berdi Tyurin. — Agar u faqat ikkiga bo‘linsa, Yer ikkita yo‘ldoshga ega bo‘ladi. Ikkita «yarim oy». Lekin aniqrogi — Oy mayda qismlarga bo‘linib ketadi va shunday qilib, Yer atrofida Saturnnikiga o‘xshash yorug‘ mintaqa paydo bo‘ladi. Mayda bo‘laklardan yasalgan halqa. Men buni ilgari ham aytganman, lekin Oydan mahrum bo‘lishimiz xavfi men o‘ylagandan ko‘ra yaqinroq… Ha, men Oyga achinaman, — deb davom etdi u qorongi jarlikka tikilib. — Hm… Hm… Balki bu holning yuz berishini kutib o‘tirmasdan, uni tezlashtirilsa-chi? Oyni parchalab tashlash uchun mana shu jarlikka bir tonna potental joylashtirish kifoya qilsa kerak. Modomiki, u o‘limga mahkum etilgan ekan, loaqal bu hol bizning ko‘z oldimizda, bizning irodamiz bilan yuz bersin.
— Qiziq, jarlik Oy qobig‘ining qancha ichkarisiga kirib borgan-a? — dedi Sokolovskiy. Uni, geolog sifatida. Oyning taqdiri emas, planetaning deyarli markazigacha kirib borish imkoniyati qiziqtirardi.
Bu sayohatga Tyurin darrov rozi bo‘ldi.
Biz harakat rejasini muhokama qila boshladik. Tyurin raketa-vagonni portlash bilan tormozlantirib, jarlikning tik yonbag‘ridan asta-sekin tushishni taklif qildi.
— To‘xtab-to‘xtab, haroratni o‘lchash mumkin, — dedi u.
Lekin Sokolovskiy bunday yo‘l bilan tushishni og‘ir va hatto xatarli deb hisoblardi. Buning ustiga, sekin tushilganda yonilg‘i ko‘p sarf bo‘ladi.
— Yaxshisi, to‘ppa-to‘g‘ri tubiga tushamiz. Qaytishda, agar raketa uchun qulay maydoncha topilsa, ikki-uch joyda to‘xtashimiz mumkin.
Sokolovskiy kapitanimiz edi, binobarin, Tyurin bu gal itoat etishga majbur bo‘ldi. U faqat sekinroq tushishni va yonbag‘irning geologik sostavini ko‘rish uchun iloji boricha jarlik chetiga yaqinroq uchishni-iltimos qildi.
Biz tusha boshladik.